Sitologiya va


­ §. Oqsillarning xossalari



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/148
tarix11.12.2023
ölçüsü3,8 Kb.
#144544
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   148
Biologiya 9

 
26­ §. Oqsillarning xossalari. 
Oddiy va murakkab oqsillar
 
Tirik organizmlar hujayrasidan turli tuman oqsillar ajratib olin-
gan va o‘rganilgan. Oqsillar xilma-xil fizik va kimyoviy xossalarga 
ega, bunday xilma-xil xossalar ularning tarkibidagi aminokislota-
larga bog‘liq. oqsilning muhim xossalaridan biri uning molekular 
massasining nihoyatda yuqori bo‘lishidir. Buning asosiy sababi 


69
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
oqsil tarkibida juda ko‘p aminokislotalarning bo‘lishidir. Aminokis-
lotalarning o‘rtacha molekular og‘irligi taxminan 138 ga teng bo‘la-
di. ular o‘zaro peptid bog‘ hosil qilib birikkanda bir molekula suv 
ajralib chiqqanligi sababli ularning molekular og‘irligini 120 deb 
qabul qilinsa bo‘ladi. o‘rtacha 300 ta aminokislotadan iborat oqsil 
molekulasining molekular og‘irligi 300x120=36000 ga teng bo‘la-
di. oqsillarning xossalari xilma-xildir. Misol uchun, suvda mutlaqo 
erimaydigan oqsillar, suvda oson eriydigan oqsillar ham mav-
jud. Turli xil ta’sirlarga chidamli yoki chidamsiz, masalan, kuchsiz 
yorug‘lik yoki biror bir arzimagan mexanik ta’sirdan o‘zgaradigan 
oqsillar ham mavjud. Lekin barcha hollarda oqsillarning xossa lari 
bilan strukturasi uning bajaradigan funksiyasiga mos keladigan 
bo‘ladi.
Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar ikki xil: tolasi-
mon va yumaloq yoki tuxumsimon shaklga ega. Tolasimon oqsil-
larga hayvonlaning junidagi, odam sochi, muskuli va ipak qurti-
ning ipagidagi oqsillar kiradi. Muskullar tarkibidagi oqsillar qisqa-
rish va cho‘zilish xossasiga ega bo‘lib, harakatni ta’minlaydi. Yu-
maloq oqsillarga esa hujayradagi eruvchan oqsillar misol bo‘ladi. 
Bularga ko‘pincha katalizatorlik vazifasini bajaruvchi oqsillar va 
qondagi gemoglobin oqsillari kiradi. Yuksak darajada faol, tuzilishi 
oson o‘zgaradigan oqsillar katalizatorlik vazifasini bajaradi, shu bi-
lan birga tashqi muhitdan keladigan signallarni qabul qilib oladi va 
hujayraga o‘tkazadi.
oqsil molekulasi suvda mayda zarrachalarga bo‘linib, kol-
loid eritma hosil qiladi. uning tabiiy holati turli tuzlar eritmasi 
ta’sirida o‘zgaradi. oqsil holatining bunday o‘zgarishiga 

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə