Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 448,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix11.06.2022
ölçüsü448,63 Kb.
#89303
1   2   3   4   5   6
178 Xudayqulova Madinabonu Nazarqul qizi 1270-1275

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1274 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
7. Sistemani tashil etuvchi shaxsning sifatlari shaxsiy ma’noga ega bo‘ladi.
8. Kreativlik til vositasida shaxsiy ma’no va mazmunni amalga oshirishni ifoda 
etish jarayonida ko‘rinadi
Yuqoridagi ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, kreativlik 
tushunasiga nisbatan bir-biriga zid bo‘lgan quyidagi turli xil qarashlar majud. Bular:
1.Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.
2.Kreativlik – bu insonning o‘ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni 
bajarish usulidir.
3.Kreativlik – bu intellekt (aql) ning mahsulidir.
4.Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan qobiliyat, kashfyotlardir.
5.Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir.
6.Kreativlik – bu ijodkor insonlarning ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy 
adaptatsiyalanishidir.
7.Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan kategoriyadir.
Shu bilan bir qatorda psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini 
o‘rganuvchi alohida yo‘nalish – ijodkorlik psixologiyasi yo‘nalishi vujudga kelgan.
Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik qonuniyatlar, ijod 
jarayoni mexanizmi va kreativ (creativity – inglizcha ijodiy)likni o‘rganishdan iborat.
Bugungi kunga kelib kreativlik nafaqat psixologlarning, balki pedagoglarning 
diqqat e’tiborini tortmoqda. Bu tushuncha ilmiy adabiyotlarda keng qo‘llailmayotgan 
bo‘lsa ham bu tushunchani ma’lum darajada pedagogik iste’molga kiritishga doir 
harakatlar ko‘zga tashlanmoqda. Pedagogika oid manbalarda kreativlik ijod bilan 
bog‘liq holda o‘rganiladi va tushuniladi. Ijodkorlikning psixologik jihatlari haqida 
fikrlar bildirilib, bilim asosan fikr yuritish va tasavvur qilish bilan bog‘liq holda tahlil 
etiladi. Pedagogika fanida kreativlik masalasiga bevosita murojaat etgan pedagog
olim pedagogika fanlari doktori, professor R.A.Mavlonova o‘zining ilmiy ishlarida 
kreativlik haqida baholi qudrat fikrlar bildirgan. Uning «Boshlang‘ich ta’limda 
innovatsiya», «Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, integratsiyasi, innovatsiyasi» nomli 
o‘quv qo‘llanma va darsliklarida kreativlikka alohida to‘xtab o‘tgan.
XULOSA 
Shaxsning ijodiy motivatsiyani qo‘llaganligi - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish, 
ijodiy yutuqlar, peshqadamlikka va o‘z kamolotiga intilishdir. Kreativlik bu - xayoliy 
qarash; baho bera olish qobiliyatidir. Demak bu tushunchani biz bemalol 
pedagogning individual qobilyatiga kirita olamiz. 



Yüklə 448,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə