Sohaviy leksika. Amaliy mashg‘ulot №3 3



Yüklə 435,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix20.10.2023
ölçüsü435,15 Kb.
#128405
1   2   3   4   5   6   7   8
3 mavzu ona tili

Topshiriqlar 
1
 
-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni faol va passiv so‘zlarga ajrating. 
Yer, quyosh, odam, bashar, chaqmoq, uy, yo‘l, dinozavr, uzoq, imlo, g‘azal, 
koinot, ayol, odob, daryo, rejalashtirish, tabib, jadallashtirish, ekmoq, olim, 
magistratura, bakalavr, zilzila, toshqin, kuldi, sun’iy, agrotexnika, iste’mol, 
yig‘lamoq, yilnoma, yoqilg‘i, hafta, sut, qatiq, tovar. 
2
 
- topshiriq. Arxaik so‘zlarga ma’no jihatidan muqobil zamonaviy so‘zlar 
toping. 
Yog‘iy, dubulg‘a, bitik, cherik, firqa, yovuq, pud, qadoq, etmak, handasa. 
3
 
- topshiriq. So‘zlarning tarixiylik jihatidan qaysi qatlamga xosligini 
aniqlang. 
Qarol, feodal, rejissor, yulduz, tashabbus, Turkiston, rasadxona, ochilg‘on, 
teleskop, kuyov, teatr, malay, san’at, dizayn, arbob, epizod, rutba, musofirxona, 
mirshabxona, devon, milliy xavfsizlik, diplomatiya, aviasozlik, jumhuriyat, dukchi, 
charx, mug‘anniy, ashula, fermer, kompyuter, cho‘pchak, musallas, nota, professor, 
studiya, sanatsiya, asov, taqa, tarbiya, erk, ma’rifat, aravakash, mahliqo, qalandarlar, 
rafiq, mushk-u anbar, faytun, mehmon, g‘oyibona, g‘anim. 
4
 
- topshiriq. Quyidagi arxaik so‘zlarga ma’no jihatdan muqobil zamonaviy 
so‘zlar toping. 
Bitik, cherik, etmak, yog‘iy, dubulg‘a, firqa, yovuq, handasa, fasohat, 
fiqh. 


5
 
- topshiriq. A.Qahhorning «Jonfig‘on» hikoyasidan 
olingan parchani o‘qib, eskirgan va zamonaviy so‘zlarni toping 
va izohlang. 
Malohatxon Jonfig‘on izvoshchilikdan haydalgan yili
mahalladagi aktiv ayollarning himoyasi ostida, erining qarshiligiga 
qaramay, rayon Sovetiga farrosh bo‘lib ishga kirgan ekan, o‘qibdi, 
hademay savodi chiqibdi, bir yilbir yarim yildan keyin hatto 
majlislarda dokladchiga: «O‘rtoq, Sizga savolim bor», deydigan 
bo‘libdi. Rayon Sovetining shofyori Timchenko degan ayol uning 
sog‘lomligiga, kuchiga, abjirligiga, ayniqsa, zehniga qoyil bo‘lib 
yurar ekan, bir kuni uyga chaqirib, «sen shofyor bo‘lgin, nima 
yordam kerak bo‘lsa beraman», debdi. Malohat ham shunday bir 
narsani orzu qilib yurar ekan, darrov ko‘nibdi. Shundan keyin 
Timchenko uni birmuncha vaqt shofyorlar kursiga tayyorlabdi
oqibatda kirgizib ham qo‘yibdi. Jonfig‘on avvallari uning niyatiga, 
o‘qishga «notovon ko‘ngil..., orzuga ayb yo‘q» degan nazar bilan 
qarab yurar ekan, bir vaqt qarasaki, Malohat kursni bitirib, gruzovoy 
minib yuribdi! Jonfig‘on bunga ham ko‘nikibdi — «ha, endi, minsa 
minibdi-da, 
shu ham martabami, mashinani o‘zi o‘ylab 
chiqaribdimi» deb, o‘ziga tasalli beribdi, biroq Malohat ikki yilda 
uch marta mukofotlanibdi. Jonfig‘on mukofotni o‘z gazi bilan 
o‘lchagani uchun bunga ham uncha parvo qilmabdi. 
Tayanch tushunchalar eski qatlam, yangi qatlam, arxaizmlar, 
istorizmlar (eskirgan so‘zlar), neologizmlar (yangi paydo bo‘lgan 
so‘zlar). 

Yüklə 435,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə