Sohaviy leksika. Amaliy mashg‘ulot №3 3


Tilning leksik qatlamlariga oid



Yüklə 435,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix20.10.2023
ölçüsü435,15 Kb.
#128405
1   2   3   4   5   6   7   8
3 mavzu ona tili

Tilning leksik qatlamlariga oid: 
Bizni qurshab turgan olamdagi hamma, narsa 
va hodisalar uzluksiz o‘sishda-rivojlanishdadir. Masalan, hovlingizga ko‘chat ekdingiz. 
U ko‘karib, asta-sekin rivojlana boshlaydi, lekin uning rivojlanish jarayonini oddiy ko‘z 
bilan kuzata olmaysiz. Ko‘chat ekilgan holat bilan uning bir necha oy yoki yil o‘tgandan 
keyingi holatini solishtirsangiz, undagi ro‘y bergan o‘zgarishlarni payqaysiz. Xuddi 
shuningdek, siz bilan biz gaplashib turgan til ham muttasil rivojlanishda, o‘zgarishdadir. 


Bu o‘zgarishlarni shu tilning ikki davr oralig‘idagi holatiga qarab bilib olamiz. 
Masalan, Navoiy tili bilan hozirgi davrdagi o‘zbek tili yoki Fitrat, Cho‘lponlar davri 
bilan bugungi o‘zbek tilini solishtirsak, bu ikki davr oralig‘ida ro‘y bergan o‘zgarishlar 
leksikada ko‘proq aks etganini sezishimiz mumkin. Ko‘rinadiki, bunday o‘zgarishlar 
tilning lug‘at jamg‘armasida ko‘proq namoyon bo‘ladi, chunki xalqimiz tarixida ro‘y 
bergan iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o‘zgarishlar tufayli yangi so‘zlar kirib keladi, ayrim 
so‘zlar iste’moldan chiqib ketadi. Masalan, eski o‘zbek tiliga xos 
cherik (askar), o‘kush 
(ko‘p), talim (bir qancha) 
singari so‘zlar bugungi kunda qo‘llanilmaydi. Ular o‘zbek tili 
leksikasining eskirgan qatlamini tashkil qiladi. Ularga nisbatan eskirgan so‘zlar yoki 
arxaizmlar va istorizmlar atamasi ishlatiladi. Bunga zid o‘laroq 
konsalting, audit, 
sammit 
singari so‘zlar esa tilimizga endigina kirib kelyapti. Ular yangi paydo bo‘lgan 
so‘zlar, ya’ni neologizmlar sanaladi. Sobiq sho‘rolar davrida siyosiy 
byuro, pioner, 
komsomol, oktabryat 
singari so‘z va birikmalar faol qo‘llanilgan bo‘lsa, mustaqillik 
sharoitida bunday so‘zlarni ifodalaydigan tushunchalarga hayotda o‘rin qolmadi. 
Shuning uchun ular iste’moldan chiqib ketdi. Hozirgi kunda yangicha davlat va xo‘jalik 
boshqaruviga, bozor iqtisodiyotiga doir bir qator yangi so‘zlar paydo bo‘ldi. Ayrim eski 
o‘zbek tilida qo‘llanilgan so‘zlar yangitdan olib kirildi. Masalan, 
hokimiyat, hokimlik, 
vazir, vazirlik, devonxona 
va boshqalar. Shunday qilib, o‘zbek tili leksikasi turmushimiz 
uchun keraksiz bo‘lib qolgan tushunchalarni bildiruvchi so‘zlarning iste’moldan chiqib 
ketishi, yangi paydo bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlarning esa kirib kelishi 
hisobiga doimo o‘zgarib, rivojlanib, boyib boradi. 

Yüklə 435,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə