Sitologiya va



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/148
tarix11.12.2023
ölçüsü3,8 Kb.
#144544
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   148
Biologiya 9

lipoproteinlarni
hosil qiladi. Lipo-
proteinlar transport (tashish) va qurilish (membranalarni) vazifasi-
ni bajaradi.
Murakkab lipidlarga 
glikolipidlar
ham taalluqlidir. Bular hu-
jayra membranalari tarkibida uchraydi. Lipidlarga yana bir guruh 
moddalar steroidlar ham kiradi. ular o‘simlik va hayvon organizm-
larida keng tarqalgan. organik kislota va ularning tuzlari, jinsiy 
gormonlar, vitaminlar, xolistirol va boshqalar shular jumlasidandir. 
Bular bir qator muhim fiziologik va biokimyoviy jarayonlar bilan 
bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajaradi.
1.
2.
3.
4.
Qanday birikmalar lipidlar deb ataladi?
Yog‘lar organizmda qanday vazifalarni bajaradi?
Lipidlar qanday xillarga ajratiladi?
oddiy va murakkab lipidlarga misollar keltiring. 


63
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
1.
2.
Lipidlar kimyoviy strukturasi jihatidan qaysi moddalardan 
tashkil topganligini tushuntiring.
Murakkab lipidlar bilan oddiy lipidlarni xususiyatlarini 
taqqoslang.
Odam organizmining fizilogik ehtiyojiga ko‘ra bir kecha-kun
-
duzgi ovqat tarkibidagi yog‘ miqdori 80–110 gramm bo‘lishi ke-
rak. Agar 15–16 yoshli o‘quvchining bir kecha-kunduzdagi iste’mol 
qilgan ovqati tarkibida 95 gramm yog‘ bo‘lsa, bu miqdordagi 
yog‘ning to‘liq parchalanishi natijasida qancha kkal va qancha kJ 
energiya hosil bo‘ladi?
24­ §. Oqsillar. Aminokislotalar
hujayradagi organik moddalar ichida oqsillar miqdor va aha-
miyati jihatidan birinchi o‘rinni egallaydi. oqsillar yuqori moleku-
lali kolloid birikma bo‘lib, aminokislotalardan tashkil topgan. ular 
gid roliz qilinsa, aminokislotalarga parchalanadi. oqsillarning ele-
mentar tarkibi uglerod 50–54 %, vodorod 6,5–7,3 %, kislorod
21–23 %, azot 16 % hamda oltingugurt 0,5 % dan iborat. ular ning 
tarkibida ba’zan fosfor ham uchraydi. oqsillar hujayradagi boshqa 
organik birikmalardan o‘zlarining yuqori molekular massaga ega 
bo‘lishlari va tarkibida azot atomlari tutishi bilan farq qiladi.

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə