Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32

 

54 

gap  –  shunday  emasmi?  Ammo  men  sizga  barchasini  batafsil  tushuntirsam  –  hammasi 

ravshan  bo’ladi. 

Keling,  avvalo  ishonchning  egizagi  bilan  tanishib  olaylik.  Bu  –  albatta,  shubha. 

Ishonch  bor  joyda  shubha  bo’lmasdan  iloji  yo’q.  Mana  siz,  deylik,  umringizda  ilk  bora 

dor  ustidan  yurib  ko’ryapsiz.  Bunda  siz  o’z  xavfsizligingizga  unchalik  ishonmaysiz  – 

shubha  juda  kuchli.  Endi  siz  o’zingizni  ko’p  yillardan  beri  dorbozlik  bilan 

shug’ullangan  deb  tasavvur  qiling.  Xo’sh,  dorga  chiqayotganda  o’zingizga  ishonch 

kuchaydimi?  O’z-o’zidan.  Ammo  shunda  ham  aqlingizning  bir  chetida  shubha 

chirog’chasi  yonib  turadi.  Albatta,  ming  usta  dorboz bo’lsa  ham,  ehtiyot  bo’lish  kerak. 

Shubha  va  ishonch  –  ajoyib  juftlik.  Ular  bir-biriga  mahkam  bog’langan.  Biri 

qancha  kuchaysa  –  ikkinchisi  ham  shuncha  kattalashadi.  Ikkisining  bu  xususiyati 

yodingizda  tursin  – keyinroq  biz  bunga  qaytamiz. 

Maqsadlarga  erishishga  qaytsak.  Siz  bir  ishga  kirishdingiz  va  uni  muvaffaqiyatli 

so’ngiga  yetkazishingizga  ishonasiz.  Ana  shu  ishonchingiz  sizning  maqsad  sari 

boradigan  yo’lingizni  xuddi  qo’lchiroqdek  yoritib  boradi.  U  sizga  uzoqda  turgan 

maqsadingizni  xuddi  durbindek  yaqinlashtirib  oydinlashtirib  ko’rsatadi. 

Ammo  eng  qiziq  ish  shu  yerda  boshlanadi.  O’yinga  shubha  aralashadi  –  u  sizning 

qo’lchirog’ingiz  nurini  har  tomonga  sochib  tashlaydi  (shuning  uchun  shubhalangan 

odam  ikkilanadi,  yo’nalishi  aniq  bo’lmaydi).  Natijada  siz  ko’zlagan  maqsadingizdan 

chalg’iysiz  – uni  qorong’uda  ko’rmay  qolasiz. 

Ana  shu  jarayonda  shubhalariga  bas  kelolmagan  odamlar  maqsadlariga  erisha 

olmaydilar.  Kamdan-kam  odamlar  esa maqsaddan  chalg’imay  borishni  uddalaydi. 

Sizga  avval  aytgan  gapimni  qaytaraman:  Hayotda  omad  yoki  omadsizlik 



bo’lmaydi.  Siz  erisholgan  narsalar  ham,  qo’ldan  boy  bergan  narsalar  ham  faqat  o’z 

qarorlaringiz  natijasidir.  Ya’ni  hayotingizda  sodir  bo’layotgan  har  narsa  uchun 

javobgarlikni  omad,  baxtsizlik,  taqdir  yoki  yana  allanimalarga  emas  –  o’z  zimmangizga 

olishni  o’rganing.  Kuchli  shaxsiyat  egalari  o’z hayoti  uchun  mas’uliyatdan  qo’rqmaydi. 

Kimdir  sizga  o’z  maqsadingizga  erishish  uchun  bunga  qattiq  ishonish  kerak  desa 

–  quloq  solishga  shoshilmang.  Axir,  ishonch  qancha  kuchaysa  –  shubha  shuncha  ortadi. 

Siz,  undan  ko’ra, harsangni  boshqa tomondan  turtib  ko’ring. 

Maqsadga  erishishda  shubhaga  berilmaslik  sirlarini  aytishdan  avval  sizni  yana  bir 

kuch  bilan  tanishtiray. 

Ishonch,  albatta,  yaxshi  narsa  –  ammo  u  eng  kuchli  narsa  emas.  Ishonchdan  bir 

pog’ona  yuqorida  ixlos  turadi  –  uning  qudratini  hammamiz  bilamiz.  Ixlos  ortidan  o’z 

dardiga  davo  topganlar  kam  emas.  Bizning  ajdodlarimiz  asrlar  davomida  qo’llab 

kelayotgan  ixlosga  asoslangan  davolash  usullarini  g’arb  psixologlari  endi  anglab 

yetishyapti.  Ular  bu  sohani  “ishonch  terapiyasi”  deb  nomlashadi.  Uning  yordamida 

yengil  darajadagi  rak kasalligini  davolagan  holatlar  fanga  ma’lum. 

Ammo  biz  tanishmoqchi  bo’lgan  kuch  ixlosdan  ham  yuqoriroq.  Bu  kuch  –  bilim

Yo’q  –  bu  bilan  siz  maktabda  yoki  oliygohda  oladigan  ma’lumotni  nazarda 

tutmayapman. 

Bilim  –  juda  oddiy  so’z,  bir  qarashda.  Ammo  men  sizga  uning  asl  ta’rifini 

beraman.  Uni  ko’pincha  ma’lumot  bilan  adashtirishadi.  Aytaylik,  siz  velosiped 




 

55 

haydashni  bilasizmi?  Bu  savolga  javob  “ha”  yoki  “yo’q”  bo’ladi.  Men  sizdan 

“Velosipedni  haydash  uchun  nimalar  qilish  kerakligini  bilasizmi?”  deb  so’rasam-chi? 

Bu  savolga  qo’rqmay  ha  deb  javob  berasiz.  Ammo  hech  velosiped  haydamagan 

bo’lsangiz,  bu ma’lumot  sizga  buni  darrov  uddalab  ketishga  yordam  bermaydi. 

Bilim  –  bu  amalda  ishlatilgan  ma’lumot.  “Velosiped  haydash  uchun  uning 

tepkisini  bosish  va  muvozanatni  saqlash  kerak”  –  bu  ma’lumot.  Buni  amalda  qila 

olsangiz  – bu bilim. 

Juda  oddiy  narsalar,  shunday  emasmi?  Ammo  bu  oddiy  narsalar  ortida  nooddiy 

sirlar  yashirin.  Maqsadga  erishishda  shubhani  yengib  o’tishning  siri  juda  oddiy  –  o’z 



ishonchingizni  bilim  darajasiga  yetkazing.  Ya’ni  uni  quruq  ma’lumot  tarzida  emas, 

amaliy  faollik  sifatida  namoyon  qiling. 

Men  sizga  “Koptokni  osmonga  otsam,  u  yerga  qaytib  tushadi”  desam  –  bunga 

ishonasizmi  yoki  buni  bilasizmi?  Buni  bilasiz  –  buni  isbotlashim  shart  emas.  “Odam 

ucha  oladi”  desam-chi?  Buni  bilish  tugul,  ishonishingiz  amri  mahol. 

Maqsadga  bo’lgan  ishonchni  bilimga  aylantirish  uchun  –  harakat  kerak. 

Shunchaki,  xayol  surish  –  bu  aqlning  quruq  ma’lumot  bilan  o’ynab  o’tirishi.  Aqlingiz 

bir  narsaga  dalil  topsagina  ishonadi  –  ungacha  u  shubhaning  soyasidan  chiqa  olmaydi. 

Ammo  isbotni  kutib,  siz  vaqtni  boy berib  qo’yishingiz  mumkin. 

Qalb  –  ishonmaydi.  Bu  gapimdan  hayron  bo’lmang.  Qalb  –  rostdan  ham  hech 

narsaga  ishonmaydi.  U  –  hamma  narsani  biladi.  Unga  shubha  notanish.  U  bir  nimani 

istadimi  –  dunyo  unga  shu  narsani  berishini  biladi.  U  shu  bilimi  bilan  hayotiy 

energiyangizni  maqsad  tomon  bexato  burib  beradi.  Ammo  tag’in  o’yinga  aql  aralashib, 

fikr  yuritadi:  “Shoshmay  tur  –  buni  yaxshilab  o’ylab  ko’rish  kerak.  Rostdan  ham  buning 

iloji  bormikan?  Buni  aynan  shu  usulda  qilish  kerakmikan?  Buning  oqibati  yomon 

bo’lsa-chi?  Men  kutgan  narsalar  sodir  bo’lmasa-chi?..”  Ana  –  shubha  soyasi  ortidan 

quvlashmachoq  o’yini  boshlandi. 

Aqlning  shubha  qopqoniga  tushmaslik  uchun  –  harakat  qiling.  “Sendan  harakat  – 

mendan  barokat”  —  deb  Yaratgan  bekorga  aytmagan.  Bu  buyuk  va’da.  Tangri  shu 

va’dasida  turishiga  ishonish  shart  emas  –  axir,  siz  buni  bilasiz.  Tangrining  qudratiga 

shubha  qilmaysiz-ku. 

Siz  dunyoga  o’z  istagingizdagi  buyurtmani  berib  qo’ying-da  –  shubhalarni 

o’zingizga  yaqin  keltirmang. 

Tasavvur  qiling,  rahbar  xodimiga  “Mana  bu  ishni  qiling”  deb  buyursa-yu,  xodim 

endi  ishga  kirishganda  “Yo’q,  shoshmang.  Buni  qilish  shartmikan.  O’ylab  ko’ray.  Yo’q 

–  buning  iloji  borligiga  ko’zim  yetmaydi.  Bu  ishni  qo’ying”  desa.  Keyin  “Yana  o’ylab 

ko’rsam,  buni  amalga  oshirsa  bo’larkan.  Mayli,  shu  ishni  qilganimiz  bo’lsin.  Ishni 

boshlayvering”  desa.  Zum  o’tmay  “Yo’q.  Ming  qilsa  ham,  bunga  ko’zim  yetmayapti” 

desa… 

Bunday  betayin  rahbardan  naf  kattamikan?  U  ikkilanish-u,  shubhalari  bilan  o’zi 



istagan  narsa  ro’yobga  chiqishini  shuncha  kechiktirib  boraveradi. 

Dunyoga  buyurtma  berishda  ham  xuddi  shu  tamoyil  ish  beradi.  Siz  o’z 

buyurtmangizni  shubha-yu  ikkilanishlar  bilan  qancha  “xiralashtirsangiz”  –  dunyo  uni 

ro’yobga  chiqarishga  shuncha  qiynaladi.  Yana  ham  u  sabrli  –  betayin  rahbar  qo’lidagi 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə