Sitologiya va


Duragayning geterozis mahsuldorligi



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/148
tarix22.03.2024
ölçüsü3,8 Kb.
#184215
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   148
9-biologiya

Duragayning geterozis mahsuldorligi 
(o‘rtada), yon tomonda har xil makkajo‘xori 
chiziqlarini chatishtirishdan olingan natija.
A
diploid nav (2n = 14) 
B
tetraploid (4n = 28)
62­ rasm.
63­ rasm.
Bug‘doy urug‘lari:
A
B
http:eduportal.uz


181
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
qon aylanish va nafas olish sistemalari va boshqa belgilarni yax-
shi rivojlanganligiga bog‘liq. hayvonlar seleksiyasida turli belgilar 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni hisobga olish muhim, chunki biron belgi 
bo‘yicha yuqori hosildorlik – muayyan eksterer belgilarga bog‘liq. 
Chorvachilikda avlodlar soni kam bo‘lganligi sababli xo‘jalik ji-
hatdan foydali bo‘lgan belgilarga qarab yakka tanlash keng qo‘lla-
niladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarida bir zotga mansub hayvonlarni 
o‘zaro chatishtirish yoki bir-biridan uzoq, ya’ni begona zot yohud 
turga mansub hayvonlarni chatishtirish olib boriladi. Begona zot-
larni chatishtirish bir necha foydali belgilar kombinatsiyasini hosil 
qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunday duragaylash ke-
yinchalik qat’iy tanlash bilan qo‘shib olib borilganda zotning xusu-
siyatlarini yaxshilashga imkon yaratadi.
hayvonlarning har xil zotlarini yoki o‘simliklarning navlari 
hamda turlararo chatishtirishda hosil bo‘lgan birinchi avlod du-
ragayi hayotiy xususiyatlari bir muncha yuqori bo‘lishi va kuchli 
rivoj lanishi bilan farq qiladi.
Bu hodisa 
duragay kuchi
yoki 
geterozis
deyiladi. Bunda 
ko‘pchilik genlar geterozigotali holatga o‘tadi va dominant gen-
larning qulay o‘zaro ta’siri vujudga keladi.
uy hayvonlarini sermahsul zotlarini yaratishda zotlararo va uy 
hayvonlarining uzoq formalarini duragaylash orqali ko‘plab zotlar 
yaratilgan. Zotlararo chatishtirish orqali mayin jun beradigan aska-
niya rambulesi, hisor va qorako‘l qo‘y zotlari, ko‘p sut beradigan 
kostroma qoramol zoti, axaltaka ot zoti, tovuqlarning broyler va 
sertuxum zotlari, ipak qurtining zotlari yaratilgan.
uy hayvonlarini uzoq formalari duragaylash orqali ham xo‘jalik 
uchun katta ahamiyatga ega zotlar yaratilgan. ularga misol qilib 
mayin jun beradigan merinos qo‘y zoti bilan yovvoyi qo‘y arxarni 
chatishtirish orqali arxaromerinos qo‘y zoti, baland tog‘li hudud-
larda yashaydigan uy hayvoni qo‘tos bilan qoramol chatishtirilib 
duragay olingan. olingan bu zotlar turli muhit sharoitida bemalol 
yashay oladi va mahsuldorligi ham yuqori bo‘ladi. 
http:eduportal.uz


182
SelekSiya aSoSlaRi
VII Bo‘LIM
1. o‘simliklar seleksiyasida qanday usullar qo‘llaniladi?
2. o‘simliklar seleksiyasida duragaylashning qanday 
usullaridan foydalaniladi?
3. o‘zbek olimlarining o‘simliklar seleksiyasi sohasidagi
ishlari haqida ma’lumot bering.
4. Geterozis nima? 

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə