Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32

 

50 

doim  shubha  va  ehtiyotkorlik  bilan  qarshi  olamiz  –  bunga  bizni  o’zgarishdan  qo’rqish 

majbur  qiladi. 

O’zgarishlardan  qo’rqish  har  zamonda  jamiyatning  moddiy  rivojlanishi  va 

ma’naviy  o’sishiga  to’sqinlik  qilgan  narsa.  Bugungi  kunda  biz  ilmiy  haqiqat  deb 

biladigan  narsalar  bir  zamonlar  odamlar  orasida  tan  olinguncha  asrlar  o’tib  ketgan.  Yer 

Quyoshning  atrofida  aylanuvchi  sayyora  ekanini  tan  olguncha  odamlarga  bir  yarim 

ming  yil  kerak  bo’lgan  –  vaholanki,  shunday  bo’lishi  mumkinligi  miloddan  avval 

aytilgan.  Kapernik  buni  isbotlab  bergandan  so’nggina  jamiyatning  buni  tan  olishdan 

boshqa  chorasi  qolmagan.  Endi  tasavvur  qiling,  bu  haqiqat  o’sha  miloddan  avvalgi 

zamonlardayoq  qabul  qilinganida  hozirgacha  uning  asosida  qancha  kashfiyotlarga 

ulgurilgan  bo’lardi. 

Ijtimoiy  qo’rquvlarning  yana  juda  ko’plab  turlari  mavjud.  Ularning  har  biri  o’ziga 

xos  tobelikni  keltirib  chiqaradi.  Misol  uchun,  qashshoqlikdan  qo’rqish  pulga  va  o’z  ish 

joyiga  (yoki  ish  beruvchisiga)  tobelik  holatiga  olib  kelishi  mumkin. 

O’zingizda  qanday  qo’rquvlar  borligini  va  ular  qanday  tobeliklar  keltirib 

chiqarishini  tahlil  qilishni  o’z  ixtiyoringizga  qoldiraman.  Ishonchim  komil  – 

o’zingizdagi  barcha  qo’rquvlar  manbaini  aniqlab,  shaxsiyatingizni  ulardan  tozalab 

tashlashga  shaxsiy  kuchingiz  yetadi. 

Men  sizga,  yaxshisi,  tabiiy  qo’rquvni  bir  oz  jilovlash  usullari  haqida  aytib  beray. 

Faqat,  avval  siz  kitobdan  bir  soatga  chalg’ib,  dam  olib  qayting.  Bizni  oldinda  yana-da 

qiziqarli  suhbatlar  kutmoqda. 

 

Dunyo panohida 

Hik mat izlaganga – hik matdir dunyo 

G’urbat izlaganga – g’urbatdir dunyo 

Kimk i ne izlasa topgay begumon 

Illat izlaganga – Illatdir dunyo 

 (Abdulla Oripov) 

 

Siz  atrofingizdagi  dunyoga  ishonasizmi?  Juda  g’alati  savol  –  shunday  emasmi? 



Ammo  o’ylab  ko’ring  –  sizni  o’rab  turgan  dunyoga  qanchalik  ishonasiz?  Erta  tong  ishga 

ketayotganda  ob-havo  kechga  borib  o’zgarib  qolishi  haqida  qayg’urganmisiz?  Yoki  o’z 

transport  vositangizni  ochiq  joyda ishonib  qoldirganmisiz? 

Biz  juda  ko’p  holatlarda  dunyoga  ishonmaymiz.  Aslida,  atrof  dunyo  bizning 

ahdlarimizni  bajarish  bilan  band  –  u  aynan  har  bir  odamning  hech  kimnikiga 

o’xshamagan  istaklarini  qondirish  uchun  ham  shu  darajada  rang-barang  qilib  yaratilgan. 

U  biz  va  bizga  qadrli  bo’lgan  narsalarni  doim  avaylaydi.  Ammo  biz  qo’rquvlarimizga 

ergashib  uning  bu posbonligiga  xiyonat  qilib  qo’yamiz. 

Xalqda  “Tashlanganga  tosh  tegmas”  degan  gap  bor.  Ya’ni  eng  sergak  posbon 

bo’lgan  dunyoning  panohiga  topshirib  qo’yilgan  narsa  hech  qachon  zarar  ko’rmaydi. 

Hech  e’tibor  berganmisiz  –  kim  nimadan  qo’rqsa,  uning  hayotida  shu  narsa 

sezilarli  ko’p  uchraydi.  Kasallikdan  qo’rqadigan  odam  doim  xasta  yuradi.  U  o’z 

qo’rquviga  qancha  qattiq  tobe  bo’lsa,  uning  xastalanish  ehtimoli  shuncha  yuqori.  U 



 

51 

dorixonaga  kunlab  qatnamasin  yoki  hatto  shaxsiy  shifokor  yollamasin  –  bari  bir  foyda 

kam  bo’ladi. 

Biror  narsasini  yo’qotishdan  qo’rqqan  odamning  shu  narsasidan  mahrum  bo’lib 

qolishi  juda  oson  bo’ladi.  O’zbek  “Tilab  topgan  bolamni  yilqi  tepib  o’ldirdi”  deb 

bekorga  aytmagan.  Bir  narsani  yo’qotishdan  juda  qattiq  qo’rqish  darajasiga  yetib 

borsangiz  – undan  mahrum  bo’lishingiz  tayin.  Axir,  “Asragan  ko’zga  cho’p tushar”. 

Juda  qiziq  –  nimaga  dunyo  bizning  istaklarimizga  qarshi  ish  tutadi?  Bu  savolga 

javob  berish  uchun  inson  va  uni  o’rab  turgan  dunyo  o’rtasidagi  oldi-berdi  qanday 

kechishini  tushunish  lozim. 

Avval  aytganimdek,  dunyo  bizning  istaklarimizni  bajarish  bilangina  mashg’ul. 

Haqiqiy  muammo  -  unga  istaklarni  to’g’ri  yetkaza  olmaslikda.  Bundagi  eng  katta  sir 

shundaki,  dunyo  siz  bilan  qalbingiz  orqali  suhbatlashadi  –  u  sizning  o’y-fikrlaringiz 

emas, his-tuyg’ularingizga  quloq  solib ish tutadi

Dunyo  –  shunday  bir  do’konki,  u  yerda  siz  istagan  narsangizga  buyurtma 

berishingiz  mumkin.  Faqat,  buyurtmangiz  ko’nglingizdan  chiqishi  lozim.  Biz  kundalik 

hayotimizda  dunyoga  yuzlab  buyurtmalar  berib  yashaymiz  –  buni  hatto  o’zimiz 

sezmasligimiz  ham  mumkin. 

Bu  jarayon  shu  darajada  soddaki,  u  bizning  fe’l-atvorimizga  singib  qolgan  – 

shuning  uchun  ham  uni  har  doim  ham  payqamaymiz.  Masalan,  siz  biror  nima  haqida 

xayol  qilasiz.  Bu  narsa  sizda  qiziqish  yoki  xavotir  uyg’ota  olsa,  bu  o’y-fikrlaringizga 

tuyg’ularingiz  ham  aks  qaytaradi.  Ana  shu  hissiyotlarni  dunyo  buyurtma  deb  qabul 

qiladi  va  darhol  uni  amalga  oshirishga  kirishadi. 

Ammo  bu  jarayonning  bir  qiziq  jihati  bor  –  sizning  tuyg’ularingiz  hech  qachon 

inkor  shaklda  bo’lmaydi.  Tabiatda  “yo’q”,  “emas”  degan  so’zlar  yo’q  –  inkor  gaplar 

inson  aqli  mahsuli  –  ular  muhimlikni  himoya  qilish  uchun  o’ylab  topilgan.  Hissiyotlar 

esa – bizning  tabiiy  bo’lagimiz,  shuning  uchun  ham  ular  inkor  qo’shimchalaridan  holi. 

Aytaylik,  shaharda  gripp  epidemiyasi  tarqalgan.  Siz  kimdandir  bu  juda  xavfli 

gripp  turi  ekani  haqida  eshitdingiz.  Tag’in,  ikki-uch  aksirgan  odamlarni  uchratdingiz. 

Sizda  bu  holat  xavotir  uyg’otadi  –  siz  “ishqilib  shu  kasallikka  chalinib  qolmayinda”  deb 

o’ylaysiz.  Bu  xayolga  tuyg’ularingiz  “men  shu  kasallikka  chalinaman  va  undan 

qo’rqaman”  deb aks qaytaradi.  Dunyo  bu tilakni  qabul  qiladi  va siz  xastalanasiz. 

Yoki,  deylik,  siz  biror  narsangizni  juda  qadrlaysiz.  Ammo  vaziyat  uni  ma’lum 

muddatga  qarovsiz  qoldirishni  taqazo  etib  qoldi.  Sizda  “Hech  kim  bu  narsamga 

tegmasinda”  degan  hadikli  xayol  uyg’onadi.  Buni  tuyg’ularingiz  “Mening  narsamga 

birov  tegishidan  qo’rqaman”  deb  tasdiqlaydi.  Bunday  qo’rquv  bilan  tashlab  ketgan 

narsangizni  qaytib  kelib  topa olmasangiz,  hayron  bo’lmang. 

Kimdir  hayron  bo’lishi  mumkin:  nimaga  unda  hamma  xavotirlarimiz  ham 

oqlanavermaydi?  Nimaga  hadiksiragan  holatlarimiz  har  doim  ham  sodir  bo’lavermaydi? 

Buning 

siri 


juda 

oddiy 


– 

siz 

bu 

hadiklaringizga 

his-tuyg’ularingizni 

aralashtirmaysiz.  Aqlingiz  tashvish  bildirishi  mumkin,  ammo  qalb  buni  hissiyot 

bilan  tasdiqlamaydi.  Natijada  xavotirlar  asossiz  bo’lib  chiqadi. 

Yoki  aksincha,  biz  xayolimizga  ham  keltirmagan  yoqimsiz  narsalar  sodir  bo’ladi 

gohida.  Buning  ham  sababi  juda  oddiy  –  bu  voqealar  haqida  sizning  qalbingiz  biladi 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə