Sitologiya va



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/148
tarix22.03.2024
ölçüsü3,8 Kb.
#184215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
9-biologiya

ajratish jarayoni 
deb ataladi. Tirik organizmlar 
o‘sadi va rivojlanadi. 
O‘sish
va 
rivojla nish 
barcha tirik organizm-
lar uchun xos xususiyatdir. o‘sish organizmlar tomonidan ozuqa 
moddalarni o‘zlashtirish hisobiga amalga oshadi.
organizmlar tashqi muhitdagi va o‘zida kuzatiladigan barcha 
o‘zgarishlarga ham 
sezgir
bo‘ladi. Buning uchun yashil o‘sim-
liklarning quyosh nuri ta’siriga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib 
o‘tish kifoya. Demak, tirik organizmlar 
qo‘zg‘aluvchanlik
xususi-
yati bilan tavsiflanadi. Shuningdek, tirik organizmlar 
o‘zini­o‘zi 
idora
etish xususiyatiga ham ega bo‘lib, u organizmni o‘zgaruv-
chan tashqi muhit sharoitlariga javoban kimyoviy tarkibi va 
fiziologik jarayonlarning borishini ma’lum bir me’yorda ushlab tu
-
rish, ya’ni
 gomeostaz
bilan bog‘liq. Bunda tashqi muhitdan qan-
daydir ozuqa moddalarni qabul qilishi, yetishmasa organizm o‘zi-
ning ichki imkoniyatlaridan foydalanishi, aksincha, ortiqcha mod-
dalarni zaxira sifatida saqlashi mumkin. 
ko‘pincha biz turmushda hayot doimiy harakatda degan ibora-
ni ishlatamiz. haqiqatdan ham shunday. Barcha tirik organizmlar
ayniqsa, barcha hayvonlar doimiy harakatda bo‘ladi. hayvonlar 
o‘ziga ozuqa topish va xavf-hatardan saqlanishi uchun faol hara-
katda bo‘lishi zarur. 
Harakatlanish
— tirik organizmlar uchun xos 
bo‘lgan muhim xususiyatlardan biridir.
o‘simliklar ham harakatlanish xususiyatiga ega. Ammo ular-
ning harakati juda sekin ro‘y bergani uchun deyarli bilinmaydi.
Tirik organizmlarning muhim xususiyatlaridan yana biri
 ko‘pa­
yishdir
. ushbu xususiyat tiriklikning eng zaruriy omili hisoblanadi 
va shuning uchun ham sayyoramizda hayot davom etib kelmoqda 
(1- rasm). ko‘payish orqali tirik organizmlar o‘zi uchun xos bo‘lgan 
yana bir muhim xususiyat — irsiyat va o‘zgaruvchanlikni amalga 
oshiradi. Irsiyat tufayli tur turg‘unligi ta’minlanadi. o‘zgaruvchanlik 
natijasida esa tur xilma-xilligi ortadi.
http:eduportal.uz


7
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
MoDDALAR 
ALMAShINuVI
oZIQLANISh
NAFAS oLISh
AJRATISh
Qo‘ZG‘ALuVChANLIk
hARAkATLANISh
ko‘PAYISh
o‘SISh VA RIVoJLANISh
Tirik organizmlarning
asosiy xususiyatlari:
Tirik organizmlar jonsiz tabiatdan nimasi bilan farq qiladi?

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə