Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 420,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix30.05.2023
ölçüsü420,02 Kb.
#114264
1   2   3   4
ijtimoiy-pedagogika-faniga-zaruriyat-va-uning-ahamiyati

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
994 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
hisoblanadi. Eng asosiysi, ijtimoiy hayotda shunday holatlar uchraydiki, bunda 
bolalar o‘smirlar, tarbiyachilar bunday og‘ir vaziyatda o‘zlariga ruhan malham 
bo‘ladigan sotsial pedagogning yordamiga muhtoj bo‘ladi. Demak, bugungi 
jamiyatimiz asoslariga sotsial psixolog bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogga bo‘lgan 
ehtiyoji ham sezilmoqda. 
Hayotdan umid uzgan, o‘ziga ishonmaydigan, hayotiy muammolarni mustaqil 
hal eta olmaydigan shaxslar insoniy yordam, tushunish, uning qayg‘usiga sherik 
bqlishlarini kutadilar. O‘z so‘zi va faoliyati bilan shu kabi shaxslarda o‘ziga ishonch 
uyg‘otish, o‘z imkoniyatlarini anglab yetishlariga yordam berish sotsial pedagogning 
asosiy vazifasidir. Ijtimoiy hayotimizdagi voqelikning insonlarga bo‘lgan ta’siri 
ularning ongida yuz berayotgan jarayonlar haqida bahs yuritadigan mazkur fan 
yo‘nalishi bugungi kunda ijtimoiy buyurtma sifatida vujudga kelmoqda. 
Demak ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi ijtimoiy zarurat asosida 
namoyon bo‘ldi. 
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya – bu bolalarning ijtimoiylashuvi 
va bolalarga ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganuvchi 
pedagogika fanining tarmog‘idir. Ya’ni tarbiya- bu nafaqat o‘quv muassasalari balki 
butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o‘z ko‘rinishiga ega. 
Ijtimoiy pedagogika – odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari 
jarayoni davomida ularda hosil bo‘ladigan fikrlar, e’tiqodlar, g‘oyalar, qarashlar, his-
tuyg‘ular, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. Har bir shaxsning 
jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalarga rioya qilgan holda o‘ziga o‘xshash 
shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil 
bo‘ladigan xodisalarning pedagogik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish- 
ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifasidir. 
Ijtimoiy pedagogika O‘zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda 
ham uzoq va chuqur an’analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida 
ijtimoiy pedagogika yutuqlari e’tiborga olinmadi. Mana shuning uchun ham ijtimoiy 
pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy-pedagogik mutaxassislar davlat va 
jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan 
tizimni, shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o‘z 
ichiga oladi. 
Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli 
yoshdagi xodimlardan iborat birlashmalarda ijtimoiy pedagogik tajribalarni to‘plash 
ishlari shakllantirilgach, maktablarning ijtimoiy institutlar bilan qamkorligi o‘zgardi. 
Shu asosda ijtimoiy muqitni pedagoglashtirish jarayoni intensiv tarzda rivojlanib 



Yüklə 420,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə