Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

 

61 

tomon  jabrlanuvchi  (qurbon)  sifatida  ko’rsatiladi.  Aslida  esa  turmushdagi  har  qanday 

kelishmovchilikka  bek ham,  beka ham  bir  xil  javobgar. 

Keling,  turmushdagi  eng  keskin  holat  –  xiyonatni  olaylik.  Agar  juftlikdan  biri 

xiyonat  qilsa,  bunda  ikkinchi  tomon  jabrdiyda  bo’ldi  degani  emas.  Axir,  qars  ikki 

qo’ldan  chiqadi  deb  bejiz  aytishmagan.  Ikkinchi  tomon  xiyonatga  zamin  yaratib 

bermasa  – bunday  holat  ro’y  berishi  qiyin. 

Albatta,  yostiqdoshidan  xiyonat  ko’rgan  odam  qanday  ish  tutadi  –  bu  uning 

shaxsiy  kuchiga  bog’liq.  Kimdir  jimgina  ajrashadi  –  kimdir  to’polon  bilan.  Kimdir 

kechiradi  –  yana  kimdir  qasdlashib,  o’zi  ham  xiyonat  qiladi.  Har  holda,  buning  natijasi 

kamdan-kam  hollarda  yaxshilik  bilan  yakun  topadi. 

Men  xiyonatga  duch  kelgan  odam  qanday  yo’l  tutishi  kerakligini  aytmoqchi 

emasman.  Ammo  har  qanday  holatda  ham  hamma  uchun  manfaatli  qaror  chiqargan 

yaxshi. 


Yaxshisi  xiyonatning  oldini  olishga  qaratilgan,  lekin  ko’pincha  munosabatlarning 

buzilishiga  olib  keladigan  tadbir  haqida  gaplashaylik.  Bu  – albatta,  rashk. 

Rashk  –  sof  holdagi  tobelik  munosabati  yoki  shunday  munosabatni  o’rnatishga 

intilish.  U  bir  odamning  boshqasiga  egalik  qilish  da’vosidan  kelib  chiqadi.  “Sen  faqat 

menikisan”,  “Seni  boshqasiga  bergandan  ko’ra  o’lganim  yaxshi”  va  boshqa  shu 

asnodagi  ta’kidlar  ashaddiy  rashkchiga  tegishli. 

Rashk  haqida  sizga  bir  sir  ochay:  agar  siz  kimnidir  rashk  qilsangiz  –  demak,  siz 

uni  sevmaysiz.  Hayronmisiz  –  axir,  odam  sevgan  kishisini  rashk  qilishi  mumkin-ku? 

Yo’q – odam egalik  qilmoqchi  bo’lgan  narsasini  rashk  qiladi,  xolos. 

Mana  sizga  qiyos.  Oldingizda  bir  savat  anor  turibdi.  Siz  anorni  yaxshi  ko’rasiz  va 

undan  maza  qilib  yeysiz.  Yoningizdagi  odam  ham  shu  savatdan  anor  olib  yesa  – 

g’ashingiz  keladimi?  Agar  bundan  sira  g’ashingiz  kelmasa  –  demak,  siz  anorni  rostdan 

ham  sevasiz.  Agar  g’ashingiz  kelsa  –  demak,  siz  shunchaki  ochko’zsiz  va  anorga  egalik 

qilmoqchisiz,  xolos. 

Anorku,  mayli  –  u  atigi  bir  meva.  Unga  egalik  qildingiz  ham  deylik.  Bundan  u 

sira  aziyat  chekmaydi.  Biroq  boshqa  odamga  egalik  qilishga  tirishish  –  o’z  qalbi,  orzu-

umidlari,  ahd-istaklari  bor  alohida  shaxsiyatni  o’z  izmiga  solishga  intilish  degani-ku. 

Siz  sevgan  insoningizga  tobelikni  ravo ko’rib,  qanday  uni  sevaman  deya olasiz? 

Rashk 


–  sevgining  qotili.  Agar  yaqin  insoningiz  ko’nglini  o’zingizdan 

sovutmoqchi  bo’lsangiz  –  rashk  eng  zo’r  qurol.  Unga  egalik  qilishga  da’vo  qilsangiz 

kifoya. 

“Ba’zilarga  rashk  yoqadi”  deysizmi?  To’g’ri,  ba’zi  odamlar  juftlari  ularni  rashk 

qilsa,  xursand  bo’ladilar.  Bunga  ikki  xil  sabab  bo’lishi  mumkin.  Yoki  bu  odamda  o’ta 

katta  nuqsonlilik  kompleksi  bor  yoki  u  tobelikka  moyil.  Birinchi  holatda  odam  uni  birov 

rashk  qilsa  –  bundan  u  o’zini  kimgadir  kerakli  muhim  odam  deb  o’ylab  xursand  bo’ladi. 

Ikkinchi  holda  esa  odam  o’zini  boshqa  odam  qaramog’ida  yaxshi  his  qiladi  –  rashk  esa 

uning  tobeligini  tasdiqlaydi.  Har  ikki  holatda  ham  juftlik  o’rtasida  sevgi  emas  –  tobelik 

munosabati  bo’ladi,  xolos. 

Turmush  o’rtoqlar  o’rtasidagi  munosabatlarni  bulg’aydigan  yana  bir  holat  –  bu 

umr  yo’ldoshini  o’zgartirishga,  o’ziga  moslashtirishga  urinish.  Ikki  odam  birga  yashar 




 

62 

ekan,  har  ikkisi  boshqasini  o’z  qarashlari,  qadriyatlari,  hayot  tarzi  va  odatlariga 

o’rgatishga  harakat  qiladi.  Bunda  o’z-o’zidan  tobelik  munosabati  kelib  chiqadi:  “sen 

men  bilan  yashamoqchi  ekansan,  menga  o’xshab  xatti-harakat  qilishing  kerak”. 

Inson  ko’nikkan  va  to’g’ri  deb  bilgan  narsalariga  tajovuz  qilinsa,  u  darhol 

himoyaga  o’tadi.  Shunday  qilib,  oilada  kelishmovchiliklar  kelib  chiqadi.  Bu  holat  yosh 

oilalarga  ko’proq  aloqador.  Vaqt  o’tib,  umr  yo’ldoshlar  bir-birlariga  ko’nikadilar  va 

o’zaro  umumiy  qadriyatlar  va  odatlar  hosil  bo’ladi.  Bungacha  bo’lgan  “moslashish 

muddati”da  ikki  tomon  ham  bir-biriga  hurmat  saqlasa,  keyinchalik  bundan  o’zlari 

mamnun  bo’ladilar. 

Men 

sizga 


avvalgi 

bayonda 


baxtli  turmush  sirini  aytgandim:  siz  umr 

yo’ldoshingizni  baxtli  qila  olmaysiz  –  siz  uning  baxtli  bo’lishiga  halal  bermasangiz 

bo’ldi.  Uni  rashk  qilib  yoki  uni  o’zgartirishga  intilib,  siz  uning  ko’ngliga  qarshi  ish 

qilasiz  va  u  baxtsiz  bo’ladi.  Siz  o’zingiz  qanday  bo’lsangiz,  shundayligingizcha 

qolishga  haqlisiz  –  turmush  o’rtog’ingizni  ham  ana  shunday  huquqidan  mahrum 

qilmang.  Birga  baxtli  yashash  uchun  talab  va  shartlar  bajarilishi  emas  –  ikki  odam  bir-

birining  ko’nglini  bilishi  darkor. 

Farzandingizga  odamlarga  mehribon  bo’lishni  o’rgatishni  eng  yaxshi  yo’li  –  umr 

yo’ldoshingizga  mehr  ko’rsatib  namuna  bo’lish.  Ikkingiz  bir-biringizni  shartsiz  seving  – 

umr  yo’ldishingiz  qadri  uning  topgan  puli,  kiygan  kiyimi,  tayyorlagan  ovqati,  pardozi, 

aytgan  shirin  gaplari,  sizni  rashk  qilish-qilmasligi  yoki  boshqa  tashqi  belgilar  bilan 

o’lchanmaydi.  Uning  qadri  –  uning  mukammal  shaxsiyatida,  uning  beg’ubor  qalbida. 

Qadrni  o’lchash,  chamalash,  himoya  qilish,  tushirish  yoki  oshirish  emas  –  uni, 

shunchaki,  bilish  kerak. 

Bo’ldi.  Endi  kitobni  yopib,  bir  soat  dam  oling.  Oldinda  bizni  muhabbat  va  do’stlik 

haqidagi  suhbatlar  kutyapti.  Ularni  eshitishga  shijoat  to’plab  qayting. 

 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə