Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

 

68 

yubormadi  (vaholanki,  u  bizni  qanday  oson  yaratgan  bo’lsa,  nonko’rligimiz  uchun  jazo 

tariqasida  shunday  oson yo’q qilib  tashlashi  ham  mumkin  edi). 

U  bizga  yorug’  olamni  ravo  ko’rdi.  O’zimizga  jannat  yaratish  imkonini  berdi.  U 

bizni  suyganidan  o’sha  jannatni  qanday  yaratish  mumkinligi  haqida  bayon  qilingan 

qator-qator  ilohiy  bitiklar  tushirdi.  “Mana,  bandam,  senga  hayot.  Mana  shu  hayotingni 

baxtiyor  qilish  uchun  yo’riqnoma.  Agar  bunda  aytilgan  me’yorlarga  amal  qilsang  – 

hayoting  jannatda  o’taveradi.  Ularni  buzsang,  na  iloj  –  o’z  hayotingni  o’zing  do’zaxga 

aylantirasan.  Qaysi  tomonni  tanlash  – o’zingga  havola”  deb bizga  muruvvat  ko’rsatdi. 

Biz  yashashni  boshladik.  Xatolar  qildik.  Bu  xatolar  bizga  muammo  bo’lib  qaytdi. 

Bizga  Tangri  azobni  ham  bizni  suyganidan  berdi  –  U  bu  ish  xato  ekanini  anglashimiz, 

buning  natijasida  o’zimizga  o’zimiz  muammo  orttirib  olishimizni  ko’ra  bilishimiz  va 

kelgusida  yana  shu  ishni  takrorlab  o’zimizni  azobga  qo’ymasligimiz  uchun  berdi  bu 

jazoni. 


Unga  o’zi  yaratgan  bandalari  –  o’z  ruhidan  nafas  bergan  dilbandlarining  xato 

qilib,  buning  jabrini  tortishlarini  ko’rish  yoqadi  deb  o’ylaysizmi?  Biz  azob  cheksak,  U 

bizga  bor  mehri  bilan  achinadi.  Axir,  U  rahmdil.  U  xato  qilsak  –  kechiradi.  Axir,  U 

mehribon  va kechirimli.  U so’rasak – beradi.  Axir,  U marhamatli. 

Yana  shunda  ham  bizga  mehr  bilan  berilgan  in’om  –  hayotni  sinov  deyish 

to’g’rimikan?  Biz  bandalar  sinab  ko’rib  –  keyin  bilamiz.  Yaratgan  esa  –  shundoq  ham 

hamma  narsani  biladi. 

Eng  qiziq  odatimiz  shuki  –  ajal  kelganda  biz  o’sha  sinov  deb  atayotgan  narsaga 

mahkam  yopishamiz.  Xo’sh,  sinov  tamom  bo’lishini  nega  istamaymiz  –  nega  o’limdan 

qo’rqamiz? 

Chunki,  yana  yanglish,  o’limni  jazo  kabi  ko’ramiz.  O’lim  –  jazo  emas, 

marhamatdir.  O’lim  Tangri  mehrining  bir  parchasi  bo’lgan  ruhimizni  manbayiga 

qaytaruvchi  kuch.  Bunda  uzoq  muddat  o’z  makonidan  uzoqda,  moddiy  olam  tarkibi 

bo’lgan  bir  mavjudot  jussasida  yashagan  ruh  hayajon  va  sevinch  bilan  Vataniga  qaytadi 

va  taskin  topadi.  Ruhingiz  o’lmaydi  –  o’lim,  shunchaki,  xatlab  o’tish  kerak  bo’lgan 

ostona. 


Hayotni  in’om  bilib  yashang.  Tangri  sizga  o’limni  marhamat  qilib  yuborguncha  – 

bu  in’omning  barcha  imkoniyatlaridan  foydalana  biling.  Uni  aqlingizga  emas  – 

qalbingizga  xizmat  qilishga  bag’ishlang.  Toki  sizning  baxtli  yashashingizni  ko’rib 

Yaratgan  ham  mamnun  bo’lsin. 

 

Ichimizdagi Baytulloh 

“Mo’minning ko’nglini 

og’ritishning gunohi – Ka’batilloni uch 

marotaba buzib tashlash gunohiga 

tengdir” 

(Hadisdan) 

Hadisning  bu satrlarida  buyuk  hikmat  bor. 

Biz  Yaratuvchiga  bo’lgan  chin  sevgi-ixlosimizni  qalbimizda  saqlaymiz.  Tangri 

bizning  ko’nglimizda  yashaydi.  Ana  shu  har  bir  odamning  ichidagi  Xudoning  uyiga 

tajovvuz  qilish  – gunohi  azim. 




 

69 

Biz  har  kungi  hayotimizda  ko’ngil  birlamchi  ekanini  ko’p  ta’kidlaymiz.  Biz 



dildan  suhbatlashishni  yaxshi  ko’ramiz.  Ezgu  amallarimizni  ko’ngildan  chiqarib 

qilamiz.  Ko’ngli  toza  odamlarga  talpinamiz.  Bir-birimizning  ko’nglimizni  olamiz, 

kimlargadir  ko’ngil  qo’yamiz.  Shaxsiyatimiz  markazida  qalb  turishini  bilib-bilmay  tan 

olaveramiz. 

Qalbning  so’zlashish  tili  –  mehr.  U  tashqi  olam  bilan  faqat  shu  tilda  muomala 

qiladi.  U  nimanidir  yaxshi  ko’radi  va  talpinadi,  sevadi  va  sog’inadi,  suyadi  va 

dillashadi.  U  bizni  bunyodkor  bo’lishga  undaydi  –  boshqa  qalblarga  ham  o’z  mehridan 

bergisi,  atrofida  yorqin  dunyoni  ko’rib,  sevingisi  keladi. 

Uning  yaratuvchi  kuchi  ham  aynan  mehr.  U  mehrdan  ilhomlanadi,  ijod  qiladi, 

ixtirolar  yaratadi  –  bizga  yaratuvchanlik  ruhini  ato  etadi.  G’ayrat-u  shijoatimiz, 

iste’dod-u  qobiliyatlarimiz  asosida  mehr  turadi. 

Mehrning  yaratuvchilik  kuchi  bugungi  kunda  isbot  talab  etmaydi.  Buni  hatto 

fiziklar  ham  tan  olib  ulgurishgan.  Tibbiyotda  esa  mehrning  shifobaxsh  xususiyati 

asrlardan  beri  odamlarga  ma’lum. 

Mehr  bilan  qilingan  ovqat  shirin,  chizilgan  rasm  go’zal,  tikilgan  kiyim  qulay  – 

mehr  bilan  aytilgan  so’z  betakror  bo’ladi.  Tajribada  isbotlanishicha,  mehr  bilan 

o’stirilgan  o’simliklar  uzoqroq  yashaydi,  chiroyliroq  gullaydi. 

Amerikalik  psixologlar  bir  tajribada  yangi  tug’ilgan  chaqaloqlarni  ikki  guruhga 

ajratishgan.  Birinchi  guruhdagi  go’daklarga  doyalar  mehr-e’tibor  ko’rsatishgan,  ular 

yotgan  xona  doim  chiroyli  bezatilgan.  Ikkinchi  guruh  chaqaloqlarga  hamma  narsa 

berilgan  (ovqat  berilgan,  taglari  almashtirilgan,  ularning  xonasi  chinnidek  ozoda  turgan)  

- ularga  birgina  mehr  berilmagan. 

Bir  oydan  so’ng  olimlar  tajribani  to’xtatishga  majbur  bo’lishgan,  chunki  ikkinchi 

guruhdagi  chaqaloqlarning  ko’pchiligi  xastalanib,  ulardan  biri  nobud  bo’lgan. 

Ana  shunaqa  ayanchli  saboq.  Garchi  biz  uni  aniq  ko’ra  bilmasak-da,  mehrning 

hayotimizga  ta’siri  katta.  Odamga  ko’rsatilgan  mehr  uning  kuchli  shaxsiyat  egasi 

bo’lishiga  yordam  beradi. 

Qalbning  birlamchi  istagi  –  mehr  berish.  Avvalo,  bu  mehr  insonning  o’ziga 

qaratilgan  bo’lishi  lozim.  Unutmang  –  o’zini  yaxshi  ko’rmagan  odamni  hech  kim 

yaxshi  ko’rmaydi.  Odam  qalbidagi  mehrning  bir  bo’lagini  o’ziga  atashi  kerak.  Chunki 

har  birimiz  mukammal  shaxsmiz  –  ichimizdagi  qalb  ana  shunday  mehribonchilikka 

munosib. 

O’z-o’zini  yaxshi  ko’rishning  xudbinlikka  hech  bir  aloqasi  yo’q.  Egoist  odam  o’z 

manfaati  uchun  boshqalar  manfaatidan  kechuvchi  shaxsdir.  Aslida,  xudbin  odam  – 

o’zini  eng  yomon  ko’rguvchilardan  yetishib  chiqadi.  Ular  o’zlarini  shunchaki  baxtli 

bo’lishga  noloyiq  his  etadilar  va  shuning  uchun  o’zgalar  baxtini  tortib  olishga  yoki 

yo’qqa  chiqarishga  harakat  qiladilar.  Bunday  odamlarning  jazosi  o’zi  bilan  birga  – 

o’zini  yomon  ko’radigan  shaxsning  hayoti  o’z  baxti  uchun  azobli  kurashdan  boshqa 

narsa  emas. 

O’z-o’zini  shartsiz  yaxshi  ko’rish  –  o’zini  boricha  qabul  qilish,  o’zidan  va 

hayotidan  mamnun  bo’lish  demakdir.  Siz  o’z  aqlingiz  gaplaridan  qat’iy  nazar 

qalbingizni  seva olsangiz  – demak siz  o’zingizni  sevasiz. 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə