Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32

 

46 

Yolg’izlikdan  qo’rqish  o’z  navbatida  boshqa  ikkilamchi  qo’rquvlarni  keltirib 

chiqaradi.  Javobsiz  sevgidan  qo’rqish,  hurmatni  yo’qotishdan  qo’rqish,  e’tibordan 

qolishdan  qo’rqish,  birov  yoki  biror  narsani  yo’qotishdan  qo’rqish  –  xullas,  odamning 

jamiyat 

bilan 


oldi-berdisini 

cheklashi 

mumkin 

bo’lgan  narsalardan  qo’rqish 



yolg’izlikdan  qo’rqishning  asoratlari. 

Katta  ta’sirga  ega  bo’lgan  boshqa  bir  qo’rquv  –  tanqiddan  qo’rqish.  Ya’ni  u  yoki 

bu  xatti-harakat  kimdir  yoki  kimlardir  tomonidan  ma’qullanmasligidan  va  hatto 

jazolanishidan  qo’rqish.  Bu  qo’rquv  ham  o’ziga  xos  ikkilamchi  qo’rquvlarni  keltirib 

chiqaradi  –  o’z  fikrini  erkin  aytishdan  qo’rqish,  o’zi  istagandek  kiyinishdan  qo’rqish, 

ommaviy  nutq  so’zlashdan  qo’rqish,  xato qilishdan  qo’rqish  va  hokazo. 

Ijtimoiy  qo’quvlarning  alohida  bir  turi  borki,  ular  odam  psixikasidagi  hastalik 

darajasida  rivojlanib  ketgan  bo’ladi.  Bu  psixologik  nuqsonni  olimlar  fobiya  deb 

atashadi.  Bugungi  kunda  amaliy  psixologiyaga  500  dan  ortiq  fobiya  turlari  ma’lum. 

Ulardan  eng  ko’p  uchraydiganlari  avtofobiya  (xonada  yolg’iz  qolishdan  qo’rqish), 

akrofobiya  (balandlikdan  qo’rqish),  antrofobiya  (olomondan  qo’rqish),  achluofobiya 

(qorong’ulikdan  qo’rqish),  gamofobiya  (turmush  qurishdan  qo’rqish),  gidrofobiya  (yoki 

akvafobiya  –  suvdan  qo’rqish),  ginofobiya  (ayollardan  qo’rqish),  yatrofobiya  (tibbiy 

xodimlardan  qo’rqish),  klaustrofobiya  (tor  joyga  qamalib  qolishdan  qo’rqish), 

xemofobiya  (qondan  qo’rqish)  va boshqalar. 

Fobiyalar  –  psixolog  va  psixoterapevtlarning  “bosh  og’rig’I”.  Biiz  ularga  astoydil 

to’xtalmaymiz.  Ammo  har  qanday  ijtimoiy  qo’rquv  –  agar  u  vaqtida  nazorat  ostiga 

olinmasa  –  fobiyaga  aylanib  ketishi  mumkin.  Bunda  oddiy  qo’rquv  odamning  hayotini 

tamoman  izdan  chiqarib  yuborishi  ehtimoldan  holi  emas.   

Ijtimoiy  qo’rquvlarni  boshqara  olish  qobiliyati  kishiga  katta  imkoniyatlar  yaratib 

beradi.  Shunday  ekan,  keling,  asosiy  ijtimoiy  qo’rquvlardan  xalos  bo’lishning  sirlari 

haqida  suhbatlashamiz. 



 

Meni tushunishmasa-chi? 

Tanqiddan  qo’rqish  –  bizni  tobelikka  olgan  eng  katta  kuchdir.  Biz  kamdan-kam 

harakatimizni  atrofdagilar  munosabatini  hisobga  olmay  qilamiz.  Oila  va  jamiyat  fikri 

juda  ko’p qarorlarimizga  ta’sir  qiladi. 

Tanqiddan  qo’rqish  odamda  eng  avvalo  o’z  fikrini  erkin  aytishdan  qo’rqish 

holatini  keltirib  chiqaradi.  Bu  narsa  bolaligimizdan  tabiatimizda  namoyon  bo’la 

boshlaydi.  Yosh  bolaning  o’z  fikrini  kattalarga  qo’rqmay  aytishi  juda  qiyin  bo’ladi. 

Chunki  biz  har  safar  o’z  nuqtayi  nazarimizni  aytganimizda    “Yosh  bola  nimani  ham 

bilardi?”,  “Kattalarning  gapiga  aralashish  yaxshimas!”,  “Sen  bunaqa  narsalarni 

gapirishga  hali  yoshlik  qilasan”  kabi  tanbehlar  eshitamiz.  Agar  kattalar  biz  aytgan  gapni 

kulgiga  olishsa  va  bizni  izza  qilishsa  – bu narsa  hech  qachon  xotiramizdan  o’chmaydi. 

Erkin  gapirishdan  qo’rqish  odamni  ruhiy  azobga  mubtalo  qiladigan  holat  –  o’z 

xohish-istaklarini  va  fikrini  boshqalarga  ayta  olmaslik  odamni  ezib  yuboradi.  Odatda 

bunday  odamlarda  aybdorlik  va  nuqsonlilik  komplekslari  kuchli  rivojlangan  bo’ladi. 

Ular  o’zlarini  vaziyatga  fikr  bildirishga  noloyiq  yoki  uquvsiz  deb  biladilar.  Ammo  bu 



 

47 

ularning  o’z  firklari  yo’q  degani  emas  –  har  qanday  odamda  istalgan  vaziyatga 

qandaydir  munosabat  shakllanadi. 

Bunday  qo’rquv  bilan  yashayotgan  odam  o’ziga  o’zi  yordam  berishi  bir  oz 

mushkul.  Erkin  gapirish  qo’rquvini  yengib  o’tishda  atrofdagilar  yordami  juda  muhim. 

Bunday  odamlarga  o’z  fikrlarini  avvaliga  yozma  shaklda  bir  kishiga  berish,  keyin  shu 

odamga  o’z  gaplarini  yuzma-yuz  aytish  tavsiya  etiladi.  Suhbatdosh  eng  yaqin  do’stlar 

doirasidan  bo’lsa  ayni  muddao. 

Bu  turdagi  qo’rquvdan  odamni  xalos  qilishda  uning  fikrlariga  tinglovchilar 

qanday  munosabat  bildirishi  juda  muhim.  Erkin  gapirishdan  qo’rqish  avval  olingan 

tanbehlar  tufayli  paydo  bo’lgan  –  shunday  ekan,  uni  yengib  o’tish  uchun  odamni, 

aksincha,  qo’llab  turish  kerak. 

Agar  sizning  oilangiz,  ish  jamoangiz  yoki  do’stlaringiz  doirasida  shunday  odamlar 

bo’lsa,  ularga  yordam  bering.  Ba’zida  erkin  gapira  olmagan  odamlarni  gapirtirilsa, 

ulardan  juda  noyob  va foydali  fikrlar  chiqadi. 

Agar  siz  o’zingizda  shunday  qo’rquv  alomatlarini  payqagan  bo’lsangiz  –  darhol 

kundalik  tuting.  U  kundalikka  barcha  aytolmagan  fikrlaringizni  yozib  boring.  Eng  yaqin 

do’stingizdan  bu  fikrlaringizni  o’qib  turish  va  ular  yuzasidan  o’z  mulohazalarini  sizga 

aytib  borishini  iltimos  qiling.  Asosiysi,  yodingizda  bo’lsin  –  sizning  o’z  fikringizni 

ochiq  bayon  qilish  erkinligingiz  bor. 

Sizga  bir  sir  ochaman:  odamlar  har  doim  boshqalarning  fikri  bilan  qiziqadi. 

Shunday  ekan,  ularga  ular  istagan  narsani  berishning  qo’rqinchli  joyi  yo’q.  Mayli, 

ular  siz  aytgan  gapni  tanqid  qilsa  ham  –  bundan  siz  hech  narsa  yo’qotmaysiz.  Qaytanga, 

ba’zi  xatolaringizni  bilib  olishingiz  mumkin  bo’ladi.  Axir,  sizda  endi  shaxsiy  muhimlik 

tuyg’usi  yo’q  –  o’zgalar  sizning  gaplaringizni  salbiy  qabul  qilsa,  bundan  sizning 

qadringiz  hech  ham  zarar  ko’rmaydi. 

Tanqiddan  qo’rqishning  eng  qiziq  ko’rinishi  –  kiyim  tanlashda  odamlar  fikridan 

qo’rqish.  Bunda  odam  modadan  orqada  qolish  va  odamlar  orasida  izza  bo’lishdan 

qo’rqadi.  Modaga  tobelik  qanchalik  kulgili  holat  ekani  haqida  biz  suhbatlashdik.  Ammo 

buni  qo’rquvga  tobelik  bilan  solishtirib  bo’lmaydi.  Odam  uning  tashqi  ko’rinishiga 

odamlarning  salbiy  yoki  masxaromus  munosabatidan  qo’rqsa  –  bu  uning  hayotiga  juda 

katta ta’sir  ko’rsatadi. 

Bu  tobelikning  ham  asl  ildizi  –  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi.  Unutmang:  siz  – 



qanday  bo’lsangiz,  shundayligingizcha  qadrlisiz.  Sizni  boringizcha  qabul  qilmay, 

tashqi  ko’rinishingizga  qarab  baho  beradiganlar  fikri  sizning  qadringizga 

zarracha  putur  yetkazmaydi

Modadan  ortda  qolishdan  qo’rqish  –  juda  oson  yengib  o’tiladigan  holat.  Bunga 

ortiqcha  to’xtalmaymiz. 

 

Uddalay olmasam-chi? 

Omadsizlikdan  (yoki  xato  qilishdan)  qo’rqish  –  tanqiddan  qo’rqishning  alohida 

ko’rinishi.  Bunda  odam  o’z  maqsadlari  va  rejalarini  shubhalar  bilan  cheklab  oladi  va  o’z 

imkoniyatlarini  to’liq  namoyon  qila  olmaydi.  Bu  tuyg’u  bekamlik  kompleksiga 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə