Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32

 

21 

Ya’ni  o’zingizdan  nega  aynan  u  sizni  xafa  qilganini  so’raysiz.  Xo’sh,  boshqasi 

xafa  qilishi  kerakmidi?  Yoki  boshqasi  sizga  u  aytgan  gaplarni  aytganda  xafa 

bo’lmasmidingiz?  Sizga  xatoyingiz  haqida,  aytaylik,  yaqin  do’stingiz  aytsa,  buni  yengil 

qabul  qilasiz.  Ammo  siz  unchalik  suymagan  odamdan  buni  eshitsangiz  –  tamom!  Bu  siz 

uchun  oxirzamon  degani!  Har  xil  odamdan  eshitgan  gaplarga  har  xil  munosabatda 

bo’lish  –  odam  ajratishdan  boshqa  narsa  emas.  Axir,  sizga  dushmaningiz  bo’lsa  ham 

xatoyingiz  haqida  gapirsa  – bu uni  to’g’rilashga  imkon  emasmi? 

“U  meni  nega  xafa  qildi?” 

Ya’ni  u  nega  aynan  sizni  xafa  qilgani.  Bu  holat  –  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  eng 

junbushga  kelgan  holat.  Rostdan  ham,  u  nega  sizdek  beg’ubor,  beozor  va  bekam  odamni 

xafa  qildi?  Men  ham  begunoh  emasman  deysizmi?  Unda  nimaga  u  sizni  xafa  qilmasligi 

kerak?  U  boshqa  birovni  xafa  qilganda  bunchalik  kuyunmagan  bo’lardingiz  – 

shundaymi? 

To’g’ri  –  ba’zida  biz  mutlaqo  aybsiz  bo’la  turib,  bo’xton  qurboniga  aylanib 

qolamiz.  Ammo  juda  ko’p  hollarda  bo’lib  o’tgan  voqeada  bizning  ham  oz  bo’lsa-da 

hissamiz  bo’ladi.  Qars ikki  qo’ldan  chiqadi  deb bekorga aytishmagan. 

Eng  qizig’i,  biz  boshimizga  tushgan  tashvishda  taqdir  va  Yaratganni  ham  shunday 

ayblab  qo’yamiz.  “Qaysi  gunohim  uchun?”  kabi  savollar  aslida  “Mendek  beayb 

bandangga  qilmagan  gunohi  uchun  nega  jazo  berding?”  degani.  Uni  qarangki,  juda  kam 

odam  baxtga  erishganda  “Qaysi  qilgan  savoblarim  uchun  menga  bu  baxtni  ato  etding?” 

deb  so’raydi.  Shunaqa  –  gunohlarimizni  qisqa  xotirada  tutamiz-u,  savoblarimiz  temir 

daftarga  yoziladi.  Olgan  jazomiz  sababini  topa  olmaslik  quyidagicha  savollarga  olib 

keladi: 


“U  meni  nega  xafa  qildi?” 

Ba’zida  biz  kutgan  narsamiz  bo’lmaganidan  xafa  bo’lamiz.  Kimdandir  maqtov 

kutasiz-u,  u  sizni  boplab  tanqid  qilib  beradi.  Kimdandir  e’tibor  kutasiz  –  u  sizni  tanimay 

o’tib  ketadi.  Yana  kimdandir  mehr  kutasiz  –  u  sizga  g’ayirlik  qiladi  yoki  boshqa  birovga 

mehr  ko’rsatadi.  Shunda  o’zingizga: 

“U  meni  nega  xafa  qildi?” 

deb  savol  berasiz.  Axir,  undan  bir  narsa  kutgan  siz.  O’sha  siz  kutgan  narsani  bermasa  – 

bu  u  sizga  nisbatan  nohaqlik  qilgani  emas.  Axir,  u  ham  alohida  shaxs,  uning  ham  o’z 

niyatlari  va  rejalari  bor.  Balki,  u  mutlaqo  siz  undan  biror  narsaga  umidvor 

bo’layotganingizni  bilmas.  Bu holatda  biror  kimdan  xafa  bo’lish  mutlaqo  o’rinsiz. 

Yuqoridagi  misollar  sizni  birov  xafa  qilgan  holatda  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi 

o’zini  qanday  tutishini  ko’rsatadi.  Ammo  bu  tuyg’u  hayotingizning  har  jabhasida  sizni 

boshqaradi.  O’zingiz  va  odamlar  bilan  munosabatlaringizda  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi 

eng  yetakchi  kuchdir. 

Shaxsiy  muhimlik  tuyg’usining  eng  oliy  ko’rinishi  –  bu  xudbinlikdir.  Egoist  odam 

o’zini  har  kim  va  har  narsadan  ustun  qo’yadi  –  o’z  manfaatlari  yo’lida  har  kimning  his-

tuyg’ulari,  orzu-umidlari  va  tinch  hayotini  qurbon  qilishga  tayyor.  Ishonchim  komilki, 

siz  bunday  odam emassiz.  Aks holda  bu kitob sizning  qo’lingizga  kelib  tushmas  edi. 

G’urur  –  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usining  boshqa  bir  ko’rinishi.  U  bizni  o’ylamay 

ish  tutishga,  birovdan  asossiz  xafa  bo’lishga,  o’z  xatti-harakatlarimizni  cheklashga 




 

22 

majbur  qiladi.  Hech  hayotda  istagan  narsangizni  qilishga  g’ururingiz  yo’l  qo’ymagan 

holat  bo’lganmi?  Aytaylik,  siz  o’zingizdan  quyi  hisoblagan  odamga  nisbatan  xato 

qildingiz  va  bu  xatoyingizni  anglab  yetdingiz.  Undan  borib  uzr  so’rashga  g’ururingiz 

yo’l  qo’yarmidi?  Buni  qilgan  taqdiringizda  ham,  juda  qiynalib,  o’zingizni  yengib  o’tib 

qilasiz. 

Masalan,  yosh  o’qituvchi  dars  davomida  bir  tenglamani  xato  yozib  ketsa-yu, 

o’quvchisi  buni  ko’rsatib  bersa  –  bu  xatoni  tan  olish  ustoz  uchun  qiyin  bo’ladi.  Juda 

kuchli  shaxsiyat  egalarigina  bunday  holatlarda  g’ururlarini  jilovlab,  o’z  ayblariga  iqror 

bo’la  oladilar. 

Har  qanday  holatda  ham  o’z  kamchiligingizni  tan  ola  biling.  Bu  bilan  siz  zinhor 

kimdandir  pastroq  ekaningizni  tan  olgan  bo’lmaysiz.  Aksincha,  atrofdagilar  sizdagi 



shaxsiyat  kuchi  darajasidan  hayratga  tushadilar  va  o’zlari  bilmagan  holda  sizning 

ustunligingizga  tan beradilar.  Bu  sirni  yodda  tuting. 

Kibr  va  manmanlik  –  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usining  eng  kulguli  qiyofasi.  Bunda 

kishi  o’zi  arzimagan  darajani  o’ziga  zo’r-zo’rakay  ilib  olgan  bo’ladi.  Bu  xuddi  yosh 

qizaloq  opasining  uzun  ko’ylagini  kiyib  olib  maqtanishiga  o’xshaydi. 

Kibrli  shaxslarning  asl  muammosi  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  emas  –  balki 

kuchsiz  shaxsiyatdir.  Ular  o’zlarini  aslida  hammadan  past  deb  biladilar  va  shu  holatni 

o’zgalardan  yashirish  uchun  hammaga  past nazarda  qaraydilar. 

Shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  foydadan  ko’p  zarar  keltiradi.  Uning  eng  katta  zarari  – 

u sizning  hayotiy  quvvatingiz  asossiz  sarflanishiga  sabab bo’lishidir. 

Xo’sh,  undan  qanday  qilib  qutulish  mumkin?  Buning  deyarli  iloji  yo’q.  Uzog’i 

bilan,  siz  bu  tuyg’uni  nazorat  ostiga  olishingiz  mumkin.  Buni  qanday  qilish  mumkinligi 

haqida  endi  sirlashamiz. 

 

Men – hech kim 

Shaxsiy  muhimlik  tuyg’usini  jilovlash  yo’llari  haqida  gapirishdan  avval  men  sizga 

bir  hayotiy  misol  keltirib  o’tay. 

Men  bu  kitobni  yozishdan  avval  kitobxonlarga  aynan  nima  kerakligini  aniqlashga 

qaror  qildim.  Shu  maqsadda  men  internetda  maxsus  sayt  ochdim.  U  orqali  istagan  odam 

menga  o’z  hayotiy  va  ruhiy  tashvishlari  haqida  savol  yozib,  maslahat  va  takliflar  olishi 

mumkin  edi.  Yuzlab  xatlar  ichida  bir  maktub  menga  juda  qiziq  tuyuldi.  Unda  quyidagi 

savol  berilgan  edi: 



Siz kimsizki, odamlarga qanday yashash kerakligini o’rgatsangiz? Sizga bunday 

huquqni kim berdi? 

Avvaliga  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  bu  savolga  javob  yozmaslikni  buyurdi. 

Ammo  keyin  aynan  shu  savol  menga  foydali  ekanini  anglab  qoldim  –  u  shaxsiy 

muhimlik  tuyg’usi  hali  ham  qarorlarimga  aralashayotganini  ko’rsatib  berdi.  Ko’nglimni 

bir  joyga  qo’yib,  xat  egasiga  javob yozdim: 

“Savolingiz  juda  o’rinli.  Men  –  hech  kim  emasman.  Hayron  bo’lmang. 

Agar  siz  odamlarga  yashashni  o’rgatish  uchun  kishi  “kimdir”  bo’lishi  kerak  deb 

hisoblasangiz  – unda  men  o’sha  kimdir  emasman. 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə