Sitologiya va


­ §. O‘simliklar va hayvonlar seleksiyasi



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/148
tarix22.03.2024
ölçüsü3,8 Kb.
#184215
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   148
9-biologiya

65­ §. O‘simliklar va hayvonlar seleksiyasi 
Seleksiyaning asosiy vazifasi – odamlarning oziq-ovqat, este-
tik va texnik talablarini to‘liq qondiruvchi yuqori mahsuldor hay von 
zotlari, o‘simlik navlari va mikroorganizmlar shtammlari 
ni yara-
tishdan iboratdir. 
Zot
yoki 
nav
(toza liniya) deb, odam tomonidan 
sun’iy ravishda yaratilgan organizmlar populyatsiyasiga aytiladi. 
Bular barqaror va qimmatli biologik hamda xo‘jalik xossalariga 
ega bo‘lib, bu xossalar nasldan-naslga o‘tadi. har bir zot va nav 
o‘ziga hos xususiyatga, ya’ni reaksiya normasiga ega. Masalan, 
tovuqlarning oq lekgorn zoti ko‘p tuxum beradi. Yashash sharoit-
lari va ozuqa bilan ta’minlanishi yaxshilansa, tuxum berishi ortadi 
ammo uning massasi amalda oshmaydi. Fenotip (shu jumladan, 
mahsuldorlik ham) ma’lum sharoitlarda namoyon bo‘ladi, shu sa-
babli iqlim sharoitlari agrotexnik usullari va boshqarish har xil 
bo‘lgan hududlar uchun moslashgan zot yoki nav yaratilishi zarur.
Tanlash
va 
duragaylash
seleksiyaning asosiy usullaridir. 
12. Biologiya, 9- sinf.
http:eduportal.uz


178
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
Tanlashning ikkita shakli: yalpi va individual tanlash bor. o‘simlik-
shunoslikda chetdan changlanuvchi o‘simliklarga nisbatan ko‘pin-
cha yalpi tanlash usuli qo‘llaniladi. Bunday tanlashda ekinzordan 
faqat kerakli sifatga ega bo‘lgan o‘simliklar guruhi ajratib olina-
di. kelgusi yili bu o‘simliklardan olingan urug‘lar ekilib, o‘simliklar 
orasidan ham ma’lum belgiga ega bo‘lganlarini tanlab olish tak-
rorlanadi. Bu usulda olingan nav genetik nuqtayi nazardan bir xil 
bo‘lmaydi va shuning uchun tanlashni vaqti-vaqti bilan qaytarib tu-
rish kerak. 
Individual, ya’ni yakka tanlashda ekinzordan qimmatli belgi-
ga ega ayrim o‘simliklar tanlanadi va ulardan yangi avlod olinadi. 
Yakka tanlash orqali toza liniyalarni genetik jihatdan bir xil orga-
nizmlar guruhi olinadi. Tanlash yo‘li bilan madaniy o‘simliklarning 
juda qimmatli navlarini yaratishga muvaffaq bo‘lingan (61- rasm).
hozirgi vaqtda o‘simliklarning yangi navlarini yaratish hamda
o‘zgaruvchanlik doirasini oshirishda quyidagi usullar qo‘llaniladi: 
duragaylash, sun’iy mutagenez, eksperimental poliploidiya va ge-
netik injeneriya.

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə