Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

 

65 

Ishqiy  munosabatlarda  aqlning  gapiga  aldanib  qolish  holati  juda  achinarli.  Ba’zida 

biz  aql  va’dalariga  ishonib,  ko’nglimiz  istamagan  odam  bilan  munosabatga  kirishamiz. 

Bunday  munosabat  o’ta qiynoqli  va  qisqa umrli  bo’ladi. 

Yakuni  tayin  bo’lgan  munosabatlarni  to’xtatish  –  juda  nozik  masala.  Bunda 

boshqa  odamning  ko’ngliga  zarar  yetkazib  qo’ymaslik  juda  muhim.  Sizga  o’z  qalbini 

to’liq  ishongan  odamga  kamida  yaxshi  do’st  bo’lsangiz  arziydi.  Chunki  sizga  ko’nglini 

bergan  odam  sizdan  yomonlik  kutmaydi  va  sizga  ham  faqat  yaxshilikni  ravo  ko’radi. 

Bunday  do’stlar  juda  kam  bo’ladi.  Agar  u  odam  siz  bilan  faqat  aqliga  ergashib 

munosabatda  bo’layotgan  bo’lsa  –  u  bilan  xayrlashib,  siz  uning  qalbiga  sira  ozor 

yetkazmayiz. 

Umuman  olganda,  ishqiy  munosabatlar  –  qoidalarga  solinadigan,  maslahat 

beriladigan,  ibrat  aytiladigan  sohamas.  Bundagi  har  bir  qaror  odamning  o’z  qalbidan 

chiqishi  va boshqa hech  narsaga  asoslanmasligi  lozim. 

Siz  –  o’ziga  xos  shaxssiz,  sevgingiz  ham  shunga  yarasha  o’ziga  xos.  Shunday 

ekan,  ko’nglingiz  aytgan  yo’lda  seving  va  seviling  –  bunda  sizga  hech  bir  kitob  ham, 

maslahatgo’y  ham  kerak emas. 

 

Do’stlik – hamko’stlik 



“Do’sting do’st bo’lmasa agar 

Undan ne foyda bo’lar...” 

(To’ti Kesha haqidagi multfilmdan) 



 

Do’stlik  –  bizning  munosabatlarimiz  markazida  turuvchi  yana  bir  tuyg’u.  Uning 

juda  ko’p turlari  mavjud  – shundan  unga  mukammal  ta’rif  berib bo’lmaydi. 

Do’stlikda  ham  bir  odam  boshqa  odamga  to’liq  qalbini  ishonib  topshiradi.  Ammo 

uning  sevgidan  farqi  shundaki,  unda  boshqa  odamga  jismonan  bog’liqlik  bo’lmaydi. 

Shunga  monand  do’stlikda  tobelik  munosabatiga  intilish  kam  bo’ladi.  Axir,  kamdan-

kam  odam o’z  do’stini  boshqalardan  rashk  qiladi. 

Tobelik  munosabatiga  moyilligi  kam  bo’lgani  uchun  ham  do’stlik  sevgidan 

qadrliroq  ko’pincha.  Do’stlik  munosabatlari  ishqiy  aloqalardan  uzoqroq  yashaydi. 

Buning  eng  asosiy  sababi  do’stlikda  egalik  da’vosi  bo’lmasligidir.  Biz  do’stlarimiz 

boshqa  odamlar  bilan  ham  do’stlashganini  oddiy  qabul  qilamiz  va  aynan  shu  odamning 

do’stligiga  yolg’iz  egalik  qilishga  intilmaymiz.  Agar  do’stlardan  biri  bu  holatni  buzsa  va 

do’stini  qizg’ona  boshlasa  – bu do’stlikning  barham  topishiga  olib  kelishi  mumkin. 

Do’stlar  odatda  sizning  kamchiliklaringizni  kechira  oladilar  –  chin  do’st  sizni 

qanday  bo’lsangiz,  shundayligingizcha  qabul  qiladi  va  hurmat  ko’rsatadi.  To’g’ri  – 

do’st  achitib  gapiradi  deydilar.  Ammo  biror  odam  sizning  kamchiliklaringiz  uchun 

tanqid  qilayotgan  bo’lsa,  u  sizga  do’stlik  qilmayapti  demak.  U  sizda  nuqsonlilik 

kompleksini  shakllantiryapti,  xolos. 

Unutmang,  siz  do’stingizning  kamchiligu  fazilatlariga  emas  –  uning  shaxsiyati, 

qalbiga  do’stsiz.  Zinhor  do’stingizni  nuqsonlari  uchun  aybdor qilmang. 

Bir  sir  esingizda  bo’lsin:  aqlingiz  tabiati  siznikiga  o’xshash,  sizniki  kabi 

fazilatu  nuqsonlarga  ega  odam  bilangina  do’stlashishingizga  imkon  beradi.  Arastu 

“Menga  do’sting  kimligini  aytsang,  sen  kimligingni  aytib  beraman”  degan  ekan. 




 

66 

Shunday  ekan,  siz  do’stingiz  bilan  o’xshash  kemtiklarga  egasiz  –  uni  tanqid  qilish 

o’zingizni  tanqid  qilish  bilan  barobar. 

Do’stlik  –  hayotingiz  ravon  kechishiga  xizmat  qilishi  mumkin  bo’lgan  buyuk 

tuyg’u.  Uni  tobelik  munosabati  bilan  bulg’ab  qo’yishdan  ehtiyot  bo’ling.  Ortiqcha 

muhimlikka  berilish  – bizni  juda  qadrli  do’stlarimizdan  ayirib  qo’yishi  mumkin. 

Ammo  sizga  qalban  do’st  bo’lmagan  odamga  hayotiy  energiyangizni  bog’lab 

qo’ymang.  Agar  kimdir  sizning  aqlingiz,  kuchingiz,  obro’yingiz,  pulingiz  va  yana 

nimangizgadir  do’st  bo’lsa-yu,  ko’nglingizga  yaqin  bo’lmasa  –  unga  nisbatan  siz  ham 

masofa  saqlashingiz  lozim.  Unutmang  –  odamlar  hech  qachon  aldanmaydilar,  balki 

o’zlari  ularni  aldashlariga  imkon  berishadi. 

Shartsiz  mehr  sizga  shunchaki  do’st  bo’lgan  odamni  ham  chin  do’stga  aylantirib 

berishi  mumkin.  Shunday  ekan,  o’zingizga  do’st  bilganlarni  qalban  hurmat  qiling  – 

ularning  mukammal  shaxsiyatigagina  do’st  bo’ling.  Ana  shunda  o’zingiz  ham  haqiqiy 

do’st bo’lasiz.   

 



 

67 

SHANBA 

Bunyodkor kuch 

Hayot – in’om, o’lim – marhamat 

Men  juda  ko’p  odamdan  quyidagicha  gaplarni  eshitganman:  “Hayotda  maqsadim 

yo’q.  Nima  uchun  yashayotganimni  bilmayman”,  “Hayotim  zerikarli,  bir  oqimda 

boradi.  Nahot,  umrimning  oxirigacha  shunday  bo’lsa?”,  “Hech  narsaga  qiziqmayman, 

hamma  narsa  g’ashimga  tegadi”,  “O’zimni  o’zim  tushuna  olmayman.  Ba’zida  ichimda 

boshqa odam  bordek tuyuladi”,  “...” 

Bunday  odamlardan  “Siz  uchun  hayot  nima?”  deb  so’raganimda,  juda  aksariyat 

“Hayot  men  uchun  sinov”  deb javob beradi. 

Esiz... 

Hayotni  nima  uchun  sinov  deb  bilamiz?  Uning  qiyinchiliklari  debmi?  Yoki 

rostdan  ham  barchamiz  sinovdan  o’tyapmizmikan?  Ammo  qanaqa  sinovdan?  Bizni 

sinash  kimga  kerak? 

Yaratgangami? 

Bu  unga  nimaga  kerak?  U  shundoq  ham  biz  kim  ekanimizni  biladi-ku  –  o’zi  bizga 

yutuq 

va 


kamchiliklarni 

berib 


yaratgan. 

Bor-budimizcha 

qadrimiz, 

vaznimiz, 

ahamiyatimiz  nimaga  teng  ekanini  u hammadan  yaxshi  biladi-ku. 

Tasavvur  qiling,  men  muallimman.  Bir  yil  talabalarga  dars  berib,  yil  oxirida 

ularning  bilimini  sinab  ko’rmoqchiman.  Chunki  men  ular  berilgan  bilimlarni  qanchalik 

o’zlashtirganini  bilmayman

Tangri  ham  bizni  yaratib  qo’yib,  biz  o’zimizni  qanday  tutishimizni  bilmasmikan? 

Shuning  uchun  bizni  bu  dunyoga  jo’natib,  yashatib  ko’rib,  bizning  darajamizni 

bilmoqchimikan? 

Agar  shunday  bo’lsa  –  Yaratgan  yaxshi  sinovchi  emas  ekan.  Nega  deysizmi? 

Axir,  u  bizni  sinash  uchun  bu  dunyoga  keltirib,  yana  tag’in  to’g’ri  yashash  uchun 

qo’llanma  ham  berib  qo’ygan-ku.  Bu  xuddi  men  talabalarimga  imtihon  savollarini 

tarqatib,  orqasidan  ularning  javoblarini  ham  berdim  degani  emasmi?  Bunday  sinovning 

natijasi  qanaqa  bo’ladi? 

Tangri  bizga  bu  hayotni  sinov  uchun  bermagan.  Bu  hayot  biz  uchun  imtihon  emas 

–  in’om.  Hayot  –  bu  dunyoning  go’zalligi-yu  mukammalligidan  bahra  olishga  bir 

imkoniyat.  Xudoning  qudratini  bilishga,  uning  mehrini  tuyishga  sarflanadigan  muddat. 

Tangriga  qahr  begona.  Hayron  bo’lmang.  Xudo  faqatgina  sevishga  qodir.  Uning 

cheksiz  qudrati  –  cheki  yo’q  beg’ubor  mehrida.  U  butun  borliqni,  odamzodni  ana  shu 

mehr  kuchi  bilan  bunyod  qilgan  va  qilmoqda.  U  bugun  ham  suygan  bandalari  qalbiga 

mehr  joylab  qo’yib,  ular  qo’li  bilan  go’zal  narsalarni  yaratyapti.  Axir,  hayotimizda 

mavjud  hamma  narsa  – mehr  mahsuli. 

O’zingiz  o’ylab  ko’ring  –  qahr  hech  qachon  yaratuvchi  kuchga  ega  bo’lmagan. 

Oddiygina  jahlingiz  chiqsa,  idishlarni  urib  sindirishingiz  bunga  isbot. 

Tangri  bizni  mehridan  yaratdi,  suyganidan  Jannatiga  kiritdi,  bizga  yaxshilikni 

ravo  ko’rganidan  aql  mevasini  bizga  man  qildi.  Ammo  biz  Iblis  makriga  aldanib,  uning 

buyrug’ini  buzdik.  Qahr  nimaligini  bilmagan  Xudo  shunda  ham  bizni  yo’q  qilib 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə