Sitologiya va


 Janubiy­g‘arbiy Osiyo markazi



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/148
tarix22.03.2024
ölçüsü3,8 Kb.
#184215
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   148
9-biologiya

3. Janubiy­g‘arbiy Osiyo markazi.
kichik osiyo, o‘rta 
osiyo, eron-Afg‘oniston, Shimoliy-g‘arbiy hindistonni o‘z ichiga 
oladi (14 % madaniy o‘simliklar, shu jumladan, bug‘doy, suli, duk-
kaklilar, zig‘ir, sabzi va boshqa ekinlar vatani).
4. O‘rta yer dengizi markazi. 
o‘rta dengiz qirg‘oqlaridagi 
mamlakatlar kiradi (11 % madaniy o‘simliklarning, karam, qand 
lavlagi, beda, zaytun daraxti vatani).
5. Abissiya (Efiopiya) markazi. 
o‘ziga xos alohida dehqon-
chilik madaniyatining juda qadimgi o‘chog‘i bo‘lgan (oq jo‘xori, 
arpa, banan, yovvoyi no‘xat, kofe daraxti vatani).
6. markaziy Amerika.
Janubiy Meksika (oshqovoq, loviya, 
makkajo‘xori, qalampir, g‘o‘za, kakao daraxti vatani). 
7. Janubiy Amerika (And) markazi.
Janubiy Amerikaning 
g‘arbiy sohili bo‘ylab And tog‘lari tizmasi rayonlarining bir qismini 
o‘z ichiga oladi (kartoshka, ananas, tamaki vatani) kiradi.
hozirgi vaqtda markazlar soni 12 tagacha ko‘paytirilgan. 
N.Vavilov kolleksiyasining subtropik o‘simliklariga tegishli juda 
katta qismi o‘zbekiston o‘simlikshunoslik institutida hozirgi kunda 
ham saqlanmoqda va undan yangi navlarni yaratishda foydalanil-
moqda.
Rossiyada saqlanayotgan kolleksiya 320 ming dan ortiq na-
munalarni o‘z ichiga olib, 1041 o‘simlik turlariga mansub. Bular-
http:eduportal.uz


177
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
ga yovvoyi turlar, madaniy o‘simliklarning avlodlari, eski mahalliy 
navlar kiradi. Dunyo genofondidan olimlar xo‘jalik jihatdan qim-
matli hisoblangan belgilarning genetik manbalarini tanlab oladilar. 
Bularga hosildorlik, tezpisharlik, kasalliklar va zararkunandalar-
ga, qurg‘oqchilik va boshqa ta’sirlarga chidamlilik belgilarini misol 
qilib ko‘rsatish mumkin. Zamonaviy genetika uslublari, o‘simliklar 
seleksiyasida misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishishga imkoniyat 
yaratadi. Masalan, yovvoyi g‘o‘za qimmatli genlari asosida yaratil-
gan “Toshkent” navlari o‘z vaqtida vilt kasalligiga chidamli eng 
yaxshi nav hisoblangan.
1. Seleksiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
2. Madaniy o‘simliklarning kelib chiqish markazlarini sanang.
3. Janubiy - G‘arbiy osiyo markazi qaysi o‘simliklarning
markazi hisoblanadi?
4. o‘zbekiston madaniy o‘simliklar kelib chiqish
markazlarining qaysi biriga kiradi?

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə