Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32

 

16 

uddaladingizmi?  Ofarin.  Endi  katta  doshqozon  og’zidek  aylana  chizing.  Bu  ham  juda 

oson – shunday  emasmi?  Endi  uchala  aylanaga  qarang  – diqqat  bilan  qarang. 

Sizning  bilimlaringiz  xuddi  aylanadek  cheksiz  katta  dunyoning  bir  bo’lagini 

ajratib  beradi.  Bilimingiz  qancha  ko’p  bo’lsa  –  qog’ozdagi  aylanangiz  shuncha  katta 

demak.  Lekin  siz  o’z  aylanangizni  chizib,  uning  hoshiyalarini  qalinlashtirib 

mustahkamlab  qo’ysangiz  – aylanangiz  o’sishdan  to’xtaydi. 

Anglab  turganingizdek,  aylana  qancha  katta  bo’lsa,  shuncha  yaxshi.  Biroq  men 

sizga  bilim  aylanangizni  iloji  boricha  kattaroq  chizishni  emas  –  uni  o’sishdan 

to’xtatmaslikni  taklif  qilmoqchiman.  Axir,  tinimsiz  o’sib  borgan  aylana  bir  kun  kelib 

futbol  maydonidan  ham  kattaroq bo’lib  ketishi  mumkin… 

Biz  bilishimiz  mumkin  bo’lgan  haqiqatlar  cheksiz  ko’p.  Uning  bir  qisminigina 

ajratib  oladigan  va  shu  bilan  cheklanadigan  odamlar  –  o’z  manfaatlariga  zid  ish 

qiladilar.  Ular  odatda  “Men  bilgan  narsalarim  –  haqiqat.  Undan  boshqa  narsalar  – 

safsata  va men  bu safsataga  qiziqmayman”  kabi  tamoyilda  yashaydilar. 

Chinor  navdasini  gultuvakka  ekib  qo’ysangiz,  uning  ildizlari  tuvak  sopoliga 

qadalishi  bilan,  u  o’sishdan  to’xtaydi  va  tez  orada  qurib  qoladi.  Vaholanki,  uning  o’sish 

muhiti  tuvak  bilan  cheklanmaganda  – u ulkan  va barhayot  daraxt  bo’lib  yetishar  edi. 

Siz  –  ulug’likka  atalgan  bekam  qalb  egasisiz.  Shunday  ekan,  shaxsiyatingiz 

daraxtini  o’sishdan  tiyib  turgan  aql  cheklovlaridan  xalos  bo’ling.  Bunga  erishish  oson 

emas.  Ammo  natija  – barcha  urinishlaringizni  oqlaydi. 

Aql  qamalida  qolgan  shaxsiyat  shahrini  tashqaridan  kelgan  kuchlar  ozod  eta 

olmaydi.  Ya’ni  men  sizning  shaxsiyatingizni  cheklanishlardan  xalos  qila  olmayman. 

Men  sizga  buni  qanday  qilish  mumkinligini  aytolaman,  xolos.  Bunday  qahramonlikka 

zolim  shohning  gapiga  ishonib  yashayotgan  shaharliklargina  qodir.  So’nggi  qaror 

qalbingizdan… 

 

Olamshumul zarra 



“Hayot – spektakl, odamlar esa – uning 

aktyorlaridir” 

(Uilliam  Shekspir) 

 

Endi  kitob  avvalida  sizga  bergan  savolimni  takrorlayman:  siz kimsiz? 



Biz  bu  dunyoda  atigi  bir  zarracha  ekanimizni  tasdiqlovchilar  haqiqat  –  faqat  bu 

zarrachaning  qudrati  haqidagi  haqiqatni  ular  e’tiborsiz  qoldirishgan. 

Har  bir  odam,  hayvon  yoki  o’simlik  –  bu  dunyoda  bor-yo’g’i  bir  zarra.  Ammo  ana 

shu  milliardlab  zarralar  xohishiga  qarab  dunyo  o’zgarib  boradi.  Ana  shu  zarralarga 

dunyoni  o’zgartirish  qudrati  berilgan.  Eng  mayda  viruslardan  tortib,  ummondagi  ulkan 

kitlargacha  dunyo  shakllanishiga  o’z hissasini  qo’shadi. 

Har  bir  jonzotning  o’z  ahdi  bor.  Har  bir  organizmning  o’z  maqsadi  bor.  Yegulik 

topish,  himoyalanish,  nasl  qoldirish  va  boshqa  ko’plab  maqsadlarni  ko’zlab  tabiat 

farzandlari  atrof-dunyoni  o’zgartiradilar. 

Biz  o’simliklarni  har  qanday  hissiyot  va  ichki  kechinmalardan  mahrum  mavjudot 

deb  hisoblashga  ko’nikkanmiz.  To’g’ri-da  –  ular  meva  yoki  don  tugib  bizni  boqish, 

poyalari  chorvamizga  yem  bo’lishi,  tanalari  bizga  issiqlik  yoqilg’isi  bo’lib  xizmat  qilish 




 

17 

uchun  yaratilgan.  Gulzordagi  gullar,  o’rmondagi  daraxtlar,  daladagi  ekinlar,  bog’dagi 

mevalar  –  ular  nimani  ham  his  qilishi  mumkin.  Ularda  qandaydir  tuyg’ular  bo’lishi 

mumkinligi  haqidagi  gap juda  kulgili  eshitiladi. 

Uni  qarangki,  o’simliklar  ham  qo’rquv,  hayajon,  sevinish  kabi  tuyg’ularni  his  etar 

ekan.  Ular  hatto  sevishga  qodir  desam  nima  deysiz?  Ishonish  qiyin-a?  Ammo  buning 

ilmiy  isbotlari  bor. 

Amerikalik  olimlar  oddiy  tajribada  o’simliklar  haqida  ko’p  narsalarni  kashf 

etishdi.  Ular  makkajo’xori  tanasiga  juda  kuchsiz  elektromagnit  to’lqinlarni  o’lchaydigan 

asbobni  ulab  qo’yishgan.  Bir  hafta  davomida  o’simlik  o’sayotgan  xonaga  navbat  bilan 

ikki  yordamchi  kiritilgan.  Biri  o’simlik  bilan  juda  muloyim  munosabatda  bo’lgan, 

mayin  mato  bilan  uning  barglarini  tozalab  turgan,  unga  suv  quygan  va  shirin  gaplar 

bilan  erkalatgan.  Ikkinchisi  har  safar  xonaga  qaychi  ko’tarib  kirgan,  o’simlik  barglarini 

qirqigan,  unga  qo’pol  munosabatda  bo’lgan,  yoqimsiz  gaplar  gapirgan. 

Tajriba  so’nggida  olingan  natijalar  hammani  hayratga  solgan. 

Jo’xori  o’sayotgan  xonaga  mehribon  yordamchi  kirganda,  o’simlik  tanasi  xotirjam 

nurlanish  taratgan.  Qarovchi  uni  erkalatganda  esa,  o’simlik  taratayotgan  elektromagnit 

to’lqinlar  bir maromga  kelgan  va  yana-da tekislashgan.   

Ammo  xonaga  qaychi  ko’targan  tajribachi  kirganda,  o’simlik  uni  darhol  tanigan, 

uning  tanasi  notinch  elektromagnit  to’lqin  chiqara  boshlagan.  Qarovchi  uning  yoniga 

qaychi  bilan  yaqinlashganda  esa,  jo’xori  qichqiriqqa  o’xshash  kuchli  tebranish  bilan 

munosabat  bildirgan. 

Juda  ajoyib-a?  O’simliklarning  ham  eslab  qolish,  munosabat  bildirish,  hadiksirash 

va  qo’rqish  qobiliyatlari  bor  ekan.  Bunga  boshqa  ko’plab  ilmiy  dalillar  keltirish 

mumkin. 

Asl  bog’bon  yosh  navniholni  o’z  farzandidek  parvarish  qiladi.  Hech  bog’idagi 

mevali  daraxtlar  bilan  gaplashib  yurgan  bog’bonni  ko’rganmisiz?  Men  ko’rganman. 

Uning  bog’idagi  daraxtlar  har  yili  bexato  hosil  beradi  va  mevalari  shirasi  bilan  tilni 

yoradi. 

Musulmonchilikda  hayvon  so’yishda  duo  aytilishi  bekorga  emas.  Usta  qassoblar 

hech  qachon  qurbonlikka  atalgan  hayvonga  pichoqni  ko’rsatmaydilar.  Ular  hayvonni 

tinchlantirib,  erkalab  yupatib  –  keyin  pichoq  tortadilar.  Islomda  qiynab  o’ldirilgan 

hayvon  go’shtini  harom  deyilishi  bejiz  emas.  Bunda  ajoyib  xislat  bor.  Gap  shundaki, 

agar  hayvon  o’limidan  oldin  qo’rqsa,  uning  qoniga  katta  miqdorda  adrenalin  qo’shiladi. 

Qassoblar  hayvon  bo’g’ziga  pichoq  tortib,  uning  tomirlaridan  hamma  qonni  chiqarib 

tashlaydilar.  Ammo  mayda  qon  tomchilari  et  hujayralari  orasida  qolib  ketadi.  Agar  bu 

qon  tomchilari  adrenalinga  to’yingan  bo’lsa,  u  go’shting  sifatini  buzadi  va  uni 

iste’molga  yaroqsiz  qilib  qo’yadi. 

Odamzod  onggi  o’sgani  sayin  ona  tabiatdan  uzoqlashib,  unga  begonalashib 

bormoqda.  Axir,  bugun  qay  birimiz  atrofimizdagi  boshqa  jonzotlarning  maqsadlari  va 

tuyg’ulari  bilan  qiziqamiz?  Yaratgan  har  bir  mavjudotni  ruh  bilan  yaratgan  –  har  bir 

jonzot  his  qilish  va o’z  maqsadlariga  intilish  qobiliyati  bilan  bunyod  bo’lgan. 

Keyingi  safar  sevimli  insoningiz  uchun  sovg’a  tarzida  yashnab  turgan  gulni 

uzmoqchi  bo’lib,  unga  yaqinlashganingizda  –  bechora  o’simlik  qanday  dahshatli 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə