Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32

 

18 

vahimaga  tushishini  o’ylab  ko’ring.  Tirik  daraxt  qarshisida  bolta  ko’targan  kishi  paydo 

bo’lsa  – daraxt  his  etgan  qo’rquvni  tasavvur  qiling. 

Men  sizda  shafqat  hissini  uyg’otmoqchi  emasman.  Albatta  –  hayotimiz  ko’p 

jihatdan  boshqa  jonzotlarning  nobud  etib,  ular  bergan  ne’matlarni  iste’mol  qilishimizga 

bog’liq.  Ammo  o’z  mag’rurligiga  ergashgan  odamzod,  nimagadir,  uni  o’rab  turgan 

dunyo  va  undagi  barcha  mavjudotlar  faqatgina  uning  uchun  yaratib  qo’yilgan  deb 

o’ylaydi.  Ko’pchiligimiz  o’simlik  va  hayvonlarning  birgina  vazifasi  odamning  hayotini 

ta’minlash  degan  xato tushuncha  bilan  yashaymiz. 

Yaratgan  hech  bir  joyda  adolatsiz  ish  tutmaydi.  Odamni  ong  bilan  mukofotlagan 

bo’lsa,  boshqa  mavjudotlarni  o’zga  qobiliyatlar  bilan  siylagan.  Bizda  burgutchalik 

ko’rish,  ko’rshapalakchalik  eshitish,  bo’richalik  hid  bilish  qobiliyati  yo’q.  Biz  ba’zi 

jonzotlar  kabi  infraqizil  yoki  ultrabinafsha  nurlarini  ko’ra  olmaymiz,  ultratovushlarni 

eshitmaymiz. 

Ammo  bizga  olamshumul  qurol  berilgan  –  ong.  Uning  yordamida  biz  ko’p  narsa 

qilishimiz  mumkin.  Uning  yordamida  biz  yaratish  qudratiga  egamiz.  Faqat  bu  qurol 

bizga  emas,  biz  bu  qurolga  tobe  bo’lib  qolamiz  gohi.  Milliardlab  odamlar  o’z  onglariga 

qul  bo’lib  yashaydilar. 

Siz  – olamshumul  zarrachasiz.  Sizga  dunyoni  o’zgartirish  qudrati  berilgan. 

Siz  – bu sizning  qalbingiz,  ruhingiz. 

Sizning  aqlingiz  –  sizga  vaqtinchalik  berilgan  rol,  xolos.  Siz  –  dunyo  degan  teatr 

sahnasiga  rol  o’ynashga  chiqqan  aktyorsiz. 

Siz  hozir  o’ynayotgan  rol  –  bu  sizning  asl  shaxsiyatingiz  emas.  Asl  shaxsiyatingiz 

– bu dunyoda  vaqtincha  qo’nim  topgan  qalbingizdir.   

Bu  dunyoda  hamma mehmon, axir. 



 

19 

SESHANBA 

Muhimlik 

Hayotiy quvvat 

O’zimizni  tadqiq  qilishni  davom  ettirishdan  avval,  keling,  hayotiy  quvvat 

tushunchasi  bilan  tanishib  olaylik.  Bu  tur  energiya  haqida  odamlar  yaqin-yaqingacha 

ilmiy  tushunchaga  ega  bo’lishmagan.  Umuman  –  bu  soha  hali  yaxshi  o’rganilmagan. 

Ammo  biz  uchun  hozirgacha  to’plangan  bilimlar  yetarli. 

Har  bir  organizmda  ikki  xil  quvvat  mavjud  –  jismoniy  (fizik)  va  hayotiy.  Jismoniy 

energiya,  anglab  turganingizdek,  muskullar  quvvati,  tana  harorati  va  biologik  faollik 

uchun  zarur  boshqa quvvat  turlari. 

Hayotiy  energiya  –  bu  sizning  ruhiy  holatingizni  belgilab  beruvchi  kuchdir.  Agar 

sizda  g’ayrat-shijoat  to’lib  turgan  bo’lsa,  hayotiy  quvvatingiz  juda  yuqori  demak.  Agar 

siz  hech  bir  ishtiyoqsiz,  hamma  narsaga  befarq  yashayotgan  bo’lsangiz  –  unda  hayotiy 

quvvatingiz  o’ta tushib  ketgan. 

Hayotiy  quvvat  jo’sh  urib  turgan  tana  o’zini  juda  tetik  va  yengil  his  etadi.  Kuchli 

sevinch  hissi  hayotiy  quvvat  oqimini  kuchaytirib  beradi.  Misol  uchun,  siz  uzoq  payt 

ko’rmagan  qadrdoningiz  shaharga  kelayotganini  eshitib  qoldingiz.  Uni  kutib  olgani 

borayotganda  quvonchdan  bosgan  qadamingiz  vaznini  ham  his  etmaysiz. 

Yoki  katta  xushxabar  bemor  odamni  davolab  qo’yishi  mumkin.  Va  aksincha, 

kuchli  ruhiy  zo’riqish  hayotiy  quvvatingizni  shu  darajada  tushirib  yuboradiki,  bu 

sog’lig’ingizga  ham  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Noxush  xabardan  odamning  hushini 

yo’qotishi  bunga  isbot. 

Barchamiz  tug’ilganimizda  ma’lum  miqdorda  hayotiy  energiya  bilan  dunyoga 

kelamiz.  Hayot  davomida  uni  turli  narsalarga  sarf  qilamiz  va  shu  zahira  tugashi  bilan 

hayotdan  ko’z yumamiz. 

Tashvishlar,  diqqatpazlik,  kuchli  ruhiy  zo’riqish,  turli  salbiy  tuyg’ular  –  bularning 

bari  hayotiy  quvvat  kushandalaridir.  Nisbatan  uzoq  umr  ko’rganlardan  so’rab  bilsangiz, 

ularning  hayoti  bir  maromda,  keskin  burilishlar  va katta muammolarsiz  o’tgan  bo’ladi. 

Hayotiy  energiya  zahirasini  to’ldirish  juda  qiyin.  Buning  hozirda  bizga  ma’lum 

yagona  usuli  –  bu  zavqlanish.  Tabiat  go’zalligi,  diltortar  musiqa  yoki  sevimli 

mashg’ulot  kishiga  zavq  berish  bilan  uning  hayotiy  quvvat  darajasini  ko’taradi. 

Tabiatga  va san’atga  shunchalik  qattiq  bog’langa nligimiz  sababi  ana shunda. 

Kimdir  Tangri  yaratgan  tabiat  yoki  inson  yaratgan  san’at  na’munalaridan  bahra 

olsa,  yana  kimdir  o’zi  yaratuvchilik  qilib  maroqlanadi.  Boshqa  odamlarga  yordam  berib 

zavqlanuvchi  insonlar  ham  bor.  Va  aksincha 

–  boshqalarning  tinchini  buzib 

zavqlanadiganlar  ham  bor.  Bular  quvvatxo’r  odamlardir  –  ular  sizning  nozik 

yeringizdan  tutib,  hayotiy  quvvatingizni  o’g’irlashtiradi.  To’g’rirog’i,  o’zingiz  ularning 

nayrangiga  uchasiz  va hayotiy  quvvatingizni  ularga  berib  qo’yasiz. 

Hayotiy  quvvatingizni  ehtiyot  qiling.  Qitmir  odamga  duch  kelsangiz  –  unga 

nisbatan  mutlaqo  befarq  bo’ling.  U  sizni  u  yoqdan  bu  yoqdan  ilmoqchi  bo’lib  tirishadi  – 

ammo  agar  siz  oxirigacha  befarq  qola  bilsangiz,  u  sizni  o’z  holingizga  qo’yadi. 




 

20 

Qaytanga,  u  sizning  g’ashingizga  tegish  uchun  quvvat  sarflaydi-yu,  hech  vaqoga  erisha 

olmaydi. 

Hayotni,  tabiatni,  san’atni  sevish  qobiliyati  hayotiy  quvvatingizni  yuqori  tutib 

turish  uchun  juda  foydali.  Shunday  ekan,  dunyoning  har  qirrasidan  bahra  olib, 

ko’nglingizni  keng  qilib  yashang.  Keng  ko’ngilga  o’ziga  yarasha  katta  baxt  beriladi. 

Qalbi  tor  odam  esa,  yo’lidan  qancha  katta  baxt  chiqmasin  –  tor  ko’ngliga  siqqanini 

ololadi,  xolos. 

 

Men Janobi Oliylari 

 “Shaxsiy muhimlik  tuyg’usi insonning eng zolim va 

makkor dushmanidir” 

(Don Xuan, Karlos Kastanedaning ustozi) 

 

Odamning  tabiati  erkinlikka  intiluvchan  qilib  yaratilgan.  Ammo  eng  qiziq  holat 



shundaki,  bizni  tobe  etishi  mumkin  bo’lgan  kuchlar  ro’yxatida  biz  mutlaqo  kutmagan 

narsa  birinchi  o’rinda  turadi.  Bizni  mudom  bir  narsaga  majburlab,    fikr-u-qudratimizni 

o’ziga  bo’ysundira  oladigan  bir  tuyg’u  borki,  kamdan-kam  kimsa  unga  qarshilik  qila 

oladi. 


Bu  tuy’gu  siz  nimani  gapirishingiz,  nima  iste’mol  qilishingiz,  qayerga  borishingiz, 

kimlar  bilan  yaxshi,  yana  kimlar  bilan  yomon  munosabatda  bo’lishingiz  –  xullas,  siz 

qanday  hayot  kechirishingiz  kerakligini  uqtirib  turadi.  Siz  uning  so’zini  ikki  qilolmaysiz 

– siz  hatto  uning  amri  bilan  ish  ko’rayotganingizni  anglamasligingiz  mumkin. 

Ba’zida  u  o’z  zulmida  shu  darajaga  borib  yetadiki,  siz  ortiq  toqat  qilolmaysiz  – 

erksevar  tabiatingiz  ustun  kelib,  unga  qarshi  qo’zg’olon  ko’tarasiz.  Ammo  vaqt  o’tib, 

g’alayon  bosiladi,  tashvishlar  unut  bo’ladi  va  siz  tag’in  o’z  tuyg’uyingizga  tobe  bo’lib 

qolasiz. 

O’zingiz  haqingizdagi  yana  bir  sirdan  boxabar  bo’lishga  tayyormisiz?  Esingizda 

bo’lsin:  shaxsiy muhimlik  tuyg’usi  – sizning  birinchi  raqamli  dushmaningiz

Shaxsiy  muhimlik  tuyg’usini  ikki  og’iz  gap  bilan  ta’riflash  yoki  tushuntirish 

qiyin.  Aytaylik,  sizni  kimdir  qattiq  haqorat  qildi.  Yoki  sizdan  bir  narsani  qattiq  talab 

etishdi.  Yoki  siz  o’zingizdan  o’zingiz  biror  ish  uchun  xafa  bo’lib  ketdingiz.  Bunday 

holatlarda  nimani  his  qilasiz?  G’azab,  gina,  araz  yoki  norozilik  tuyg’usi  uyg’onishi 

mumkin.  Siz  zarda  qilishingiz,  qasdlashishingiz,  o’zingizni  himoya  qilishingiz  yoki 

birovga  hujum  qilishgacha  borishingiz  ham  mumkin. 

Ana  shu  xatti-harakatlar  va  ichki  kechinmalar  ortida  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi 

turadi.  Sizdagi  har  qanday  ichki  kechinmalar,  o’y-fikrlar,  siz  aytayotgan  gaplar  – 

bularning  bari  sizning  shaxsiyatingiz  atrofida  aylanaveradi.  Bir  kun  davomida  “men” 

olmoshini  gap-so’zlaringiz  va  fikrlaringizda  necha  marta  uchrashiga  e’tibor  berib 

ko’ring  – va’da  beraman,  o’zingiz  ham  hayron  qolasiz. 

Aytaylik,  birov  sizni  xafa  qildi.  Xayolingizdan  taxminan  quyidagicha  savol  o’tadi: 

“U  meni  nega  xafa  qildi?”  Bunda  siz  ma’no  urg’usini  har  xil  so’zga  qo’yishingiz 

mumkin. 


“U  meni  nega  xafa  qildi?” 


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə