Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32

 



Boshladik 

“Yog’ga piyoz tashladik  

Bismillodan boshladik  

Salom-salom, yor-yor 

Kelin salom, yor-yor 

Qabul aylang avval Xudo 

Sizga salom, yor-yor...” 

(“Kelin  salom”ning ilk  satrlari) 

 

Dunyo  yaralibdiki,  odamzod  baxtni  izlaydi.  Ammo,  negadir,  o’zini  baxtli  deb  rost 



gapiradiganlar  juda  kam. Juda g’alati  – odam yer ostidagi temir rudasi yoki tabiiy gaz zahirasini 

topishga  bir  kun  sarflaydi-yu,  baxtni  izlab  topishga  butun  tarix  ham  yetarli  emas.  Balki,  biz 

noto’g’ri  izlayotgandirmiz-a?  Boshqa  usulda  izlab  ko’rsakmikan?  Unday  desa,  ko’plab 

manbalarda  baxtga  erishishning  minglab  yo’llari  keltirilgan  –  lekin  bundan  baxtlilar  soni 

ko’paygani  yo’q.  Biz  baxtni  noto’g’ri  yerdan  izlayotgan  bo’lsak-chi?  Bunga  ham qarshi dalillar 

bor  – har xil odam baxtni har  xil yerdan izlaydi, ammo hammasi ham topavermaydi. Balki, baxt 

degan  narsaning  o’zi  yo’qdir?  Bunga  ishonish  hammasidan  qiyin  –  oddiy  insoniy  baxt  ham 

mavjud  bo’lmasa, bu dunyoning  mukammalligi  qayerga boradi? 

Baxtga  intilishning  xato  yo’lidan  borishimiz  rost.  Baxtni  izlash  usulimiz  chindan  ham 

noto’g’ri  –  aynan,  izlashimiz  noto’g’ri.  Buni  qarangki,  baxtni  izlash  kerak  emas  ekan  –  uni 

ko’zlash,  mo’ljallash,  kutish,  u  uchun  kurashish,  unga  qurbonlar  keltirish  hayotning  eng  baxtsiz 

ko’rinishi  ekan aslida. 

Baxtimizni  qayerdan  izlashda  ham  adashamiz.  Bizning  baxtimiz  tashqi  dunyoda  emas, 

aynan  bizning  ichimizda,  shaxsiyatimizning  tubida  joylashgan.  Biz  atrof  dunyodan  o’z 

baxtimizni  talab  qilib  sarson  bo’lib  yurarkanmiz,  baxtimiz  kun  kelib  nigohimizni  o’zimizga 

qaratishimiz,  kutilmaganda  o’z  qalbimizdan  cheksiz  yorqin  baxtni  topib  olishimizni  sabr  bilan 

kutaveradi. 

Yashash  san’ati  –  bu  baxtli  bo’lish  san’atidir.  Baxt  kelguvchi  va  ketguvchi  emas  –  u 

mudom  biz  bilan  yurguvchi.  Aslida  biz  unga  gohi  qaraymiz,  ba’zan  bilib-bilmay  undan  yuz 

o’giramiz.  O’z-o’zidan  yuz  o’girgan  odam  –  o’z  baxtidan  yuz  o’girgan,  o’z  qalbi  xotirjamligini 

boshqa manfaatlar haqi qurbon qilgan  baxtsizdir. 

Mana sizga birinchi  sir:  o’zi baxtli bo’lmagan odam boshqa odamni baxtli qila olmaydi

Buni  shundoq ham hamma biladi deysizmi? To’g’ri  – bundan hamma xabardor, ammo kamdan-

kam  odam  buning  asl  ma’nosini  biladi.  Mayli,  sizga  boshqacharoq  qilib  aytaman:  o’zligini 



anglamagan  odam,  o’zgani  tushuna  olmaydi.  Biroz  oydinlashdimi?  Axir,  har  birimiz  bizni 

kimdir  tushunishini  istaymiz.  Bir  odam  boshqasiga  uni  tushunibgina  ko’ngil  xotirjamligini 

in’om  etishi mumkin.  Biroq  boshqalarni  tushunish  – biz o’ylaganchalik  oson ish emas. 

Mayli,  boshqalarni  tushuna  olish  qobiliyati  –  ikkilamchi  masala.  Avval  o’zimizni, 



o’zligimizni  anglash  haqida  suhbatlashaylik.  Ushbu  kitobning  yarmidan  ko’prog’i  aynan  ana 

shunga bag’ishlanadi. 

 



 



DUSHANBA 

Shaxsiyat 

Siz kimsiz? 

-

 



Sirdosh,  sizga  ajoyib  savolim  bor. 

-

 



Xo’sh-xo’sh? 

-

 



Siz  kimsiz? 

-

 



Bu  nima  deganingiz? 

-

 



Ya’ni  siz  “men”  deganda  kimni  nazarda  tutasiz? 

-

 



O’zimni.  Men  – Sirdoshman. 

-

 



Demak,  siz  – bu sizning  ismingiz  ekan-da? 

-

 



Faqat  ismim  emas.  Men  kimningdir  farzandi,  kimningdir  do’sti, 

kimningdir  sevgani,  yana  kimningdir  dushmaniman. 

-

 

Demak,  siz  – bu siz  kimgadir  nisbatan  tutgan  o’rningiz,  rolingiz  ekan-da? 



-

 

Shunaqa  desa  ham  bo’ladi.  Yana  men  romantikman,  shoirman,  bir  oz 



dangasaman,  qiziqqonman  –  xullas,  har  xil  fazilat-u  kamchiliklarga  ega  oddiy 

odamman. 

-

 

Tug’ilishingizdan  avval  ham  o’shanday  oddiy  odam  edingizmi? 



O’limdan  so’ng  ham  xuddi  shunday  bo’lib  qolasizmi? 

-

 



Bilmadim... 

Bu  suhbatni  to’liq  yozadigan  bo’lsam  –  bitta  kitobga  sig’maydi.  Lekin  aynan 

“Men  kimman?”  degan  savolga  qay  darajada  aniq  javob  bera  olishimiz  hayotimizda 

muhim  o’rin  tutadi. 

Qadim  zamonlardan  buyon  buyuk  mutafakkirlar  odamzodning  bu  dunyoda  tutgan 

o’rni  haqida  bosh  qotirib  kelgan.  Birlari  yillar  davomida  tabiat  va  jamiyatni  kuzatib, 

odamzod  bu  ulkan  olamda  atiga  bir  zarra  ekanini  anglab  yetishgan.  Boshqalari 

odamzodni  butun  dunyoni  o’zgartirishga  qodir  mavjudot  ekaniga  yaqqol  dalillarga  duch 

kelishgan.  Xo’sh,  ulardan  qay  biri  haq? 

Har biri  va hech  biri. 

Ularning  har  ikkisi  ham  haq  –  chunki  ular  o’z  haqiqatlarini  haqiqiy  misollar  bilan 

tasdiqlay  olishadi.  O’zingiz  o’ylab  ko’ring  –  ming  qilsa  ham,  biz  tabiat  qonunlariga 

bo’ysunib,  bu  koinotning  bir  zarrasi  bo’lib  yashaymiz  (har  holda,  hammamiz  yer  tortish 

kuchi  ta’siridamiz).  Ammo  boshqa  tomondan,  biz  atrof  dunyoga  sezilarli  darajada  ta’sir 

o’tkaza  olamiz  –  buni  isbotlash  uchun  so’nggi  asrda  atrof-muhitga  yetkazgan 

zararimizni  chamalab  ko’rsak  bo’lgani.  Shunday  ekan,  qarama-qarshi  ikki  g’oyani 

yoqlovchilar  ham  haq. 

Ammo  odamzodni  dengizdan  bir  tomchi  deganlar  haqiqati  insonni  ulug’laganlar 

haqiqatiga  to’g’ri  kelmaydi  va  aksincha.  Istalgan  haqiqatni  inkor  etuvchilar  albatta 

topiladi.  Shuning  uchun  ham  ularning  hech  biri  haq emas. 

Boshingizni  qotirib  yubordimmi?  Mayli,  soddaroq gapiraman. 

Yaxshisi,  sizga  navbatdagi  sirni  ochishdan  boshlay.  Uni  qarangki,  bu  dunyoda 



siz  to’g’ri  deb  o’ylagan  va  ishongan  narsa  aynan  siz  uchun  haqiqat  ekan.  Bu  birgina 

sizning  haqiqatingiz  va  u  ba’zida  boshqalarnikiga  mos  kelmaydi.  Shu  mos  kelmagan 


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə