Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32

 

12 

ularga  hurmat  ko’rsatishsin.  Lekin  aynan  shu  e’tibor  talablik  ortidan  biz  ko’pincha 

e’tibordan  chetda  qolamiz. 

O’ylab  ko’rsa,  odamdagi  har  qanday  salbiy  jihat  –  bu  aqlning  mevasi.  Nafrat, 

jirkanish,  g’urur,  kibr,  hasad,  rashk,  gina  kabi  tuyg’ular;  xudbinlik,  xasislik, 

tortinchoqlik,  shoshqaloqlik,  o’zbilarmonlik  kabi  fe’l-atvor  jihatlari  aql  faoliyati 

natijasi.  Hayvonlarga  bu  narsalar  begona  –  sher  kiyikni  yemoqchi  bo’lib  quvganda  unga 

nisbatan  na  g’azab  va  na  nafrat  his  etadi.  Ammo  biz  bu  holatni  ko’rsak,  sherga  nisbatan 

g’azab,  kiyikka  nisbatan  achinish  tuyg’usini  his  etamiz.  Nima  ham  qilardik  –  ongimiz 

shunaqa  tuzilgan.  U har doim  hamma  narsaga  o’z bahosini  berishga  ko’nikib  qolgan. 

Hech  qachon  hayotda  xato  qilishdan  qo’rqmang  –  xato  qilmaslik  uchun  hech  narsa 

qilmaslik  kerak.  Hech  bir  odam  xato  ishlardan  sug’urta  qilinmagan  –  beayb  Parvardigor. 

Biroq  xatoning  oldini  olishning  birgina  muhim  tamoyili  bor:  har  qanday  qaror  qabul 

qilinishida  qalbingiz  ishtirok  etsin.  Agar  biror  ishga  ahd  qilsangiz-u,  ko’nglingiz  bu 

qaroringizdan  notinch  bo’lsa  – bu ishdan  voz  kechganingiz  ma’qul. 

Hammasi  shunchalar  oson  –  ham  qiyin.  Qiyinligi  shundaki,  odamlar  o’z  qalbiga 

quloq  solish  qobiliyatini  yo’qotib  bormoqdalar  va  yuqoridagi  tavsiyalar  amaliy  foyda 

bermasligi  mumkin. 

Bilasizmi,  aql  va  qalb  –  ko’pincha  har  xil  narsani  istaganlari  bilan  –  bir  maqsadni, 

ya’ni  sizning  farovonligingizni  ko’zlaydilar.  Faqat  aql  bunda  ustunlikka  intilaveradi. 

Aslida  esa  qaror  qabul  qilishga  qalb  ixtisoslashgan  –  aql  esa  bu  qarorni  amalga  oshirish 

yo’llarini  izlash  bilan  shug’ullangani  ma’qul.  Agar  vazifalar  shunday  taqsimlanishiga 

erisha  olinsa,  hayotda  inson  afsuslanadigan  narsalar  deyarli  qolmaydi. 



Aql  bilan  qalbni  do’stlashtiring  –  ular  ittifoqqa  kirishsa, siz bu dunyoda qila 

olmaydigan ish bo’lmaydi

Ko’pchiligimiz  birovning  aqllilik  darajasini  uning  bilimdonligi  bilan  o’lchaymiz. 

Ammo  aql  –  bu  bilim,  bilim  esa  –  bu  aql  emas.  Aqlli  odam  bilimsiz  bo’lishi,  bilimli 

odam  aqlsiz  bo’lishi  mumkin  (bunga  hayron  bo’lmang).  Qadimgilar  bizdan  oz  narsa 

bilishgan,  lekin  shu  oz  bilimdan  ham  unumli  foydalanib  yashashgan.  Biz,  axborot  asri 

odamlari,  ulardan  ancha  ko’proq  narsani  bilamiz  –  ammo  shundayam  aqliy  faoliyatda 

ajdodlarimizchalik  bo’lolganimiz  yo’q.  

Bilimga  aqlsiz  ham  ega  bo’lish  mumkin.  Sherdan  qochayotgan  kiyik  yirtqich  unga 

yetib  olsa,  uning  hayoti  barham  topishini  biladi  –  garchi  buni  anglamasa  ham.  Bu 

bilimni  unga  qalbi  yetkazadi.  Bu bilimni  unga  tabiat  ato etgan. 

Aslida  qalb  dunyo  bilimlari  maydoniga  to’g’ridan-to’g’ri  ulana  oladi.  Ko’ngilning 

bu  qobiliyatidan  boshqa  jonzotlar  ustalik  bilan  foydalanadilar.  Inson  esa  aqliga  tayanib 

atrof  dunyoni  o’rganishga  shu  darajada  ko’nikib  ketganki,  buni  qalbi  orqali  amalga 

oshirish  qobiliyatini  sustlashtirib  qo’ygan. 

Intuitsiya  (qalb  bilimi)  shu  darajada  to’g’ri  ishlaydiki,  ko’pchiligimiz  bunga 

shaxsan  amin  bo’lganmiz  va  buni  rad  eta  olmaymiz.  Biror  ishga  ko’nglingiz  bo’lmasa, 

biror  joyga  oyog’ingiz  tortmasa  yoki  ichingizda  nimadir  sizga  biror  ishni  buyurib  qolsa 

–  siz  bilan  qalbingiz  so’zlashyapti  demak.  Ona  farzandi  uzoq  safardan  qaytayotganini 

sezib  turadi.  Ba’zi  odamlar  esa  o’z  hayotlari  poyoniga  yetayotganini  avvaldan  bilib, 

bunga  tayyorgarlik  ko’ra boshlaydilar. 




 

13 

Qalb  bilishi  mumkin  bo’lgan  narsalar  na  vaqtda  va  na  fazoda  cheklangan  bo’ladi. 

Aqlga  esa  ma’lumot  olish  uchun  vosita  kerak  (ko’z,  quloq  va  boshqa  sezgi  organlari 

kabi).  Ko’ngil  bilmagan  narsani  aql  bilishi  mumkin  emas  –  ammo  aql  bilmaganini  qalb 

biladi.  Intuitiv  bilimlar  shuning  uchun  har  doim  to’g’ri  bo’ladi. 

Bu  dunyoda  boshqalardan  ko’proq  yoki  ozroq  biladigan  odam  yo’q  –  har 

birimizda  cheksiz  bilim  manbai  –  qalbimiz  bor.  Dunyo  degan  muallimdan  saboq  olib, 

qalb  degan  darslikdan  ko’proq mutolaa  qilib  tursak  – baxt  uchun  ana shu  yetarli. 

Gaplarim  xuddi  telbalikni  targ’ib  qilayotgandek  tuyulishi  mumkin.  Ammo  mening 

maqsadim  sizda  aqldan  voz  kechish  istagini  uyg’otish  emas.  To’g’ri,  telba  odam  baxtli 

yashaydi,  chunki  u  g’am-tashvishni  bilmaydi,  anglamaydi.  Ammo,  unutmangki,  u  baxtli 

hayot  kechirayotganini  ham  anglay  olmaydi. 

Hayvon 

va 


o’simliklarning 

buyukligi 

shundaki, 

ular  o’z  buyukliklarini 

bilmaydilar 

va 


undan 

mag’rurlanmaydilar. 

Bizning 

baxtimiz 

shundaki, 

biz 


hayotimizning  baxtli  onlarini  idrokan  his  eta  olamiz,  bunga  shukrona  keltira  bilamiz. 

Balki,  bizning  yagona  buyukligimiz  ham  ana shundadir… 

Bo’ldi.  Endi  kitobni  yoping-da,  kamida  bir  soat  dam  oling.  Bu  vaqtda  bugunga 

rejalashtirgan  boshqa  ishlaringizni  qilib  olishingiz  mumkin.  Faqat  u  qog’ozga  tikilib 

qilinadigan  ish  bo’lmasin.  Ko’zingizga  dam  bering  –  sayrga  chiqsangiz  ham  mayli.  Bu 

muddat  sizdagi  ishtiyoq  darajasi  biroz  ko’tarilib  olishi  uchun  zarur. 

Bir  soatdan  so’ng  ko’rishamiz. 

 

Qamaldagi shaxsiyat 

Keling,  sizga  bir  ertak aytib  beray. 

Qadim-qadim  zamonlarda  bir  shahar  bo’lgan  ekan.  Uning  bir  zolim  podshohi 

bo’lib,  u  faqat  o’z  bilganicha  ish  tutar,  na  vazirlarining  maslahatlariga  va  na  shahar 

aholisining  arzlariga  quloq  solar  ekan. 

Uzoq  o’lkalardan  keluvchi  savdogarlar  shaharliklarga  boshqa  mamlakatlarda 

odamlar  qanday  erkin  yashashlari,  madaniy  rivojlanishda  katta  yutuqlarga  erishgani,  o’z 

tabiatlarini  ma’naviy  yuksak  qilib  tarbiyalashgani  haqida  aytib  berar  ekan.  Shaharliklar 

bu  gaplarni  havas  va  nadomat  bilan  eshitar,  borgan  sari  o’z  shohlaridan  norozi  bo’lib 

qolishar  ekan. 

Aholi  orasida  bunday  norozilikni  bartaraf  etish  va  bo’lg’usi  g’alayonlarning  oldini 

olish  uchun  makkor  shoh  o’z  shahri  darvozalarini  batamom  berkitib,  shaharni  tashqi 

dunyodan  uzib  qo’yishga  qaror qilibdi. 

Bu  qarori  shaharliklarning  kuchli  noroziligiga  sabab  bo’lishini  bilgan  shoh 

vaziyatdan  chiqib  ketishning  juda  ayyor  yo’lini  topibdi.  U  o’z  askarlarining  bir  qismini 

tunda  yashirincha  shahar  tashqarisiga  olib  chiqib,  ularni  o’zga  mamlakat  askarlaridek 

kiyintiribdi.  Ularga  tong  otishi  bilan  shaharga  hujum  qilib,  uni  qamalga  olishni 

buyuribdi. 

Ertasiga  soxta  lashkar  shaharga  hujum  qilibdi.  Shoh  himoyalanish  vaji  bilan 

shahar  darvozalarini  mustahkam  berkitishni  buyurib,  har  bir  darvozaga  qattiqqo’l  soqchi 

qo’yibdi.  Kimki  shahardan  chiqishga  harakat  qilsa,  u  dushmanga  sotilgan  xoin  sifatida 

qatl  etilishi  e’lon  qilinibdi. 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə