Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32

 

14 

Shu  tariqa  shahar  aholisi  qamal  ostida  ekaniga  ishontirilibdi.  Yillar  o’tibdi  hamki, 

podshoh  hiylasi  bo’lgan  “dushman”  qamalni  yechmabdi. 

O’sib  borayotgan  shahar  aholisiga  turar  joy  va  oziq-ovqat  yetishmay  qolibdi. 

Ustiga-ustak,  shaharda  turli  kasalliklar  tarqay  boshlabdi.  Natijada  aholi  o’sishdan 

to’xtabdi.  Oziq-ovqat  va  yashash  muhiti  uchun  raqobat  kuchaygani  sari,  odamlar 

vahshiylashib,  tubanlashib  boribdilar. 

Atrof 


dunyo 

rivojlanishda 

davom 

etaveribdi. 



Ammo 

qamaldagi 

shahar 

buzg’unlikka  duchor  bo’libdi.  O’ttiz  yildan  so’ng  shahar  aholisi  ikki  barobarga  qisqarib 



ketibdi.  Yarim  asrdan  keyin  esa  shaharda  zolim  shoh  va  uning  yaqin  soqchilaridan 

boshqa hech  kim  qolmabdi… 

 

Ertakning  oxiri  ayanchli  –  uning  yakunini  o’ylab  topishni  sizga  qoldiraman. 



Ammo  unda  juda muhim  saboq yashirin. 

Kitobxon,  men  ochmoqchi  bo’lgan  navbatdagi  sir  sizga  mutlaqo  yoqmasligi 

mumkin.  Lekin  ochiq  qalb  va  ochiq  fikrlilikni  saqlay  bilsangiz  –  men  haq  ekanimga 

amin  bo’lasiz. 

Har  birimizning  dunyoyimizda  ana  shunday  shahar  mavjud.  Bu  –  sizning 

shaxsiyatingiz  shahridir.  Uni  sizning  aqlingiz  qamal  qilgan.  Nega  deb  o’ylarsiz? 

Xuddi  ertakdagi  zolim  shoh  kabi  sizning  shaxsiyatingiz  ustidan  to’liq  hokimiyatga 

erishish  uchun.  U  sizning  har  bir  qaroringiz  va  xatti-harakatingizni  boshqarishga, 

hayotingizni  o’z xohishiga  ko’ra qurishga  intiladi. 

Bilim  –  baxt  kaliti.  Ammo,  afsuski,  ko’pincha  bilim  –  sizning  shaxsiy 

o’sishingizni  to’xtatib  qo’yadigan,  ma’naviy  yuksalishingizga  qarshilik  qiladigan  “soxta 

dushman”.  U,  albatta,  sizning  aqlingizga  bo’ysunadi.  Faqat  u  shu  aql  buyrug’iga  ko’ra 

dushman  kiyimini  kiyib  olgan  va sizning  qalbingizni  qamalda  saqlaydi. 

Ishonmaysizmi?  Aynan  sizning 

xatti-harakatlaringiz  bunga  isbot.  Siz  biror 

narsada  xato  qilsangiz,  uni  osongina  tan  olasizmi?  Yo’q.  Birov  sizga  to’g’ri  maslahat 

bersa-yu,  u  sizning  aqlingiz  intilgan  narsalarga  mos  kelmasa  –  bu  maslahatga  quloq 

solasizmi?  Yo’q.  Siz  ko’pi  bilan  o’zingizni  u  odamning  maslahatini  olgandek  qilib 

ko’rsatasiz  – ammo  baribir  o’z bilganingizdan  qolmaysiz. 

Bizning  aqlimiz  shu  darajada  ayyor  va  uddaburonki,  u  tamoman  atrof-dunyoni 

qanday  ko’rishimizgacha  ta’sir  qiladi.  Agar  aqlingiz  chiroyli  kiyingan  odam  badavlat 

bo’ladi  deb  qonun  chiqargan  bo’lsa,  siz  kiyinishi  chiroyli  bo’lgan  odamni  o’zingiz 

bilmagan  holda  oliynasablar  toifasiga  qo’shaverasiz.  Agar  sizni,  aytaylik,  qora 

ko’zoynak  taqqan  odam  aldab,  chuv  tushirib  ketgan  bo’lsa,  sizning  aqlingiz  qora 

ko’zoynak  taqqan boshqa  har qanday  odamga  shubha  bilan  qarayveradi. 

Bundan  tashqari,  har  birimizda  oila,  maktab  va  jamiyat  ta’sirida  “yaxshi”  va 

“yomon”  narsalar  haqida  tushuncha  shakllanib  qolgan.  Aqlimiz  bu  tushunchalarni 

qonun  darajasiga  ko’tarib,  ular  vositasida  dunyoni  boricha  ko’rishimizga  halal  beradi. 

Aytaylik, 

bizga 

yoshligimizdan 



ichkilikbozlik 

juda  yomon  ekanligi  uqtirib 

kelinadi.  Natijada  aqlimiz  spirtli  ichimlikni  yomonlik  belgisi  deb  qoida  qilib  qo’yadi. 

Siz  aroq  do’koni  oldida  turgan  odamni  ko’rib  qolsangiz,  u  haqida  yaxshi  xayolga 

borishingiz  qiyin.  Agar  u  cho’ntagidan  pul  olib  sanab  qo’ysa  –  u  g’irt  aroqxo’r  ekaniga 



 

15 

ishonasiz  qo’yasiz.  Vaholanki,  u  aroq  do’koni  oldida  boshqa  maqsadda  turgan,  pulni  esa 

kasal  yotgan  farzandiga  dori  olish  uchun  do’kon  egasidan  shoshilinchda  olgan  qarzini 

to’lash  uchun  sanayotgan  bo’lishi  mumkin. 

Yuqoridagi  kabi  misollarni  minglab  keltirish  mumkin.  Xulosa  esa  aniq  –  dunyoni 

aqlimiz  o’rnatgan  qoidalar  asosida  baholash,  atrofingizda  aslida  kechayotgan 

jarayonlarni  ko’ra bilmaslik  degani. 

Ammo  eng  katta muammo  bundamas  hali. 

Eng  achinarlisi,  aqlining  gapiga  ergashishda  o’ta  chuqurlashib  ketgan  odam 

shaxsiy,  ya’ni  ma’naviy  o’sishdan  to’xtab  qoladi.  Buning  eng  yaqqol  misoli  –  hamma 

narsani  bilishga  da’vo  qilgan  odamdir.  U  o’z  bilim  va  tushunchalariga  shu  qadar  tobe 

bo’lib  qolganki,  o’zgalar  fikri  va qadriyatlari  uning  uchun  xato bo’lib  ko’rinaveradi. 

Albatta,  siz  bunday  odam  emassiz.  Bu  kitob  unday  odam  qo’liga  tushsa  edi,  u 

ensasi  qotib  yoki  masxaromuz  kulib,  kitobni  yelkasidan  oshirib  tashlagan  bo’lardi. 

To’g’rida  –  u  shundoq  ham  qanday  yashash  kerakligini  biladi,  bunda  unga  darslik  kerak 

emas. 

Biroq  har  birimizda  ana  shunday  o’zbilarmonlik  illati  ozmi-ko’pmi  bor.  Buni  tan 



olamizmi-yo’qmi,  har  birimiz  o’zgalar  fikrini  har  doim  ikkinchi  darajaga  qo’yamiz. 

Aqlingiz  hozir  “Nima  unda  boshqalarning  fikriga  qarab  yashashim  kerakmi?”  deb 

g’azablanayotganini  sezib  turibman.  Unga  qarshi  men  hech  narsa  demayman  –  chunki 

aqlingiz  har qanday  gapimni  inkor  qilishda  davom  etaveradi. 

Umuman,  men  sizning  aqlingiz  emas  –  qalbingiz  bilan  sirlashsam  degandim. 

Ammo,  avval  aytganimdek,  aqlingiz  qalbingizni  yetti  enli  devor  bilan  o’rab,  qamal  qilib 

olgan.  Ko’nglingiz  darvozalariga  kalladek  qulf  osib,  uning  kalitini  qaysar  posbonga 

topshirgan.  Shu  bois  ko’nglingizga  yo’l  topish  uchun  men  sizning  aqlingiz  bilan  sulhga 

bormasdan  ilojim  yo’q.  Kalitdor  posbonga  aniq  mantiqiy  isbotlardan  pora  berib,  uni 

avrab  darvozani  ochib  berishga  ko’ndirishga  urinib  ko’raman.  Agar  aqlingiz  toqatsizlik 

qilib,  meni  quvib  yubormasa  –  qalbim  aytgan  sirlar  qalbingizga  yetib  borishiga 

ishonaman. 

Inson  aqli  u  hayotida  shu  kungacha  olgan  bilimlardan  foydalanib  ish  ko’radi. 

Bolalikda  bizning  aqlimiz  bilimga  chanqoq,  yangilikka  intiluvchan  bo’ladi.  Shuning 

uchun  kattalarni  turli-tuman  savollar  bilan  qiynab  qo’yamiz.  Ba’zida  kattalar  yosh 

bolaning  savoliga  javob  bera  olmay  qoladi  –  bunda  savolning  javobi  ular  bilim  doirasiga 

kirmaydi. 

Ulg’ayib  borar  ekanmiz,  biz  bilgan  narsalar  ko’payib  boradi.  Avval  aytganimdek, 

aqlimiz  bilgan  narsalarini  qonun  qilib  o’rnatib  qo’yadi.  Borib-borib,  bunday  qonunlar 

shu  darajada  ko’payib  ketadiki,  ular  yangi  bilimga  intilish  istagini  yengib  ketadi.  Kishi 

o’z  hayotiy  tajribasiga  shubha  qilmaydi  va  hayotni  hozirgacha  bilgan  narsalari  doirasida 

tahlil  qilib  yashayveradi. 

Ammo  o’ylab  ko’ring.  Axir,  dunyo  – bu cheksiz haqiqatlar  makoni. 

Sathi  futbol  maydoniga  teng  oq  qog’ozni  tasavvur  qiling.  Mana  siz  uning  ustida 

yuribsiz.  Qo’lingizda  qalam.  Qani,  shu  qalam  bilan  qog’ozga  tangadek  aylana  chizing. 

Bo’ldimi?  Yaxshi.  Endi  uning  yoniga  koptokdek  aylana  chizing.  Buni  ham 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə