Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32

 

haqiqatlar  bois  shaxsiy  kelishmovchiliklardan  tortib,  urush  va  inqiloblargacha  kelib 

chiqadi. 

Dunyo  shunchalar  mukammal  yaratilganki,  u  har  kim  uni  qanday  ko’rmoqchi 

bo’lsa  –  aynan  unga  shunday  namoyon  bo’ladi.  Nima  –  ishonmaysizmi?  Mana  sizga 

isbot. 


Kvant  fizikasi  degan  fizikaning  eng  yosh  bo’limi  bor.  Unda  olimlar  atomning 

elementar  zarrachalari  bo’lgan  elektron,  neytron  va  protonlarni  yanada  maydaroq 

zarracha  –  kvantlarga  parchalab  o’rganishadi.  Ana  o’sha  eng  mayda  zarrachalarni 

o’rganishda  fiziklar  ajoyib  holatda  duch  kelishgan. 

Ishonish  qiyin,  ammo  kvantlar  kuzatuvchi  fikriga  qarab  o’z  xususiyatlarini 

o’zgartirar  ekan.  Ya’ni,  aytaylik,  siz  fizik  olimsiz  va  siz  kvantni  maxsus  superuskunalar 

bilan  kuzatmoqchisiz.  Agar  siz  kvant  o’zini  mayda  zarracha  sifatida  namoyon  qiladi  deb 

o’ylasangiz  –  kvant  sizga  mayda  zarracha  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Agar  siz  kvant 

sizga  to’lqin  sifatida  ko’rinishini  kutsangiz  –  xuddi  o’sha  kvant  sizga  to’lqin  tarzida 

ko’rinadi. 

Xo’sh,  hali  ham  shubhalanyapsizmi?  Mayli,  mana  sizga  navbatdagi  isbot. 

Fiziologlar,  ya’ni  odam  tanasi  tuzilishi  va  xususiyatlarini  o’rganuvchi  olimlar, 

juda  qiziqarli  tajriba  o’tkazishgan.  Bir  ayolni  odam  miyasidagi  jarayonlarni  kuzatib 

turadigan  uskunaga  joylashtirib  qo’yishgan. 

Shundan  so’ng  olimlar  ayolga  “Hozir  biz  sizning  barmog’ingizni  muzdek  suvga 

solamiz”  deb  aytishgan.  Biroq  ular  aslida  ayol  barmog’ini  xona  haroratidagi  suvga 

solishgan,  faqat  bunda  ayolning  qo’liga  sovutilgan  metall  parchasini  yaqinlashtirishgan. 

Keyin,  ular  ayolga  “Endi  biz  sizning  barmog’ingizni  qaynoq  suvga  solamiz”  deyishgan. 

Biroq  ular  tag’in  ayol  barmog’ini  xona  haroratidagi  suvga  solishgan  –  faqat  bu  safar 

ayol  qo’liga  qizdirilgan  temir  yaqin  keltirilgan. 

Birinchi  holatda  ayol  miyasida  sovuqlikni  sezib,  unga  reaksiya  beradigan 

hujayralar  kengaygan  –  ya’ni  ayol  rostdan  ham  yaxdek  suvni  sezgan.  Ikkinchi  holatda 

esa  ayol  barmog’i  suvga  tegishi  bilan  uni  tortib  olgan  –  ayol  og’riqni  sezgan  va 

barmog’ini  kuydirib  olganiga  ishongan… 

Bunga  o’xshash  misollarni  ko’plab  keltirish  mumkin.  Ammo  bularning  bari 

nimadan  dalolat  berishini  anglash  – hammasidan  ham  qiziqarli. 

Siz  –  bu  siz  ishongan  haqiqatlar  jamlanmasi.  Siz  o’zingizni  kim  deb  bilsangiz  – 

tanangizni  tashkil  qilgan  har  bir  kvant  shunga  monand  harakat  qiladi.  Siz  ishingizni 

bilib 

qilishingizga  ishonsangiz 



–  demak,  siz  ishbilarmonsiz.  Siz  uncha-muncha 

kasalliklarga  qarshi  tura  olishingizga  ishonasizmi  –  demak,  siz  sog’lom  va  tetiksiz.  Siz 

o’z  immunitetingizga  uncha  ishonmaysizmi  –  demak,  siz  mudom  bemorsiz.  Siz 

omadning  ortidan  quvasizmi  –  demak,  siz  shundoq  ham  omadli  ekaningizga 

ishonmaysiz,  omadni  tutib  olishim  kerak  deb  o’ylaysiz  va  omadsiz  hayot  kechiraverasiz. 

Siz  to’g’ri  maslahatlar  bera  olishingizga  ishonasizmi  –  demak,  sizga  quloq  tutadiganlar 

talaygina.  Va hokazo,  va hokazo. 

Siz  –  bu  siz  o’zingiz  haqingizda  tasavvur  qilgan  shaxs.  Faqat  siz  bu 

tasavvuringizni  shubha-yu  ishonchsizlik  bilan  bulg’ab  qo’yasiz.  Siz  uchun  hayajonli 

holat  bo’lganda  hayajonlanishga,  xafa  bo’lish  kerak  bo’lgan  holatda  xafa  bo’lishga 




 

programmalashtirilgansiz.  Buni  tan  olasizmi  yo’qmi  –  siz  jamiyat  va  o’zingiz  siz  uchun 

tuzib  bergan  dasturlar  jamlanmasidan  boshqa  narsa  emassiz. 

Ammo  bu  holatni  o’zgartirish  mumkin.  Buning  uchun  bir  oz  ochiq  fikrlilik  va 

sabr  talab  etiladi.  Sabr  sizga  avvaliga  kerak  bo’ladi  –  keyinchalik  o’zingiz  haqingizda 

yangi  kashfiyotlar  qilishga  shu  darajada  qiziqib  ketasizki,  sizda  bunga  ishtiyoq  paydo 

bo’ladi.  Ishtiyoq  bor joyda  esa sabrga  hojat  yo’q. 

 

Egizak dunyolar 

Men  sizga  avvalgi  bo’limda  keltirganim  –  sizning  shaxsiyatingizga  berilgan 

yuzaki  ta’rif  edi, xolos.  Keling,  endi  chuqurroq  kirib  ko’ramiz. 

Har  bir  shaxsiyat  bir-birini  to’ldirib  turadigan  ikki  dunyodan  iborat.  Ularning 

ikkisi  ham  tashqi  ko’rinishdan  sizga  juda  o’xshaydi  –  bu  ma’noda  ular  egizak.  Ammo 

ularni  astoydil  o’rgansangiz  – ular  bir-biridan  tubdan  farq qilishiga  amin  bo’lasiz. 

Qanaqa  mujmal  narsalar  haqida  gapiryapti  deb  hayron  bo’lyapsizmi?  Biroz  sabr 

qiling  –  men  sizga  bu  ikki  egizak  dunyoning  yaralish  tarixini  aytib  beraman.  Shunda 

hammasi  oydek ravshan  bo’ladi. 

Juda  ko’pchiligimiz  bolalikdan  eshitib  kelgan  bir  hikoya  bor.  Bu,  albatta,  Tangri 

insonni  yaratgani  haqidagi  rivoyat.  Men  sizga  aynan  shu  hikoyatni  eslatmoqchiman  – 

faqat  e’tibor  bering. 

Xudo  yer-u  osmon,  oy-u  quyosh,  o’simlig-u  hayvonlarni  yaratgach  dunyo 

mukammalligi  uchun  yana  bir  mavjudotni  yaratmoqni  niyat  qilibdi  (hamma  ezgu 

amallar  tagida  ezgu  niyat  turishi  ana  shundan  boshlangan).  U  tuproqdan  Odamning 

jismini  yaratibdi  va unga  jon ato etish  uchun  o’z nafasidan ruh ya’ni qalb kiritibdi

Shunda  Tangri  farishtalarni  huzuriga  chorlab,  “Barchangiz  Odam  qarshisida 

ta’zim  qilingiz!”  deb  buyuribdi.  Barcha  farishtalar  Yaratganning  cheksiz  qudrati  mevasi 

–  Odam  qarshisida  bosh  egibdilar.  Birgina  Iblis  o’z  mag’rurligi  bois  bundan  bosh 

tortibdi.  “Men  olovdan  (nurdan)  yaralganman,  bu  esa  qora  tuproqdan  binoga  kelgan. 

Men  o’zimdan  quyi  mavjudotga  bo’yin  egmayman”  –  debdi  Iblis.  Shunda  Tangri  “Ey 

Iblis,  sen  neniki  bilgan  bo’lsang  men  senga  bildirgan  narsalarnigina  bilasan.  Uqqan 

bo’lsang  –  men  senga  uqish  imkonini  bergan  narsalarnigina  uqqansan.  Shunday  ekan, 

mening  cheksiz  marhamatim  oldida  bosh  eg!”  –  deb  buyuribdi.  Ammo  Iblis  qaysarlikni 

qo’ymabdi.  Bu  o’zbilarmonligiga  jazo  tariqasida  Tangri  shaytonni  Jannatdan  yer  yuziga 

surgun  qilibdi. 

Odamzodni  esa  Jannatga  hokim  qilibdi.  U  Jannat  bog’idagi  hech  bir  mahluqotdan 

qo’rqmas  ekan  –  chunki  Xudoning  amri  bilan  barcha  jonzotlar  bir-birlariga  mehribon  va 

g’arazsiz  ekanlar.  Unga  Behishtning  barcha  ne’matlaridan  bahramand  bo’lish  erkinligi 

berilibdi  – faqat  birgina  mevani  tanavvul  qilish  man  etilibdi. 

Odamga  hamrohlik  va  dilkashlik  qilishi  uchun  Tangri  Havoni  yaratibdi.  Ikkisi 

Jannatda  baxtli  yashayotganini  ko’ra  olmagan  Iblis  ilon  qiyofasida  Jannatga  kirib, 

Odam  va  Havoga  yaqinlashibdi.  “Sizga  bu  mevaga  tegish  nega  man  etilganini 

bilasizmi?”  –  debdi  u,  -  “Agar  siz  bu  mevadan  yeb  ko’rsangiz,  siz  Xudo  bilgan 

narsalarni  bilib  olasiz,  unikichalik  qudratga  ega  bo’lasiz.  Xudo  buni  istamaydi,  shuning 

uchun  u sizlarga  bu mevani  man  etgan.  Ishonmaysizmi?  Undan  bir  dona yeb ko’ring”. 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə