Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

 

70 

O’ziga  mehr  ko’rsatishning  belgilari  juda  oddiy.  Agar  odam  ovqat  tanovul 

qilayotganda  hech  narsaga  chalg’imasa,  o’zini  va  yashash  joyini  ozoda  tutsa,  o’z 

vaqtida  ishlash  va  dam  olishni  bilsa  –  u  o’zini  yaxshi  ko’ra  oladi.  Ichki  kechinmalarda 

ham  bunday  odam  o’zida  ortiqcha  aybdorlik  tuyg’usini  tutib  turmaydigan,  o’zi  va 

boshqalar  xatosini  oson kechiradigan,  o’z hayotidan  mamnun  yashaydigan  bo’ladi. 

Siz 

o’z  sog’lig’ingiz,  yashash  muhitingiz,  xatti-harakatlaringiz  va  hatto 



kamchiliklaringizni  ham  yaxshi  ko’ring.  Tanangiz  unga  ko’rsatilgan  bu  mehrdan  doim 

tetik  va  ko’rkam  yuradi.  Yashash  muhitingizdagi  odamlar,  o’simliklar  va  hatto  jonsiz 

predmetlar  ham  mehringiz  ta’sirini  sezadi  va  shunga  monand  o’zgaradi.  Mehr  kuchi 

bilan  sog’lig’ingiz  mustahkam,  chehrangiz  ochiq,  uyingiz  fayzli  va  hayotingiz  yorqin 

bo’ladi. 

Hech  e’tibor  berganmisiz  –  chaqaloq  bor  xonadon  boshqacha  fayzli  bo’ladi. 

Chunki  bu  uyda  barcha  yangi  mehmonga  shartsiz  mehr  ko’rsatayotgan  bo’ladi  – 

ularning  bu  mehridan  uy  muhiti  to’yingan  va  tashqaridan  kelgan  odamni  sarhush 

qiladigan  bo’ladi. 

Ammo  keyinchalik  bola  katta  bo’ladi,  uning  yoqimli  qiliqlari  qatori  xarxashasi 

ham  chiqadi.  Tarbiya  va’ji  bilan  asta  sekin  atrofdagilarning  bolaga  bo’lgan  shartsiz 

mehri  tobelik  munosabatiga  aylanadi  va  oiladagi  avvalgi  fayz  biroz  yo’qoladi.  Katta 

odamlar  esa  bir-birlariga  mudom  tobelik  orqali  munosabatda  bo’ladilar.  Ular  bolalikda 

olgan  shartsiz  mehrlarini  birovga  berishni  unutib  qo’yadilar.  Bunda  mehr  qancha 

tobelikka  alishtirilsa,  fayz  ham  shuncha  kam bo’ladi. 

Inson  hayotini  yashab  o’tib,  bu  dunyoni  tark  etganda  –  tag’in  unga  nisbatan 

shartsiz  mehr  ko’rsatiladi.  Uni  hamma  kechiradi,  undan  hamma  rozi  bo’ladi  –  evaziga 

hech  narsa  kutmay  uni  yaxshi  xotiralar  bilan  eslashadi.  Ana  shuning  uchun  qabriston 

ham  –  eng  fayzli  maskanlardan  biri.  Bu  yerga  kelgan  odamlar  marhum  yaqinlariga 

shartsiz  mehr  tashlab  ketishadi  –  ana  shu  mehrning  kuchi  bilan  qabriston  doim  sokin 

bo’ladi.  Ko’nglida  dardi  bor  odam  qabristonda  o’zini  yengil  his  etishi  va  ko’ngliga 

xotirjamlikni  qaytarishi  mumkin. 

Atrof  dunyoga  mehribon  bo’lish  –  katta  mehnat  talab  etadigan  yumush  emas.  Bu 

umuman  yumush  emas.  Aslida,  qalbimiz  doim  mehr  ulashishga  intilib  yashaydi  –  faqat 

aqlimiz  bunda  unga  to’sqinlik  qiladi,  xolos.  Eski  ginalarni  eslatib,  kibrga  berilib,  sizni 

muhimlikka  tortib  u ko’ngil  xohishiga  bo’ysunmaslikka  sizni  ko’ndiradi. 

Siz  qalbingiz  so’ziga  ergashing  –  hech  kim  va  hech  narsadan  mehringizni 

ayamang.  Sizdan  taralib  turgan  mehr  yog’dusini  dunyo  sizga  yuz  chandon  qilib 

qaytaradi.  Oddiygina  mehr  bilan  hayotingiz  qanchalik  o’zgarganini  ko’rib,  o’zingiz  ham 

hayron  bo’lasiz.  Axir,  sizdan  nima  ketibdi  – buni,  shunchaki,  qilib  ko’ring. 

 

Shaxsiy kuch 

Biz  necha  kundan  beri  kuchli  shaxsiyat  egasi  bo’lish  sirlari  haqida 

suhbatlashyapmiz.  Xo’sh,  shaxsiyatimiz  kuchi  nimada?  Shaxsiyat  kuchli  bo’lishi  uchun 

unga  qanday  qudrat  kerak? 

Esingizda  bo’lsa,  sizga  hayotiy  quvvat  haqida  aytgandim.  U  bizga  berilgan  ilohiy 

energiya  deb ta’riflangandi.  Biz  uni  turli  xil  maqsadlarda  sarflaymiz. 




 

71 

Ana  shu  hayotiy  quvvatni  mehrga  aylangan  ko’rinishi  –  shaxsiy  kuch.  Mehrga 

aylantirilgan  hayotiy  quvvat  shaxsiyatingiz  atrofida  o’ziga  xos  maydon  hosil  qiladi. 

Hayotiy  quvvat  darajangiz  qancha  yuqori  bo’lsa  va  siz  uni  qanchalik  mehrga  aylantira 

olsangiz  – shaxsiy  kuchingiz  shuncha  katta demak. 

Shaxsiy  kuch  tushunchasi  ko’pchiligimiz  uchun  yangi  –  uni  darhol  anglab  olish 

bir  oz qiyin.  Ammo  u bilan  barchamiz  tanishmiz,  aslida. 

Shunday  odamlarni  uchratasizki,  ular  sizda  sababsiz  hurmat,  havas  kabi  ijobiy 

hislarni  uyg’otadi.  Ular  bilan  gaplashish  ham  shart  emas  –  shunchaki,  ularning  yonida 

o’zingizni  xotirjam  his  qilasiz.  Ular  bilan  suhbatlashish,  ularga  hamrohlik  qilishga 

o’zingiz  sezmagan  holda  intilasiz.  Bu – shaxsiy  kuchi  ko’p odamlar. 

Odamlar  ba’zida  kimningdir  oldida  o’zlarini  yo’qotib  qo’yadilar  –  buni  “sir 

bosdi”  deb  ham  aytishadi.  Odamning  o’y-fikrlari  va  tuyg’ulariga  ta’sir  qilayotgan  ana 

shu  “sir”  – shaxsiy  kuch. 

Shaxsiy  kuchingiz  tufayli  odamlar  siz  aytgan  gapga  oson  ko’nadigan,  sizning 

fikringizni 

tez 

tushunadigan, 



sizdan 

kamdan-kam 

xafa 

bo’ladigan, 



sizning 

hamrohligingizga  talpinadigan  bo’ladilar.  To’g’ri,  bu  gaplarim  qanaqadir  safsatadek 

tuyulishi  mumkin.  Ammo  o’zingiz  atrofingizdagi  odamlarni  kuzating  –  kim  o’z  shaxsiy 

kuchi  bilan  odamlarni  o’ziga  tortyapti-yu,  kim  ularga  ergashyapti  – tezda  ajratib  olasiz. 

Odamlarga  to’la  xonani  tasavvur  qiling.  Aytaylik,  restorandasiz.  Zaldagi  hamma 

yonidagi  hamrohi  bilan  suhbat-u,  oldidagi  taom  bilan  band.  Eshikdan  kimlardir  kiryapti, 

kimlardir,  aksincha,  chiqyapti.  Zalda  o’tirganlar  xonaga  endi  kirgan  hamma  odamga 

ham  qarashavermaydi.  Ammo  eshikdan  kuchli  shaxsiyat  egasi  kirsa  –  juda  ko’pchilik 

beixtiyor  unga  bir  qarab  qo’yadi.  Agar  eshikdan  kirgan  yangi  mehmonning  shaxsiy 

kuchi  o’ta  yuqori  bo’lsa  –  zaldagilar  hatto  ovqatlanishdan  ham  to’xtab,  unga  tikilib 

qolishi  mumkin. 

Ishonmaysizmi? 

Keyingi 

gal 


odamlar 

gavjum 


joyda 

o’tirganingizda, 

atrofingizdagilar  xatti-harakatlarini  kuzatib  ko’ring  –  juda  ko’p  qiziq  narsalarni  bilib 

olasiz. 


Hammamiz  kuchli  shaxsiyat  egalariga  o’zimiz  bilmagan  holda  intilishimizga  bir 

oddiy  sabab  bor.  Avval  aytganimdek,  bizning  organizmimiz  har  doim  sog’ligimiz  uchun 

eng  ma’qul  qarorolarni  qabul  qiladi.  Odamning  shaxsiy  kuchi  boshqa  odamlarning 

hayotiy  energiyasini  oshirib  berish  xususiyatiga  ega  (bu  ajablanarli  hol  emas  –  axir, 

shaxsiy  kuch  mehrdan  hosil  bo’ladi,  boshqa  odamga  mehr  ko’rsatish  esa  uning  hayotiy 

quvvatini  oshiradi).  Atrofimizda  kuchli  shaxsiyat  paydo  bo’lishi  bilan,  tanamiz  unga 

bizning  e’tiborimizni  qaratmoqchi  bo’ladi  –  chunki  u  ehtimolda  bizning  hayotiy  quvvat 

zahiramizni  to’ldirishga  qodir. 

Shaxsiyati  kuchli  odam  atrofdagilarga  mehr  taratadi  deganim  -  u  hammaning 

ko’nglini  olib  yuradi  degani  emas.  Kuchli  shaxsiyat,  shunchaki,  atrofidagi  har  kim  va 

har  narsaga  mehr  bilan  qaraydi,  atrofiga  mehrga  to’yingan  shaxsiy  kuchidan  yog’du 

taratib  turadi.  Qolganlar  ana shu  yog’duga  o’zlari  bilmagan  holda  talpinadilar. 

Agar  odamning  shaxsiy  kuchi  yetarlicha  yuqori  bo’lsa,  uning  boshqa  odamlar  va 

dunyo  bilan  kelishmovchiliklari  bo’lmaydi,  u  hech  qachon  qiyin  vaziyatga  tushib 




 

72 

qolmaydi  –  shunday  bo’lsa  ham,  shaxsiy  kuchi  uni  bu  vaziyatdan  shikastsiz  olib  chiqib 

ketadi. 

Bu  bilan  kuchli  shaxsiyat  o’zgalarni  boshqarish  qobiliyatiga  ega  bo’ladi  demoqchi 

emasman.  U,  shunchaki,  dunyo  qonunlari  va  odamlar  ahdiga  qarshi  bormaslikka  harakat 

qilib  yashaydi  –  shunga  monand  hamma  hech  narsa  uning  ahdlariga  ham  qarshilik 

qilmaydi.  Kuchli  shaxsiyat  egasida  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  bo’lmaydi  –  shaxsiy 

muhimlik  tuyg’usi  kishi  hayotiy  quvvatini  isrof  qiladigan  odat.  Undan  qutulmay  turib, 

kuchli  shaxsiyat  egasi  bo’lish  imkonsiz. 

Hayotda  kuchlilar  qatori  kuchsiz  shaxsiyat  egalarini  ham  uchratamiz.  Bunday 

odamlar  hamrohligida  biz  o’zimizni  o’ta  bezovta  his  etamiz.  Chunki  tanamiz  bunday 

odam  ehtimoldan  bizdan  hayotiy  energiya  olishi  mumkinligini  biladi  va  undan  tezroq 

uzoqlashishga  harakat  qiladi.  Albatta,  siz  bunday  odamlarga  yordam  berishni  istashingiz 

mumkin.  Ammo  buni,  shunchaki,  hayotiy  energiya  berish  bilan  emas  –  ularga  o’z 

shaxsiyatlarini  kuchaytirishga  ko’maklashib  qilgan  ma’qul.  Ana  shunda  o’zingizga 

zarar  yetkazmay,  boshqa  odamga  yaxshilik  qilgan  bo’lasiz. 

Men  sizga  bir  sir  ochaman  –  u  siz  avval  eshitgan  haqiqatlarga  mos  kelmaydi: 

hayotda  bezarar  yaxshilik  juda  kam  bo’ladi.  Hayron  bo’lmang.  Siz  qilgan  juda  ko’p 

yaxshi 


ishlar 

aslida 


kimningdir 

manfaatiga 

zid.  Ko’p  yaxshiliklarni  biz  o’z 

manfaatimizga  qarshi  qilamiz.  Ko’chadagi  nochorga  yaxshilik  qilgingiz  kelib,  pul  berib 

ketasiz.  Ammo  siz  bu  pulni  mehnat  qilib  topgansiz  –  uni  o’zingiz  uchun  ishlatishingiz 

yoki  bolangizga  bir dona  daftar  olib  berishingiz  mumkin  edi. 

Men  bu  bilan  aslo  bunday  ishlarni  qilmang  demoqchi  emasman.  Ammo  buni 

rostdan 


ham  ko’nglingiz  istasagina  qilgan  ma’qul.  Axir,  hadisda  ham  “O’z 

qaramog’ingizdagi  yaqinlaringiz  rizqidan  ortganini  sadaqa qiling”  deb bejiz  aytilmagan. 

Hech  kimning  manfaatini  buzmasdan  yaxshilik  qilganga  nima  yetsin.  Buning 

uchun  esa  shaxsiy  kuchingiz  darajasi  yuqori  bo’lishi  va  siz  uni  odamlarga  yordam 

berishga  yo’naltira  olishingiz  darkor.  Yana  bir  sirni  unutmangki,  siz  shaxsiy  kuchingiz 

yordamida  atrofdagilarga  qancha  ko’p  beg’araz  yaxshilik  qila  olsangiz  –  bundan 

shaxsiy kuchingiz  shuncha  ortib  boraveradi

Endi  bir  soat  mutolaadan  chalg’ib,  dam  oling.  Bu  muddatda  hayotingizda 

uchratgan  kuchli  shaxsiyat  egalarini  eslasangiz  ham  mayli.  Ularni  eslash  ham  hayotiy 

quvvatingizni  oshiradi. 

 

Ahd kuchi 

Odamzod  har  doim  nimagadir  intilib  yashash  ilinji  bilan  yaratilgan.  Biz  mudom 

nimalarnidir  orzu  qilamiz,  nimalarnidir  ko’zlab,  ularga  erishish  uchun  harakat  qilamiz. 

Istaklarimizni  biz  ularga  beradigan  ahamiyatga  qarab tasniflasa  bo’ladi. 

Eng  kuchsiz  va  havoyi  istak  –  bu  orzu.  U  shunchalar  yengilki,  u  bizda  faqat 

yoqimli  hislar  uyg’otadi  –  axir,  hammamiz  orzularga  berilishni  juda  yoqtiramiz.  Bizni 

bu  orzular  ushalmay  qolishi  mumkinligi  yoki  buning  umuman  iloji  bor-yo’qligi 

tashvishga  solmaydi.  Biz  shunchaki  orzu  qilaveramiz.  Biz  avval  boshdan  bu  narsa  real 

hayotda  amalga  oshishi  imkonsiz  yoki  juda  qiyin  ekaniga  ko’namiz  –  shu  bois  ham 

orzularga  hadiksiz  o’zimizni  topshiraveramiz. 




 

73 

Umid  –  orzudan  ko’ra  bir  oz  vazminroq.  Endi  biz  istagan  narsamiz  hayotda  ro’y 

berishi  mumkinligi  ehtimolini  yuqoriroq  qo’yamiz.  Biz  bunda  bir  narsani  kutamiz  – 

bunda  endi  istak  beg’am  orzu  qilish  emas,  unga  his  tuyg’ular  ham  aralashadi.  Shu  yerda 

istak  amalga  oshmay  qolish  hadigi  ham  paydo  bo’ladi.  Umidlaringiz  oqlanmay 

qolganda  xafa  bo’lganingizni  eslang  –  men  nimani  nazarda  tutayotgan  ekanimni  darhol 

anglab  olasiz. 

Intilish  yoki  kuchli  xohish-istak  –  yanada  yuqoriroq  va  moddiyroq.  Bunda  siz  endi 

bir  narsani  juda  xohlaysiz  va  bu  istagingizni  o’z  tuyg’ularingiz  bilan  to’yintirasiz.  Siz 

xayolan  bu  istagingizga  erishish  yo’llarini  qidirasiz,  rejalar  tuzasiz,  taxminlar  qilasiz  – 

xullas,  katta mental-emotsional  ish  olib  borasiz. 

Istakning  bu  uch  ko’rinishi  juda  ko’p  jihatlarda  bir-biridan  farq  qiladi.  Ammo  eng 

asosiy  farq  –  bu  istaklarga  hamroh  bo’lgan  ishonch  darajasi  va  amaliy  sa’y-

harakatdadir.  Orzu  qilganda  siz  u  ro’yobga  chiqishiga  ishonmaysiz  yoki  ishonch  juda 

kuchsiz  bo’ladi.  Shu  bois  ham  orzuga  erishishga  amaliy  intilish  bo’lmaydi.  Umid  bor 

joyda  esa  ishonch  endi  kuchliroq  va  siz  bunda  istakka  erishish  uchun  qandaydir 

tadbirlarni  qo’llashga  urinasiz.  Kuchli  istakda  esa  siz  istagan  narsangizga  erishish 

mumkinligiga  astoydil  ishonasiz  va urinishlaringiz  ham  shunga  yarasha  bo’ladi. 

Ammo,  afsuski,  biz  qanchalik  kuchli  ishonmaylik  eng  katta  istaklarimiz  ro’yobga 

chiqmay  qolishi  mumkin.  Bilasizmi,  bunda  gap  nimada?  Istakka  erishishda,  albatta, 

ishonchning  roli  bor.  Ammo  biz  ko’pincha  istakka  yetishtiruvchi  narsa  bu  kuchli 

ishonchning  o’zi  deb  xato  qilamiz.  O’sha  kuchli  ishonchga  aniq  va  dadil  xatti-harakatlar 

ergashib  kelsagina  istagingiz  so’zsiz  amalga  oshishi  mumkin. 

Daraxt  tagida  o’tirib  siz  uning  eng  g’arq  pishgan  mevasi  shoxdan  uzilib  to’g’ri 

qo’lingizga  kelib  tushishiga  qirq  yil  kuchli  ishonmang  –  bu  narsa  amalga  oshishi  qiyin. 

Siz  o’sha  meva  sizga  nasib  etishiga  ishoning  va  daraxtni  silkiting  –  shunda  rostdan  ham 

eng  pishgan  meva  oldingizga  tushadi. 

Ammo  odamlar  ixtiyorida  bir  qurol  borki,  u  ishga  tushsa  istak  amalga  oshmay 

qolmaydi.  Bunda  istakka  erishishga  bo’lgan  ishonch  shubhalardan  tozalanib  bilimga 

aylanadi.  Agar  siz  biror  nimaga  shubhalarsiz  ishonsangiz  –  buni  bilasiz  demak.  Axir, 

osmonga  otgan  koptogingiz  yerga  qaytib  tushishini  bilasiz  –  bunga  ishonishingiz  shart 

emas.  Ertalab  do’konga  chiqib  non  olib  kelishni  orzu  qilsangiz,  bunga  umid  qilsangiz 

yoki  buni  kuchli  istasangiz  juda  kulgili  holat  bo’lardi,  shunday  emasmi?  Bu  istak  shu 

darajada oddiyki,  siz  bunda  hammasi  siz  o’ylagandek  bo’lishini  bilasiz. 

Shubhasiz  bilimga  asoslangan  istak  –  ahddir.  Ahd  qilingan  narsa  har  doim  amalga 

oshadi.  Biz  qilayotgan  hamma  niyatlar  ham  ahd  toifasiga  kirmaydi.  Buni  anglab  yetish 

uchun  ahdning  qanday  shakllanishini  ko’rib  chiqaylik. 

Bizning  ichimizda  hayotimizni  boshqarish  uchun  tuzilgan  parlament  bor.  Bu 

albatta  —  qalb.  U  nimanidir  istab  orzu  qiladi  ya’ni  yangi  qonun  loyihasini  muhokamaga 

qo’yadi.  Bu  loyiha  aql  bilan  birga  muhokama  qilinadi.  Agar  aql  buning  iloji  borligini 

tan  olsa  va  rozilik  bersa  –  loyiha  qonun  sifatida  qabul  qilinadi.  Ya’ni  odam  biror  ishni 

qilishga  ahd qiladi. 

Ammo  bu  jarayonning  eng  qiyin  tomoni  –  aqlni  ko’ndirish.  U  aniq  isbotlar 

keltirilmaguncha  aytilgan  ish  qilsa  bo’ladigan  yumush  ekanini  tan  olmaydi.  Juda  ko’p 




 

74 

niyatlarimiz 

hali 

ahd 


bo’lib 

ulgurmay, 

loyihaligidayoq 

aqlimiz 


tomonidan 

muhokamadan  olib  tashlanadi  va  orzuligicha  qolib  ketadi.  Armonlar  –  sizga  orzularga 

erishish  nasib  qilmaganidan  emas,  bunga  o’zingiz  imkon  bermaganingizdan  paydo 

bo’ladi. 

Agar  orzuning  omadi  chopib,  qonun  deb  qabul  qilinsa  va  ahdga  aylansa,  ijro 

etuvchi  hokimiyat  bo’lgan  aql  uni  darhol  tadbiq  qila  boshlaydi.  Lekin  shunda  ham  u 

ba’zida  chalg’ib  qoladi.  Chunki  ish  jarayonida  unda  yangi  gumonlar  paydo  bo’ladi,  u 

ahdga  (ya’ni  qonunga)  o’zgartirishlar  kiritishga  harakat  qiladi.  Bu  ahd  kuchini  kesadi  va 

odam  niyatidan  chalg’ib  ketadi. 

Buning  oldini  olish  uchun,  qonun  chiqarish  hokimiyatini  qalbga  berib  –  ijro 

etishni  aqlga  tashlash  kerak.  Ijroning  aytilgan  ahd  bo’yicha  borishini  nazorat  qilish  ham 

lozim.  Agar  ahdingizga  shubhalarni  yaqin  keltirmasangiz  –  u  siz  ilojsiz  deb  o’ylagan 

narsalarni  ham  ro’yobga  chiqarishga  qodir.  Chunki  ahdning  bir  siri  bor:  ahd  qonun 

qilib  o’rnatilganda  dunyo  ham  bu  ahdni  qabul  qiladi  va  unga  erishishingiz  uchun 

sharoit  yarata  boshlaydi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  niyatingiz  ahdga  aylanishi  bilan 

unga  farishtalar  omin  deydi. 

Agar  daraxt  tagida  o’tirib,  eng  pishgan  meva  shoxdan  uzilib,  to’g’ri  sizning 

qo’lingizga  kelib  tushishiga  bo’lgan  ishonchingizni  shubhalardan  tozalab,  uni  sof  bilim 

darajasiga  keltirib,  bu  niyatni  ahdga  aylantirish  qo’lingizdan  kelsa  –  shamol  aynan  eng 

pishgan  mevani  shoxdan  uzadi,  yer  tortish  kuchi  uni  pastga  uloqtoradi,  u  yo’lda  boshqa 

shoxga  urilib  yo’nalishini  shunday  o’zgartiradiki,  aynan  sizning  qo’lingizga  kelib 

tushadi.  Nima  –  bunga  ishonish  qiyinmi?  Ishonmaysizmi?  Unda  bu  kabi  mo’jiza  siz 

uchun  daxlsiz  bo’lib  qolaveradi.  Axir,  bir  narsaga  mutlaqo  ishonmasa  –  bu  narsa  sizning 

hayotingizda  mavjud  bo’lmaydi. 

Bu  kabi  mo’jizaga  ishonish  uchun  odam  ochiq  fikrli  bo’lishi  lozim.  “Men  hamma 

narsani  bilaman  va  hayotda  nima  bo’lishi  mumkin-u,  nima  imkonsiz  ekanini  farqlashga 

aqlim  yetadi”  deguvchilar  o’z  hayotlari  hududini  hozirgi  tushuncha  va  tamoyillari  bilan 

cheklab  olishgan.  Bunday  odam  xuddi  men  avval  sizga  ertakda  ta’riflagan,  dunyodan 

o’zini  baland  devorlar  bilan  o’rab  olgan  shaharga  o’xshaydi  –  bu  shaharning  hech  kim 

bilan  oldi-berdisi  yo’q.  Ammo  agar  siz  o’z  shahringiz  darvozalarini  ochib  qo’ysangiz  – 

hayotingizga  mo’jiza  kirib  keladi  va  siz  juda  ko’p  narsalarga  ishongan  odamdan  ko’p 

narsalarni  bilgan  odamga,  mo’jizani  orzu  qilgan  odamdan  mo’jizani  odat  qilgan  odamga 

aylanasiz. 

Avvalgi  bobda  ta’riflaganim  shaxsiy  kuchingiz  qancha  ko’p  bo’lsa,  niyatlaringizni 

ahdga  aylantirishingiz,  bu  jarayondagi  shubhalarni  yengib  o’tishingiz  shuncha  oson 

bo’ladi.   

 



 

75 

YAKSHANBA 

Baxt 

Mana,  kitob  so’ngiga  ham  yetib  keldik.  Bugungi  suhbatimiz  barchamiz  uchun 

kerak,  ammo  hammaga  ham  nasib  etmagan  ne’mat  –  baxt  nima  ekanligi  haqida.  Ammo 

u  juda  qisqa  bo’ladi.  Men  sizga  butun  kitob  davomida  baxt  nimaligini  anglashingizga 

ko’maklashib,  ko’plab  sirlarni  ochdim.  Agar  “Mening  baxtim  nima?”  degan  savolingiz 

hali  ham  javobsiz  qolgan  bo’lsa  –  mayli,  unga  javob  topish  uchun  oxirgi  sirni  ochaman: 



kitobni  qaytadan  o’qib  chiqing

Siz  bilan  biz  o’zlik  sari  ilk  yetti  qadamni  tashladik.  Bu  uzoq  yo’lning  atigi 

boshlanishi,  xolos.  Oldinda  sizni  yanada  qiziqarliroq  subatlar,  yana  ham  hayratlanarli 

sirlar  kutmoqda.  Har  holda,  men  o’z  baxtimni  to’g’ri  topgan  bo’lsam  –  demak,  siz  bilan 

hali  ko’p  suhbatlashamiz.  Ha-ha  –  mening  baxtim  siz  bilan  dildan  suhbatlashish.  O’zga 

odamning  qalbiga  oshno  bo’lishdan  ortiq  baxt  yo’q men  uchun. 



Rahmat  sizga. 


 

76 

Muallif haqida 

Ismi-sharifim – Javlon Juraev 

Ijoddagi taxallusim - Dilpora 

Mutaxassisligim – iqtisodchi 

Qiziqishlarim – falsafa, amaliy psixologiya, jamiyatshunoslik, 

axborot texnologiyalari, adabiyot, tillar, musiqa, tasviriy san’at 

Internet sahifam – 

www.juraev.uz

 

Email manzilim – 

dilpora@gmail.com

 

Agar kitob sizning shaxsiy o’sishingizga oz bo’lsada hissa 

qo’shgan bo’lsa – uni ma’qul topgan odamlaringizga tavsiya 

eting.  Bu  kabi  bilimlar  har kimga daxldor va ulardan foyda 

topishga har kim haqli. Ishoning – atrofimizda kuchli shaxslar 

qancha ko’p bo’lsa, hayotimiz shuncha yorqin bo’ladi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə