Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32

 

31 

Shaxsiy 


muhimlik 

tuyg’usidan  qutulish  uchun  siz  bu  dunyoga  mehmon 

ekaningizni 

–  bu  dunyoda  siz  hech  bir  boshqa  mavjudotdan  yuqori  qilib 

yaratilmaganligingizni,  siz  ham  xato  qilishingizni,  sizda  ham  hamma  singari  kuchsiz 

tomonlar  bor  ekanini  eslang.  Bu  bilan  siz  o’zingizni  kimdandir  yoki  nimadandir  quyiroq 

qo’ygan  bo’lmaysiz.  Sizga  berilgan  fazilat  –  boshqalarda  bo’lmasligi  mumkin.  Bu 

dunyoda  har  kim  va  har  narsaning  ahamiyati  bir  xil.  Tabiiy  ofat  bo’lgan  holatda  tabiat 

na  yerdagi  qurt-qumursqani  tirik  qoldiradi  va  na  odamni  –  uning  uchun  sayyoradagi 

barcha  jonzotlar  barobar.  Oddiygina  viruslar  yo’qolib  ketsa  ham  tabiiy  muvozanat 

buziladi  va  Yerdagi  hayot  barham  topadi.  Shunday  ekan,  bir-birimizga  o’z 

muhimligimizni 

isbotlab, 

ko’z-ko’z 

qilib, 

buning 


ortidan 

odamlar 


bilan 

munosabatimizni  buzib  yashashdan  nima  foyda? 

Tashqi  muhimlik  tuyg’usining  davosi  –  hayot,  undagi  jarayonlar,  yoqimli-

yoqimsiz  vaziyatlar  –  hammasi  bir  xayoliy  o’yin  ekanini  yodda  tutish.  Hayotdagi  hech 

bir  voqea  “ko’proq”  ahamiyatga  ega  emas.  Hayotdagi  jarayonlarga  ta’sir  o’tkazish 

niyatida  aql  ularni  muhimlik  bo’yog’iga  botirib  ko’rsatadi.  Aqlning  bu  qopqoniga 

tushmaslik  uchun  –  uning  o’ylab  topgan  o’yinida  sergak  qatnashish,  u  bergan  g’aflat 

dorisini  ichib  qo’ymaslik  darkor. 

Muhimlik  haqida  gapirsa  –  gap  ko’p.  Bu  borada  sizga  yetarlicha  sirlarni  ochib 

berdim  deb  o’ylayman.  Bu  yog’ini  o’zingiz  uddalaysiz.  Faqat,  ehtiyot  bo’ling  –  siz 

muhimlik  yaxshi  narsaga  olib  kelmasligini  bila  turib,  xatoga  yo’l  qo’ysangiz,  natijada 

muammo  juda  katta  bo’ladi.  Chunki  bilib  qilganning  aybi  bilmay  qilgannikidan 

og’irroq.  Sizga  dunyo  qonuniyatlari  qanday  ishlashi  anglatilgan  bo’lsa-yu,  shunda  ham 

ularni  buzsangiz  –  unda  sizga  beriladigan  jazo  ham  keskinroq  bo’ladi.  Ammo, 

ishonchim  komilki,  bundan  buyon  siz  o’zingiz  muhimlikning  nayrangiga  uchishni 

istamaysiz  va  hayotingizni  unday  illatdan  tozalay  olasiz.  Buning  oqibatida  kundalik 

hayotingizdan  muammolar  arib  ketganini  ko’rib  o’zingiz  ham  hayron  bo’lasiz  hali. 



 

32 

CHORSHANBA 

Kemtiklar 

Komplekslar 

Kompleks  atamasi  amaliy  psixologiyada  juda  tez-tez  qo’llaniladi.  Unga  juda  turli 

xil  ta’riflar  berilgan.  Men  sizga  eng  sodda izohni  berishga  harakat  qilib  ko’raman. 



Kompleks  –  bu  sizning  fe’l-atvoringiz,  xatti-harakatlaringiz,  ichki  tuyg’ularingiz 

yoki  tashqi  ko’rinishingizda  sizni  qoniqtirmaydigan,  tashvishga  soladigan  va  sizni 

cheklaydigan jihatlar. 

Albatta,  bu  mukammal  ta’rif  emas,  ammo  bayon  davomida  siz  kompleks  deganda 

nimani  nazarda  tutilishi  haqida  yetarlciha  aniq  tushunchaga  ega bo’lasiz. 

Barchamiz  qandaydir  kamchiliklarga  egamiz  –  hech  kim  nuqsonlardan  holi  qilib 

yaratilmagan.  Kimdir  jismoniy  kuch  bilan  taqdirlangan  bo’lsa,  kimdir  o’tkir  zehn  bilan 

mukofotlangan.  Aslida,  biz  avvaldan  bir  fazilatga  boy,  boshqasidan  benasib  qilib 

yaratilmaymiz.  Yangi  tug’ilgan  chaqaloqqa  istalgan  fazilatni  rivojlantirish  imkoni 

berilgan  bo’ladi. 

Ammo  ota-ona  tarbiyasi,  atrofdagilar  munosabati  va  bolaning  o’z  xohish-

istaklariga  qarab  unda  ba’zi  xislatlar  kuchliroq  rivojlanib,  boshqalari  e’tiborsiz  qolib 

ketadi. 

Misol  uchun,  farzandini  yoshlikdan  badantarbiya  va  sportga  qiziqtirib  katta  qilgan 

ota-ona  farzandida  intellektual  qobiliyatlar  o’sishi  haqida  unchalik  qayg’urmaydi.  Va 

aksincha,  farzandini  bilim  olishga  yo’naltirgan  ota-ona  undan  jismoniy  faollikni  talab 

qilmaydi. 

Ammo  yuqoridagilar  jismoniy  va  aqliy  qobiliyatlarning  rivojlanishiga  misollar, 

xolos.  Psixologik  komplekslar  ildizi  ancha  chuqur  ketadi  va  ular  uzoq  muddat  davomida 

shakllanib  boradi.  Psixologik  komplekslar  haqida  tasavvur  hosil  qilishingiz  uchun  sizga 

bir  qator  misollar  keltirib  o’tay:  tortinchoqlik,  uyatchanlik,  mahmadonalik,  kamgaplik, 

qitmirlik, 

manmanlik, 

ortiqcha 

kamtarlik, 

jahldorlik, 

maqtanchoqlik, 

surbetlik, 

qaysarlik,  injiqlik,  talabchanlik,  terslik,  qo’pollik,  laganbardorlik,  ta’magirlik,  doimiy 

tushkunlik  holati,  aybdorlik  tuyg’usi,  mukammallikka  intilish  odati  va  hokazo. 

Komplekslar  odamda  tashqi  ta’sirlar  yoki  ichki  ishonchsizlik  sababli  hosil  bo’ladi. 

Ularning  kelib  chiqishi  juda  sekin  va  sezilarsiz  kechadi  –  shunga  monand  ulardan 

qutulish  ham  uzoq  vaqt  talab  etadi.  Shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  ta’sirida  odam  o’z 

bahosini  oshirib  yuborsa,  komplekslar  –  odam  o’ziga  past  baho  berishi  natijasida  paydo 

bo’ladi.  Bu  jihatdan  komplekslar  –  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usining  manfiy  ko’rinishi 

deyish  mumkin. 

Barchamiz  yaxshi  biladigan  termometrni  tasavvur  qiling.  Uning  o’rtasida  “0” 

belgisi  bor.  U  o’ziga  xos  muvozanat  nuqtasi  –  bunda  suv  suyuqlik  va  muz  holati 

o’rtasida  bo’ladi.  Harorat  ko’rsatkichi  noldan  yuqori  ko’tarilsa  ham,  manfiy  tomonga 

tushib  ketsa ham  – bu muvozanatdan  og’ish  degani. 

Odam  shaxsiyatida  ham  xuddi  shunday  o’lchagich  bor.  Agar  odam  o’z  muhimlik 

darajasini  noldan  yuqori  ko’tarib  yuborsa,  ya’ni  odam  o’ziga  ortiqcha  baho  berib 

yuborsa  –  bu  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usiga  olib  keladi.  Bordi-yu  kishi  o’z  qadrini  o’ta 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə