Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32

 

10 

Iblisning  makriga  ishongan  Odam  va  Havo  qiziquvchanlik  qilib  man  qilingan 

mevadan  uzib  yeb  ko’rishibdi.  Meva  og’zilariga  tegishi  bilan  ularga  aql-farosat  bitib, 

o’z  yalang’ochliklarini  anglab  uyalib,  daraxt  barglari  bilan  uyatli  joylarini  to’sib 

qolishibdi. 

Odam va Havoga  man  qilingan  meva  – aql mevasi  ekan... 

Har  birimizda  ikki  dunyo  mujassam  –  qalb  va  aql.  Ko’pincha  ikkisi  ziddiyatda. 

To’g’rirog’i  –  aql  qalbga  qarshi  chiqib  qoladi.  Qalb  –  o’z-o’zicha  mukammal  dunyo.  U 

ziddiyatga  borishni,  g’azablanishni,  xafa  bo’lishni,  yomon  ko’rishni  bilmaydi.  U  faqat 

sevishni  va  ezgulikka  intilishni  biladi. 

Biroq  aql  nuqsonlardan  holi  emas.  U  g’arazgo’y,  arazgo’y,  manfaatparast  va 

kaltabin.  Ha-ha  –  aql  oxirini  ko’ra  bilmay  ish  qilishga  usta.  U  mudom  rejalar  tuzadi, 

hisob-kitob  qiladi,  ishonadi,  umid  qiladi,  istaydi,  izlaydi  –  ammo  uning  aytganlari  har 

doim  ham  to’g’ri  chiqavermaydi.  Chunki  u – qalbchalik  mukammal  emas. 

Barchamiz  mukammal  qalb  bilan  dunyoga  kelamiz.  Chaqaloqning  aqli  –  oppoq 

qog’ozdek,  unga  hali  hech  narsa  yozilmagan.  Ammo  bu  uzoqqa  bormaydi  –  yashash 

muhiti  va  ota-ona  darhol  qo’llariga  qalam  olib,  o’z  tushunchalaridan  kelib  chiqqan 

holda,  bu  oq  qog’ozni  yozuv  bilan  to’ldira  boshlaydilar.  Bu  jarayon  butun  umr  davom 

etadi  –  oila,  maktab,  jamiyat  o’z  haqiqatlarini  kishi  onggiga  dastur  tarzida  kiritib 

boraveradi. 

Siz-u  biz  shunchalar  ishongan  aql ana shunday  shakllanadi. 

Dunyoda  bajarilishi  shart  bo’lgan  bir  qonun  borki,  uning  oldida  barchamiz 

ojizmiz.  Bu,  albatta,  muvozanat  qonuni.  Odamzod  ham  o’ziga  xos  qarama-qarshiliklar 

to’plami  –  bir  yoqda  ezgulik  mayog’i  bo’lmish  qalb  tursa,  boshqa  tomonda  manfaat 

ta’qibchisi  – aql turadi. 

Hech  o’ylab  ko’rganmisiz  –  nima  uchun  aqlsiz  jonzotlar  Oxirzamonda  ajrsiz 

Jannatga  kiritiladi?  Nima  uchun  telba  odamni  ko’pincha  begunoh  banda  deyishadi? 

Chunki  ularda  aql  yo’q.  Biz  odamlar  aqlimizga  ishonib,  shu  darajaga  yetganmizki, 

o’zimizni 

Tangrining 

boshqa 

mavjudot-u 



mahluqotlaridan 

yuqori 


hisoblaymiz. 

To’g’rida,  axir,  odamni  hayvon  bilan  tenglashtirish  – gunohi  azim.  Shundaymikan?.. 

Aqlsiz  hayvon  faqat  qorni  ochsa  yoki  o’zi  va  nasli  hayotiga  xavf  tug’ilsagina 

boshqa  jonzotni  o’ldiradi.  Ongli  inson  esa  –  shunchaki,  maroq  uchun  ham  o’ldiraveradi 

(ovga  chiqmaganmisiz?).  Aqlsiz  hayvon  faqat  mavsumi  kelib,  nasl  qoldirish  zarurati 

bo’lgandagina  jufti  bilan  qovushadi.  Ongli  odam  bo’lsa  istagan  paytda  istagancha 

shahvoniy  lazzatga  beriladi. 

Hayvonlarning,  va  umuman  –  har  qanday  tirik  jonzotning  ham  ruhi  –  qalbi  bor. 

Ular  ham  Tangrining  buyuk  qudrati  mevasi.  Dunyoda  bir  mavjudot  qolganlaridan 

yuqori  qilib  yaratilmagan.  Muqaddas  bitiklarda  bu  borliqdagi  ne’matlar  inson  hayotini 

farovon  etish  uchun  yaratilgani  aytiladi.  Bunday  ta’kidni  o’zini  “koinot  markazi”  deb 

bilgan  odamzod  juda  xato  tushungan.  Bunda  Yaratganning  marhamatini  ko’ra  bilish  va 

unga  shukr  keltirishga  ishora  etilgan  aslida.  Buni  qarangki,  o’sha  biz  o’zimizdan  quyi 

deb  bilgan  mavjudotlar  bizsiz  yashay  oladi  (yovvoyi  tabiatni  nazarda  tutsak)  –  biz  esa 

ularsiz  yashay  olmaymiz.  Ular  bizga  emas  – biz  ularga  qay darajadadir  tobemiz. 



 

11 

Ko’pchiligimiz  aql  va  qalb  tushunchalarini  farqlashga  qiynalamiz.  Misol  uchun 

“aqldan  ozgan”  iborasini  qanday  tushunasiz?  Sizningcha,  aqldan  ozgan  odam  pichoq 

olib,  o’ng-u  so’lda  hammani  so’yib  yurishi  mumkinmi? 

Aslida  bunday  odamning  aqli  ishdan  chiqmagan  –  balki  uning  qalbi  tamoman 

ko’mib  tashlangan.  Odamda  uni  xatti-harakatga  undovchi  ikki  kuch  bor  –  biri  qalb, 

boshqasi  aql.  Ko’p  hollarda  kishi  ko’ngli  istagan  narsasini  aqli  xohlamaydi  (ko’ngil 

muzqaymoq  yegisi  keladi  –  ammo  aql  tomoq  og’rib  qolishi  xavfini  sabab  qilib  buni  rad 

etadi).  Yoki  ko’ngil  istamagan  narsani  aql  xohlaydi  (ko’ngil  shu  odam  bilan  baxtli 

bo’lolmasligini,  uni  sevolmasligini  his  etib,  u  bilan  turmush  qurishni  istamaydi  –  ammo 

aql  bu  odamning  badavlatligini  ko’rib  bunga  rozi  bo’ladi).  Bunday  mayda  va  ba’zida, 

katta ikkilanishlar  hammamizda  bo’ladi. 

Afsuski,  qalb  va  aql  bahsida  ko’pincha  aql  ustun  keladi.  Ba’zi  odamlar 

ko’ngillariga  qarshi  kurashda  shu  darajaga  borib  yetadiki,  ularning  qalbi  qattiq  arazlab 

“o’z  g’ilofiga  o’ralib”  oladi.  Bunda  aql  “yakka  hukmron”ga  aylanadi  va  bosar-tusarini 

bilmay  qoladi.  Ruhan  hastalar  ana shunday  yetishib  chiqadi. 

Bunda  taxminan  shunday  holat  ro’y  beradi.  Aql  va  qalb  degan  ikki  bolakay  bor. 

Ular  dunyo  degan  katta  uyda  yashashadi  va  har  kuni  hayot  degan  o’yin  o’ynashadi. 

Ammo  har  kuni  bu  o’yinning  qoidalarini  aql  belgilaydi.  Bo’lmasamchi  –  axir,  u  hamma 

narsani  biladi.  Ko’ngil  esa  o’z  istaklarini  aql  buyruqlariga  qarshi  aytolmaydi  –  axir,  u 

juda  ko’ngilchan.  Bordi-yu  aytsa  ham,  aql  uni  darhol  koyib  beradi.  Oxir  oqibat  aqlning 

fe’lidan  zerikkan  qalb o’ynagisi  kelmay  qoladi  va bir  burchakka  qisilib,  jim  o’tiraveradi. 

Bekorga  psixiatrlar  o’z  bemorlarini  ko’ngliga  yo’l  topishga  harakat  qilmaydilar. 

Ular  o’yin  davomida  qattiq  arazlab  yoki  qo’rqib  ketganidan  katta  uyning  bir  burchagiga 

berkinib  olgan  bolakayni  topishlari  kerak.  Agar  ular  shu  bolakayni  topib,  uni  yupatib, 

unga  shirinlik  berib,  uni  avrab gapirtirib,  yana  o’yinga  qaytara  olishsa  – bemor  tuzaladi. 

Yuqorida  aytilgan  fikrlardan  kimdir  aql  insonni  faqat  yomon  qilmishlarga  undar 

ekan  deb  xulosa  qilishi  mumkin.  Men  aql  buyurgan  har  qanday  ish  xato 

demoqchimasman.  Faqat  shuni  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  aql  nimani  istamasin, 

buning  ortida  ilojsiz  qandaydir  manfaat  yotadi.  Bu  qanday  manfaat  ekanini  idrokning 

o’zi  ham  anglamasligi  mumkin. 

Dunyo  shunday  ajoyib  tuzilganki,  unda  manfaatga  erishishning  eng  samarali  yo’li 

–  manfaatsiz  ish  qilish.  Qalbingiz  doim  hech  bir  manfaat  ortidan  quvmagan  narsani 

buyuradi.  Yo’q, to’g’rirog’i,  uning  yagona  manfaati  – bu uning  istagi. 

Bunga  yana  yangi  tug’ilgan  chaqaloqni  misol  qilish  mumkin.  Uning  hali  ongi 

shakllanmagan.  U  istagan  narsasini  qiladi  –  ya’ni  ko’ngli  istagan  narsani.  Och  qolsa  – 

yig’laydi,  to’ysa  –  uxlaydi.  U  o’z  qalbi  istagidan  boshqa  narsalarning  ortidan  quvmaydi. 

Shuning  uchun  unga  hamma  narsa  beriladi  –  mehr,  e’tibor,  yashash  uchun  sharoit. 

Bolaligim  –  podsholigim  degani  bejiz  emas,  axir.  Bolalikdagi  bizning  tengsiz 

hokimiyatimiz  siri  –  hech  bir  manfaatsiz,  faqat  ko’ngil  amriga  bo’ysunib  qadam 

tashlashimizdadir

Ammo  kattalar  o’zlariga  e’tiborni  talab  qilib  o’rganishgan  –  bunga  ularni  aqllari 

undaydi.  To’g’ri-da,  ularning  bu  dunyoda  o’z  o’rnilari  bor,  shunga  yarasha  atrofdagilar 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə