Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
239
w
www.oriens.uz
September
2022
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Saparova Umida Bahromovna
Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘qituvchisi
E-mail:
umidasaparova7@gmail.com
+998903155057
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini
rivojlantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari, didaktik usul va metodalrdan
foydalanish haqida ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: O‘qituvchi, maktab, ta’lim, ijodkorlik, didaktik, usul, metod,
kreativ, pedagogika, shaxs, faollik, o‘quvchi, boshlang‘ich ta’lim, qobiliyat.
АННОТАЦИЯ
В данной статье даны научно-практические рекомендации о социально-
психологических особенностях развития творческих способностей учащихся
начальной школы, использовании дидактических методов и приемов.
Ключевые слова: Учитель, школа, воспитание, творчество, дидактика,
метод, метод, творчество, педагогика, личность, деятельность, ученик,
начальное образование, способности.
KIRISH
Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida xalqimizning hayoti,
davlatimizning siyosiy faoliyatida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Yangi
O‘zbekistonda xalqimiz o‘zining buyuk kelajagini yaratmoqda. Uni yaratishda
ulug‘ ajdodlarimiz – buyuk pedagog –faylasuflar, din arboblari, mutasavvif
donishmandlar, ulug‘ allomalarning ta’limotlarini o‘rganish sari yo‘l ochildi.
Asrlar
mobaynida xalqimiz saqlab kelayotgan milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ilmiy
tadqiq qilib rivojlantirishga yangi imkoniyatlar yaratildi.
Davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko‘p jihatdan uning intellektual potensiali
bilan belgilanadi. Chunki, ilmiy potensiali yuqori darajada rivojlangan mamlakat
barcha sohalarda doimo ilg‘or bo‘ladi.
Shuningdek, davlat ta’lim standartlarida
belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalari doirasidan tashqari yangi zamonaviy
fanlar va axborot texnalogiyalariga doir bilimlarni o‘zlashtirish zamon talabiga
aylanmoqda.
Hozirda boshlangʻich taʼlim tizimining asosiy vazifalari oʻquvchilarni har
tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalash maqsadida
ularga mustaqil fikrlash,