Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

 

63 

Sevgi – bu sevilish emas 

Sevmoq – bu osmonga uchmoq demak dir 

Har gal qayta yerga qulamoq uchun 

Sevgi – bu urishdan tongan yurak dir 

Sevish – bu afyundir, sevilish – afsun 

Sevgi  – juda  oddiy  tushuncha. 

Ammo,  odamlar,  nimagadir,  uni  doim  murakkablashtirib  ko’rsatishga,  undan 

muammo  yasashga  harakat  qiladilar. 

Bilasizmi,  nimaga  sevgi  atrofida  buncha  ko’p  tashvish  mujassam?  Chunki 

muhabbat  –  eng  shartsiz  bo’lishi  kerak  bo’lgan  tuyg’u,  lekin  biz  unga  doim  shart 

yuklaymiz.  Aslida  sevgi  shoirlar  uni  ta’riflagandek  azobli,  zolim,  hijronli,  olovli, 

otashin  va  yana  qandaydir  og’riqli  emas.  Odamlar  bu  tuyg’u  bilan  taqdirlanishganda  uni 

tobelik  munosabatiga  aylantirishga  urinib,  undan  o’zlari  anduh  yasab  oladilar. 

Sevgi  –  ikki  qalb  muomalaga  kirishgan  holat.  Qalbingiz  uncha-munchaga  o’z 

sarhadlarini  boshqa  qalbga  ochib  bermaydi.  Ammo  u  o’z  hamrohini  topib,  unga  ochilsa 

–  unda  tamoman  hech  bir  cheklanish  va  himoyasiz  ochiladi.  Chindan  sevgan  odam 

mutlaqo  ojiz  bo’lib  qolishi  ana  shundan  –  o’zini  qo’rqmasdan  boshqa  qalb  egasiga 

ishonib  topshiradi. 

Sevgi  –  aqlning  hukmidan  tashqari  tuyg’u.  Aql  qiziqish,  ishtiyoq,  masrurlik  kabi 

hissiyotlarni  uyg’otishi  mumkin  –  biroq  uning  ishq  ustidan  hokimiyati  yo’q.  Sevgi  aqlni 

yengib,  odamni  uning  izmidan  olib  chiqib  ketishga  qodir  bo’lgan  kuch.  Shuning  uchun 

ham  aql unga  qarshi  astoydil  kurashadi. 

Biz  ana  shu  talvasaga  tushib  qolgan  aqlning  gapiga  kirib,  o’z  sevgimizni  azobga 

to’ldirib  tashlaymiz.  U  bizni  rashk  qilishga,  javob  sevgi  talab  qilishga,  arazlashga  va 

boshqa achinarli  xatti-harakatlarga  undaydi. 

Sevgining  ko’zi  ham  ko’r  emas.  Sevgi  boshqa  odamning  xato  va  kamchiliklarini 

hammadan  ham  yaqqol  ko’rib,  anglab  turadi.  Ammo  u  boshqa  odamning  qalbini  sevadi 

–  uning  aqliga  tegishli  bo’lgan  nuqsonlarga  esa  e’tibor  bermaydi.  Chunki  sevgi  inson 

qadri  uning  xatolardan  holi  qalbida  mujassam  ekanini  biladi. 

Agar  siz  sevgan  odamingiz  kamchiliklarini  ko’ra  bilmayotgan  bo’lsangiz  – 

demak,  siz  sevmaysiz.  Siz  boshqa  odamni  ilohiylashtirasiz,  xolos.  Bu  esa  sof  holdagi 

tobelik  munosabati.  Agar  sevgilingizni  iloh  darajasiga  ko’tarib  qo’ysangiz  –  siz  endi 

unga  tobesiz  degani  emasmi? 

Har  kim  umrida  bir  bora  bo’lsa  ham  kimnidir  sevadi.  Buni  u  tan  oladimi,  anglab 

yetadimi  yo’qmi  –  har  holda  sevgi  har  kimga  beriladi.  Ishqimiz  tushgan  odam  bilan 

birga  bo’lishga  intilish  –  tabiiy  holat.  U  bilan  yonma-yon  ko’ngil  xotirjamligiga 

erishamiz.  Ammo  har  doim  ham  bu  maqsadga  to’g’ri  yo’ldan  bormaymiz.  Sevgini 

tobelik 


munosabatiga  aylantirishga  intilishimiz  biz  va  sevgan  odamimizga  jabr 

yetkazishi  mumkin. 

Boshqa  odamni  sizni  sevishga  majburlay  olmaysiz.  Majburlash  yo’li  bilan 

nafratga  erishishingiz  mumkin,  xolos.  Buni,  anglashimcha,  hamma  biladi.  Siz  sevgan 

odamingizga  unga  erkinlik  beribgina  erishishingiz  mumkin.  Sevgan  odamingizga 

erishishning  eng  asosiy  siri  o’sha odamni  shartsiz  sevishdir




 

64 

Majburlash  samarasiz  yo’l  ekanini  bilsak  ham,  ko’pchiligimiz  aynan  shu  usuldan 

foydalanamiz.  Majburlash  deganda  aynan  jismoniy  kuch  ishlatishni  emas,  psixologik 

ta’sirni  ham  nazarda  tutyapman.  Misol  uchun,  “Men  sizni  sevaman  va  sizning 

sevgingizga  umidvorman”  deyish  majburlash.  Chunki  bunda  odam  sizga  nisbatan  o’zini 

burchli  his  etadi.  Agar  u  sizni  qattiq  hurmat  qilsa,  u  ko’nglingizni  o’g’ritmaslik  uchun 

sizga  yumshoq  munosabatda  bo’lishga,  sevgingizni  hurmat  qilishga  harakat  qiladi. 

Vaholanki,  burch  hissi  erkinlik  emas.  Siz  o’z  sevganingizdan  umidvor  bo’lib,  unga 

burch  yukini  yuklaysiz.  Axir,  o’zingizga  kimdir  sizdan  qattiq  umidvor  ekanini  aytsa, 

yelkangizga  mas’uliyat  tushganini  sezmasmidingiz? 

Siz  sevgingizni  shunday  izhor  etingki,  u  sevgilingizda  faqat  surur  uyg’otsin.  “Men 

sizni  sevaman  –  shunchaki,  hech  narsaga  da’vo  qilmasdan  sevaman”  kabi  izhor 

shartsizdir.  Bunday  izhorni  eshitgan  odam  uni  kimdir  hech  narsaga  qaramasdan,  evaziga 

hech  narsa  talab  qilmasdan,  hech  narsaga  umid  bog’lamasdan  shunchaki  sevishidan 

boshi  osmonga  yetadi.  Uni  shunchalar  hurmat  qilgan,  shunchalik  samimiy  sevgan 

odamning  bu  gaplari  qalbining  tubiga  yetib  boradi.  Va  siz  uning  uchun  eng  yaqin 

qalbdoshiga  aylanasiz.  Ana  shu  holdagina  javob  sevgiga  muyassar  bo’lishingiz  ehtimoli 

juda  yuqori. 

Agar  siz  sevgan  odamingizni  sovg’alar  bilan  zabt  etmoqchi  bo’lsangiz  –  demak, 

siz  uning  qalbini  emas,  aqlini  mo’ljalga  olgansiz.  Moddiy  manfaatga  aql  aldanadi  – 

ko’ngilga  bu  nayranglar  o’tmaydi.  Ko’ngil  uni  eshitishlarini,  uning  istaklarini  ham 

inobatga  olishlarini  va  unga  biror  kimni  sevishga  imkon  berishlarini  istaydi.  Ha-ha, 

mana  sizga  yana  bir  sir:  qalb  unga  kimnidir  sevishga  imkon  berishlarini  istaydi

Ko’nglimiz  mudom  kimgadir  mehr  berish  ilinji  bilan  yashaydi  –  u  mehr  bilan  nafas 

oladi,  olamga  mehr  bilan  qarab, unda  sevish  uchun  o’zga  qalb  axtaradi. 

Shunday  ekan,  birovning  sevgisiga  erishish  uchun  uning  qalbiga  yo’l  toping. 

Buning  uchun  unda  sevgi  uyg’otishga  intilish  emas  –  sevish  kerak.  Unutmang  –  sevgi 

bu  sevilish  emas.  Sizning qalbingiz ham sevishni istagani uchungina sevadi  – sevilishni 

istagani uchun emas.  

Ammo  bu  yo’lda  sizga  ikki  katta  kuch  to’sqinlik  qiladi:  avvalo,  bu  sizning 

aqlingiz.  Unga  tobe bo’lmaslik  haqida  biz  ko’p gaplashdik. 

Ikkinchi  g’ov  –  bu  sevgan  odamingizning  aqli.  Axir,  u  ham  o’z  shaxsiyati  ustidan 

hukmini  saqlab  qolishga  intiladi.  Siz  sovg’alarni  sevgan  odamingizning  aqlini  aldab 

o’tish  uchun  ishlatishingiz  mumkin.  Lekin  shu  bilan  aqlni  chalg’itib  qo’yib, 

sevganingizning  qalbiga  quloq  soling.  U  sizga  ishonib,  o’z  sarhadlarini  ochib  bergandan 

so’ng  esa – aqlning  zug’umi  tugaydi. 

Qalb  eshiklarini  bir-birlariga  ochib,  o’zlarini  chin  sevgi  ixtiyoriga  topshirgan 

hamrohlarga  men  hech  bir  maslahat  bermayman  –  ular  shundoq  ham  eng  to’g’ri  ishni 

qilishyapti.  Ammo  o’zini  sevishganlar  deb  atagan  hamma  juftlik  o’rtasida  ham  shartsiz 

sevgi  mavjud  emas.  Shunday  ekan,  o’z  muhabbatingizni  shartlar,  talablar  va  cheklovlar 

kishanidan  ozod  qilish  faqat  o’zingizga  havola.  Buni  uddalasangiz,  haqiqiy  sevgi 

qanday  sururli  ekanidan  hayron  qolasiz. 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə