Smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


 O’smirlarning psixik rivojlanishida yangi xislatlarning paydo bo’lishi



Yüklə 176,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix17.05.2023
ölçüsü176,3 Kb.
#110934
1   2   3   4   5   6   7
Mahkamoyeva Nilufar---O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

 
4. O’smirlarning psixik rivojlanishida yangi xislatlarning paydo bo’lishi 
O’smirlik davrida, asosan, bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu 
yo’llarda o’smirlarga hayot davomida kerak bo’ladigan asosiy shaxsiy va 
tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko’rina boshlaydi. Xotira, mexanik xotira 
darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko’tariladi. Nutq rivojlangan, xilma-xil va 
boy tafakkur esa o’zining barcha ko’rinishlari: harakatli, obrazli, mantiqiy 
darajasida rivojlanadi. O’smirlarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga 
o’rgatish mumkin. Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar 
shakllanadi va rivojlanadi. 
O’smirlik davriga juda ko’p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarga xos. 
Maktab dasturi va boshqa ishlar bilan bog’liq turli masalalarni yechishda ko’zga 
tashlanadigan o’smirlarning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga 
jiddiy muammolar bo’yicha fikrlashga undaydi, o’smirlarning o’zlari ham bunga 
harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, 
o’z majburiyatlariga mas’ullik kabi muammolar muhokamasida itilliktni (yosh 
bolarlarga xos jismoniy va psixologik holat) kuzatysh mumkin. 


5-6 sinf o’quvchilariga sinfdagi o’zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish 
xususiyati xos. Ayniqsa, 6-sindan boshlab, o’quvchilar o’z tashqi ko’rinishlariga, 
shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o’zaro munosabatlariga 
e’tibor bera boshlaydilar. 
7-sinf o’quvchilarida esa o’z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish 
yuzaga keladi. 8-sinf o’quvchilari esa mustaqillik, o’ziga. xoslik, do’stlik va 
o’rtoqlik bilan bog’liq bo’ladigan shaxsiy xislatlarni yuqori baholashadi. 
O’smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda 
faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirish 
mumkin, 
O’smirlik davrida o’quv fanlarini turli o’qituvchilar o’qitish munosabati 
yuzaga keladi. Kattalar shaxsi va faoliyatyati baholashning yangi mezonlari ham 
ularda shakllana boshlaydi. O’smirlik asosan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o’quv 
materialini qiziqarli va tushunarli yo’l bilan yetkaza oladigan o’qituvchilarni 
ajratmaydigan, o’qituvchilarni ko’proq hurmat qiladilar va yaxshi ko’radilar. Ular 
o’qituvchi bilan munosabatlariga ham katta e’tibor beradilar. 
10-15 yoshli bolalarning faoliyat motivlarida ham o’zgarishlar amalga 
oshadilar. Ilk o’smirlik davrida ko’pchilik o’smirlar o’zlariga salbiy shaxsiy 
xarakteristika beradilar. Katta bo’lgan sari o’smirning o’z-o’ziga bergan bahosi 
diferentsyal xarakterda (xulq-atvoriga, ijtimoiy vaziyatlarda o’zini tutishga va 
ayrim xatti-harakatlariga) namoyon bo’la boshlayd. 



Yüklə 176,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə