Sitologiya va



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/148
tarix11.12.2023
ölçüsü3,8 Kb.
#144544
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   148
Biologiya 9

mono -
saxaridlar
, murakkab uglevodlar esa 
polisaxaridlar
deb ataladi. 
monosaxaridlar
. Monosaxaridlar nomi “oza” bilan tugaydi. 
Mole kuladagi C atomi soni va monosaxaridning biror xossasi so‘z 
o‘zagi bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, monosaxarid tarkibida C uchta bo‘lsa – trioza, 
to‘rtta bo‘lsa – tetroza, beshta bo‘lsa – pentoza, oltita bo‘lsa – gek-
soza va hk. “Glukoza” nomi esa shu monosaxaridning shirinli gini, 
“fruktoza” – bu monosaxaridning mevada bo‘lishi ni, “galaktoza” – 
esa monosaxaridning sutda bo‘lishini ko‘rsatadi. eng ko‘p tarqa-
lgan monosaxaridlar glukoza (uzum shakari) va fruktoza (meva 
shakarlari) hisoblanadi. Glukozaning qon dagi miqdori 0,1–0,12 % 
ga teng. Glukoza ko‘pgina disaxaridlar va polisaxa ridlar tarkibiga 
kiradi. Pentozalarga riboza bilan dezoksiri boza misol bo‘ladi. 
Disaxaridlar
. Ikkita monosaxariddan tashkil topgan birikma 
disaxaridlar
deb ataladi. Bularga saxaroza (qand lavlagi shaka-
ri), maltoza (don shakari), laktoza (sut shakari) misol bo‘ladi. Disa-
xaridlardan biri shakar, ya’ni saxarozadir. Saxaroza bir molekula 
glukoza bilan bir molekula fruktozadan tuzilgan, sut shakari esa bir 
molekula glukoza bilan bir molekula galaktozadan tashkil topgan.
Polisaxaridlar. 
Polisaxaridlar ichida eng ko‘p tarqalganlari 
kraxmal (o‘simliklarda), glikogen (hayvonlarda) va sellyulozadir. 
ularning monomeri glukoza hisoblanadi. Paxta tolasi deyarli toza 
sellyulozadan iborat.
uglevodlarning ahamiyati
. uglevodlar tirik organizmlarda 
ikkita asosiy: qurilish va energetik vazifalarni bajaradi. Masalan, 
sellyuloza o‘simlik hujayrasining qobig‘larini hosil qilishda ishtirok 
etadi; murakkab tuzilishga ega bo‘lgan xitin moddasi ham ugle-
voddan iborat bo‘lib, hasharotlarni tashqi skeleti tarkibiga kiradi. 
Xitin zamburug‘ hujayrasi tarkibida ham uchraydi.
uglevodlar hujayraning asosiy energetik manbai hisoblana-
di. 1 gramm uglevod parchalanganda 17,6 kJ energiya ajralishi 
aniqlangan.
o‘simliklarda kraxmal, hayvonlarda glikogen zaxira modda si-


61
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
fatida hujayralarda to‘planadi va bu moddalar ozuqa hamda ener-
giya zaxirasi vazifasini o‘taydi.
1.
2.
3.
4.
uglevodlar nomi nimadan kelib chiqqan?
hujayrada qanday uglevodlar bor?
uglevodlar qanday xillarga bo‘linadi?
uglevodlar organizmda qanday vazifalarni bajaradi?
1.
2.
3.
Monsaxaridlarni tuzilishi va o‘ziga xos xususiyatlarini 
tushuntirib bering.
Saxaroza nimalardan olinadi? 
Quyidagi misolni bajaring.
Agar 9- sinf o‘quvchisi bir kecha kunduzda 450 g uglevodga 
ehtiyoj sezsa, bu miqdordagi uglevodning parchalanishidan necha 
kJ va kkal energiya hosil bo‘ladi?

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə