Smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 176,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix17.05.2023
ölçüsü176,3 Kb.
#110934
1   2   3   4   5   6   7
Mahkamoyeva Nilufar---O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

Mexanizmi
" sxematik ravishda quyidagicha baholanadi, Endokrin garmonlarini 
paydo bo’lishi va ularning markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishi bilan bog’liq 
bo’lgan jinsiy yetilishning boshlanishi bolalarning aktivligini jismoniy va 
psixologik imkoniyatlarini oshiradi hamda bolada o’zini kattalardek xis etish, 
mustaqil bo’lish tuyg’ularini tuyush uchun shunday shart-sharoitlarni olib keltiradi. 
Biroq, psixik rivojlanishni bu bosqichda ham bola hali mustaqil harakat qilishga 
to’la tayyor bo’lmaydi. Asosiy ziddiyatni keltirib chiqaruvchi omillardan biri o’z 
mustaqilligini imkoniyatidan ortiq darajada baxolashidir. O’z imkoniyatlarini 
ortiqcha baholash bilan kichik o’smirning psixik imkoniyatlari o’rtasida tafovut 
paydo buladi. Bu ziddiyatni hal etilishi qanday sodir bo’ladi va u bolani tashqi 
ko’rinishi xulq-atvorida qanday namoyon bo’ladi? 
Ma’lumki, har bir bolaning munosabatlari aniq ishlarda ko’rinadi 
mustahkamlanadi va qayd etiladi. Bola o’zidagi mustaqillikni shakllantirish uchun 
o’zi mustaqil ishlarni bajarishga to’tri keladi. Lekin, ikkinchi tomondan bir marta 
mustaqil ish bajarish uchun ijtimoiy shartmnaroitlardan holi bo’lishga harakat 
qiladi. Lekin mustaqil harakat qilish uchun bola boshqa mexanizmlarga ega emas. 
Bular o’smirning o’z kuchiga ichki bir ishonchni mavjud emasligi, o’z oldida 
turgan va uning natijasini aniq tassavvur eta olmaslik alomatlardir. Bu belgilar 
mana shu yoshda kishini mustaqil harakat qilishga qodir bo’lishga, ayni hollarda 
tevarak atrodagi kishilarga qarshi borib, o’zini haq ekanligini qattiq turib himoya
qilishga, boshqa hollarda esa vaziyatni vazminlik bilan qabul qilishga davat 


etadi. Kichik o’smirda o’z-o’zini nfzorat qilish va o’zini antlashni shakllantirishni 
bir qancha yo’llari mavjud.
Masalan: bu davrda kattalarga taqlid qilish yoki oilada o’z hurmatini talab 
qilish, o’z so’zini o’tkazish, o’zini hurmatli, obro’li katta yoshli kishini obraziga 
o’xshatib rivojlantirish kuchli bo’ladi. Ularga biror so’z yoki tanbeh bilan murojaat 
qilsangiz-u o’zini mustaqil fikrlay olishi va biror ishni albatta uddasidan chiqa 
oladigandek. ko’rsatadi. Vaholanki, hali o’smirni psixologik imkoniyatlari yetarli 
emas yoki rivojlanmagan kattalar o’qituvchilar o’smirdagi bu jarayonni 
psixologik nuqtai nazaridan baholay olishimiz unga soxta pedagogik,
 
yuzaki
yondashmay, aksincha, unga o’z imkoniyatlarini o’stirishga o’z ichki va tashqi 
qobiliyatlarini to’gri rivojlantirishga yo’naltirishimiz muhim. O’smir yoshdagi 
bolani birinchi galda intiladigan narsani u o’zini endi kichkina bola emas, katta 
bo’lib qolganligini atrofdagilarga ishontirishdan iborat. Bu yoshda kattalar 
o’smirlarni bilib-bilmay qilayotgan kamchilik va xatolarini ko’pchilik ichida 
uyaltirib, kamsitib, qoralab emas, balki psixologik yo’l bilan yondashgan holda 
yordam berish uni "Katta bo’lib qolganlik" tuygusini so’ndirib emas, balki katta 
odam qanday bo’lishi va qanday talablarga javob berishi keraklitini anglatishi 
zarur. Demak, bu o’smirni to’laqonli psixik rivojlanishi uchun zarur bo’lgan 
hayotiy bir xislat ekanligini bilgan holda shu bilan bog’liq salbiy ishlarni 
psixologik tabiatini to’tri tushunmog’i va bolalarni o’zlarini katta tutishlariga 
to’sqinlik qilmaslik, aksincha ularning bunday xatti-harakatlarini ijobiy yuzaga 
solish uchun intilishi kerak. O’smirlarni o’z tengdoshlari bilan muloqotda bo’lishi 
g’oyat katta ahamiyatga egadir. 
O’z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan muomalalar munosabat 
asosida o’smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o’taydi, o’zaro 
qiziqishlar, atrof dunyoni, bir-birlarini anglashlari va tushuiishlari ular uchun juda 
qimmatlidir. O’smirlar uchun uy vazialari, uy ishlari buyicha majburiyatlarni 
bajarishga qaraganda tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimroqdir. O’z ishlarini 
sirlarini bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga ko’proq ishonadi, U endi 
salbiy va ijobiy tomonlariga alohida bir urgu bermagan holda o’zi xohlagan kishisi 


bilan do’st bo’lish xuquqini talab etadi. O’z tengdoshlari bilan muloqot va 
munosabat jarayonida o’z shaxsini erkinlik bilan to’la namoyon eta oladi. Shaxsiy 
erkinlikni u katta bo’lish huquqi deb anglaydi. Ota-onalarning o’smirga shu 
erkinlikning bermasligi yoki osmirning shunday deb bilishi natijasida ular ota-
onaga qarshi pozitsiyada bo’ladilar. Shuni alohida. ta’kidlash lozimki, ana shu 
muloqot va munosabat asosida o’smirlarda g’urur hissi shakllana boshlaydi, 
Albatta, g’urur norma va qoidalari kattalardan o’rganiladi, lekin o’z g’ururini 
qanday himoya qilishi o’smirlarning alohida nazoratida bo’ladi. Ular orasida 
sodiqlik va to’g’rilik kabi xislatlar yuqori baholanib, sotqinlik o’z so’ziga bevaolik, 
egoizm, qizgonchiqlik qattiq qoralanadi va qattiq jazolanadi. Bu jazo u bilan ularni 
kaltaklash unga qarshi baykot e’lon qilish va uni yolgizlatib qo’yish shaklida 
bo’lishi mumkin. O’smirlar o’zini hurmat qilishini, o’z fikrini va qiziqishini 
himoya qilishni bilmagan tengdoshlariga juda past baho beradilar. 

Yüklə 176,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə