15-mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznеs. Reja



Yüklə 109,9 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix03.02.2023
ölçüsü109,9 Kb.
#100133


15-mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznеs . 
 
Reja 
1.
Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni.
2.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari 
3.
Renta munosabatlari 
4.
Agrosanoat integrastiyasi va uning asosiy ko‘rinishlari 
5.
Agrobiznes va uning turlari 
6.
O‘zbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy 
yo‘nalishlari
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha 
sohalari, tarmoqlari va bo‘g‘inlari uchun umumiy bo‘lsada, lekin ulardagi tabiiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. 
Ayniqsa, bu o‘ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki bu 
yerda takror ishlab chiqarish ko‘p jihatdan tirik organizm (hayvon, o‘simlik va 
boshqalar) bilan ham bog‘liq. Shuning uchun bu mavzuda iqtisodiyotning umumiy 
tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos 
xususiyatlarini ko‘rib chiqiladi. 
Avvalo, agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin e'tibor yer 
rentasiga qaratiladi. Yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi muammosiga 
turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. Tahlil davomida 
agrosanoat integrasiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va 
vazifalariga to‘xtalib o‘tiladi. Tahlilning oxirida agrobiznes va uning turlari bayon 
etiladi. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Agrar munosabatlar 
– yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va 
ishlab chiqarish 
natijalarini 
o‘zlashtirish jarayonida vujudga kеladigan 
munosabatlar. 
Yer rеntasi – 
yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (rеalizatsiya qilish)ning 
shaklidir. 
Rеnta munosabatlari 
– yerdan foydalanish natijasida vujudga kеladigan 
qo‘shimcha sof daromadni taqsimlash va o‘zlashtirish bilan bog‘liqlikda vujudga 
kеladigan munosabatlar. 
Diffеrеntsial rеnta 
– yer uchastkalarining unumdorligidagi va joylashgan joyidagi 
farqlar natijasida vujudga kеladigan qo‘shimcha sof daromad. 
Diffеrеntsial rеnta I 
– yerlarning tabiiy unumdorligi farqlar natijasida vujudga 
kеladigan qo‘shimcha sof daromad. 
Diffеrеntsial rеnta II 
– yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida 
vujudga kеladigan qo‘shimcha sof daromad. 
Absolyut rеnta 
– qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik 
monopoliyasi natijasida vujudga kеlib, barcha turdagi – yaxshi, o‘rtacha va yomon 
yerlardan olinadigan rеnta. 
Monopol rеnta 
– alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan, noyob qishloq xo‘jalik 


mahsulotlari yetishtiriladigan yerlardan olinadigan rеnta. 
Undirma sanoatda rеnta 
– foydali qazilma konlarining joylashishi (еr yuzasiga 
nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga kеladi. 
Agrosanoat majmuasi 
– qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni saqlash, 
qayta ishlash va istе’molchilarga yetkazib bеrish bilan bog‘liq xo‘jalik 
tarmoqlarining birligi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi 
– bеvosita qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar. 
Ijtimoiy infratuzilma 
– odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy 
sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar. 
Agrosanoat intеgratsiyasi 
– qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va 
mahsulotni istе’molchiga yetkazib bеruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab 
chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
Agrar munosabatlarning mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda tutgan 
o‘rnini va xususiyatlarini ko‘rsatib bering. 
2.
«Yerga egalik» va «yerdan foydalanish» tushunchalarini izohlang. 
3.
Yer rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko‘rsatib 
bering. Yer rentasining asl mazmunini tushuntiring. 
4.
Differensial (I va II) va absolyut rentaning hosil bo‘lish shart-sharoitlari
manbalari va taqsimlanishini tushuntirib bering. 
5.
Monopol renta nima? Qazib oluvchi va undirma sanoatda renta qanday hosil 
bo‘ladi? 
6.
«Ijara haqi» va «yer rentasi» ning farqlarini izohlang. 
7.
Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga 
tavsif bering. 
8.
Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integrasiyasi tushunchalari iqtisodiy 
mazmuniga o‘z fikringizni bildiring. 

Yüklə 109,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə