Publitsistik nutq uslibi. Publitsistik maqolalar bilan tanishish va tahlil qilish. “men tanlagan soha va OAV” mavzusida esse yozish.
O`zbek tilshunosligida publisistik uslub T.Qurbonov tomonidan maxsus o`rganildi. Bu uslub OAV, xususan, gazeta, jurnal, radio, televideniye material-lari uslubidir. Tilshunoslik va jurnalistikada "publisistika janrlari", "gazeta janrlari" terminlari hozirgi vaqtda kam ishlatilmoqda. Adabiyotshunoslikda ham "publisistika janrlari" terminining qo`llanishi mustahkam o`rnini egallagan. Lekin o`zbek tilshunosligida "gazeta janrlari" termini hozirgacha o`zining aniq ifodasini, obyektini topgan emas, u "publisistika janrlari" termini bilan birga parallel qo`llanmoqda. Yana bir muammo shundaki, gazeta materiallari janrlar bo`yicha aniq o`z tasnifiga ega emas. O`zbek tilshunosligi va jurnalistikasidagi mavjud adabiyotlarda ular turlicha miqdorda umumiy tarzda sanaladi, xolos. Gazeta materiallarini janrlar bo`yicha guruhlarga ajratish e’tibordan hamon chetda qolib kelmoqda.
Rus tilshunosligida gazeta materiallari janrlari bo`yicha aniq tasnifiga ega. O`zbek vaqtli matbuotida ham XX asr boshidan janrlar yuzaga keldi. Vaqtli matbuot rivojlanishi bilan janrlarning o`ziga xos xususiyatlari, farqli tomonlari, yangi turlari paydo bo`ldi va taraqqiy etdi. Janrlar haqida fikr yuritilganda, o`zbek tilshunosligida "publisistik janr" deyiladimi yoki "gazeta janri"mi, bundan qat’iy nazar, ularning miqdori, to`liq turlari haqida aniq tasnif yo`qligi bu sohadagi ishni ancha murakkablashtirdi.
"Gazeta tili", "Gazeta janrlari uslubiyati" maxsus kurslari dasturi hamda "Jurnalistik ijod nazariyasi va amaliyoti (janrlar)" kursi dasturida gazeta janrlari va ularning tasnifi keltirilgan. Ularda o`zbek tilshunosligida "gazeta janrlari"ning belgilab berilganligini, janrlar tasnifidagi ba’zi turli xilliklarga qaramasdan, bu sohaga bir muncha aniqliklar kiritilganligini alohida ta’kidlash lozim.
T.Qurbonov tadqiqotlarida publisistik uslub janrlari ajratib ko`rsatilgan26. U publisistik uslubning quyidagi janrlarini qayd etgan: xabar, reportaj, korrespon-densiya, maqola, siyosiy maqola, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi maqola, ocherk, felyeton, pamflet, lavha,
felyeton) bilan birga ijtimoiy-analitik yoki informatsion-analitik (korres-pondensiya, maqola, reportaj) publisistika janrlarini ajratib ko`rsatadi. Olimning janrlarni alohida belgilariga qarab guruhlarga bo`lishi, ayniqsa, e’tiborga molikdir29.
Felyeton janrining tarixi, uning o`zbek matbuotida shakllanishi, taraqqiyoti haqida maxsus fikr yuritilgan tadqiqotda, u "matbuot janri", "satirik janr", "satirik-publisistika janri" terminlari ostida baholangan. O`rni bilan "adabiy va badiiy publisistika janrlari" termini ham qo`llanilgan. "Matbuot janrlari" sifatida informasion janrlar, korrespondensiya, oddiy tanqidiy maqola, bosh maqola, umum-siyosiy nazariy maqola, reportaj kabilar ham ajratib ko`rsatilgan. Tadqiqotchi turli terminlarni qorishiq (aralash) holda qo`llagan bo`lsa-da, felyeton janri-ning xususiyatlarini, asosan, matbuot janri sifatida, gazeta va jurnal-lar materiallari asosida yoritib bergan. Bu esa, matbuot janri, xususan, gazeta janri haqida alohida, badiiy publisistikadan farqli tarzda, mulohaza yuritish mumkinligini ham ko`rsatadi.
Publitsistika (lot. Publicus – ij-timoiy) — davrning ijtimoiy-siyosiy va boshqa dolzarb masalalariga bagʻishlangan adabiy ijod turi. P.ning vazifasi ij-timoiy fikr uygʻotish va uni shakllan-tirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirish, hujjatli faktmaʼlumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan ibo-rat. Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador oʻtmish va kelajak faktlari P.ning predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmogʻi ortgan sari publitsistning , yaʼni ijod-korning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifo-dalash tamoyili ham oshdi. P. Fan, sanʼat, adabiyot asarlari tarkibiga tobora koʻproq kirib bormoqda. Publitsistik roman, pyesa, kino asarlari pay-do boʻlmoqda.
O`zbek tilshunosligida publisistik uslub T.Qurbonov tomonidan maxsus o`rganildi17. Bu uslub OAV, xususan, gazeta, jurnal, radio, televideniye material-lari uslubidir. Tilshunoslik va jurnalistikada “publisistika janrlari”, “gazeta janrlari” terminlari hozirgi vaqtda kam ishlatilmoqda. Adabiyotshunoslikda ham “publisistika janrlari” terminining qo`llanishi mustahkam o`rnini egallagan. Lekin o`zbek tilshunosligida “gazeta janrlari” termini hozirgacha o`zining aniq ifodasini, obyektini topgan emas, u “publisistika janrlari” termini bilan birga parallel qo`llanmoqda. Yana bir muammo shundaki, gazeta materiallari janrlar bo`yicha aniq o`z tasnifiga ega emas. O`zbek tilshunosligi va jurnalistikasidagi mavjud adabiyotlarda ular turlicha miqdorda umumiy tarzda sanaladi, xolos. Gazeta materiallarini janrlar bo`yicha guruhlarga ajratish e’tibordan hamon chetda qolib kelmoqda.
A.Boboyeva "gazeta janrlari" mavjudligini tan olgan holda, axborot janrini ajratib ko`rsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka nisbatan ishlatgan terminlari ham ("ijtimoiy-publisistik", "badiiy-publisistik") diqqatni tortadi31.
Keyingi paytlarda o`zbek tilshunosligida "gazeta tili", "gazeta uslubi", "gazeta janrlari" tushunchalari tobora mustahkam o`rin egallamoqda. I.Toshaliyev "gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi"ni quyidagicha belgilaydi: "Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar". U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), korrespondensiya, maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) kabilarni o`z tasnifida qayd etgan32.
Matbuot, jumladan, gazetaning xarakterli xususiyatidan kelib chiqqanda, uning asosiy vazifasi informasiya (axborot) berish va badiiy-publisistik vositalar orqali obrazli tarzda ta’sir etish hamda boshqalardan iborat. Tadqiqotchilar matbuotning vazifasi va ifoda usullari hamda shakllaridan kelib chiqib, janrlar haqida gapirganda, "informasion" yoki "axborot" janrlari, "badiiy-publisistik janr", "analitik janr" terminlarini ishlatganlar.
A.Abdusaidov tadqiqotlarida gazeta tili quyidagicha tasnif asosida o`rganilgan: xronika-xabar, axborot-xabar, tanqidiy yoki satirik xabar, maxsus sarlavhalar ostidagi qisqa xabarlar, kengaytirilgan xabarlar. 2. Reportaj: shu kungi voqealar haqidagi reportaj, mavzuli reportaj, muammoli reportaj. 3. Hisobot: oddiy hisobot, tahliliy hisobot, mavzuli hisobot, muammoli hisobot, ilmiy hisobot, sud hisoboti, rasmiy voqyealar haqidagi hisobot. Intervyu: intervyu-monolog, intervyu-dialog, intervyu-lavha, portret-intervyu, davra-suhbat, matbuot konferensiyasi .
1. Korrespondensiya: axborot korrespondensiya, tahliliy korrespondensiya, muammoli korres-pondensiya, ijobiy korrespondensiya, tanqidiy korrespondensiya, portret korrespondensiya, mulohaza-korrespondensiya. 2. Maqola: bosh maqola, nazariy maqola, muammoli maqola, tanqidiy maqola, tashviqot xarakterdagi maqola, ilmiy-ma’rifiy maqola. 3. Taqriz. 4. Sharh: umumiy sharh, mavzuli sharh, axborot sharhi, matbuot sharhi. 5. Obzor: mavzuli obzor, umumiy obzor, axborot obzor. 6. Xat: gazetxon xati, ochiq xat, murojaat, tabrik, yozuvchi xati. 7. Kuzatish: umumiy kuzatish, mavzuli kuzatish
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |