Sitologiya va



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/148
tarix11.12.2023
ölçüsü3,8 Kb.
#144544
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   148
Biologiya 9

Oqsillarning tuzilishi. 
organik moddalar ichida eng murak-
kabi oqsillardir. ular polimerlar guruhiga kiradi. Polimer molekulasi 
uzun zanjirdan iborat bo‘lib, bu zanjirda nisbatan oddiy bo‘ladigan 
monomerlar bir necha marta takrorlanadi. Monomerni A harfi bilan 
belgilaydigan bo‘lsak, u vaqtda polimer strukturasini quyidagicha 
A-A-A-A-...A tasvirlash mumkin. 
Tabiatda oqsillardan tashqari, boshqa polimerlar ham ko‘p, 
masalan, sellyuloza, kraxmal, kauchuk. ular bir xil monomer-
lardan, nuklein kislotalar esa to‘rt xil monomerdan tashkil topgan. 
oqsil mono meri aminokislotalardir. oqsil molekulasi faqat ami-
nokislotalardan tuzulgan bo‘lsa ham bu monomerlar bir xil emas


64
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
oqsil molekulasi tarkibiga bir-biridan farq qiladigan 20 xil amino-
kislota kiradi.
oqsillar tarkibidagi aminokislotalar
halqasiz (asiklik) aminokislotalar
halqali (siklik) 
aminokislotalar
1. Glitsin
8. Leysin
15. Fenilalanin
2. Alanin
9. Izoleysin
16. Tirozin
3. Serin
10. Treonin
17. Triptofan
4. Sistein
11. Lizin
18. Gistidin
5. Sistin
12. Arginin
19. Prolin
6. Metionin
13. Asparagin kislota
20. oksiprolin
7. Valin
14. Glutamin kislota
Aminokislotalar peptid bog‘ orqali o‘zaro birikadi va polipep-
tid zanjirlarni hosil qiladi. Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan 
oqsillar juda ko‘p va xilma xil bo‘lib, har bir oqsil o‘ziga xos ami-
nokislotalar ketma-ketligidan iborat. oqsil molekulalari ipsimon 
yoki yumaloq shakllarga ega bo‘ladi (21- rasm).
Aminokislotalar — quyi molekulali organik birikmalar bo‘lib, or-
ganik karbon kislotalarning hosilalaridir. Aminokislota organik kis-
lota molekulasida bir yoki bir nechta vodorod atomining aminogu-
ruh Nh
2
bilan almashinishidan hosil bo‘ladi. ko‘pincha Nh
2
guruh 
karboksil guruhiga (Cooh) qo‘shni uglerod atomining vodorodi 
o‘rniga kiradi. Aminokislotalar asosan bir xil sxemada tuzilgan.

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə