Тузувчилар



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/69
tarix22.03.2024
ölçüsü5,08 Kb.
#180177
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Suyuqlik va gaz mexanikasi Tursunova E. (1)



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
 
TOSHKENT ARXITEKTURA - QURILISH INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
Suyuqlik va gaz
mexanikasi 
 
O‘QUV QO‘LLANMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2011 



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
 
TOSHKENT ARXITEKTURA - QURILISH INSTITUTI 
 
 
 
 
 
 
Suyuqlik va gaz
mexanikasi 
 
O‘QUV QO‘LLANMA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2011 



 
 
UDK 532.5.(075.8) 
Suyuqlik va gaz mexanikasi: o‘quv qo‘llanma / Tursunova E.A., Mukolyans A.A – 
Toshkent: TAQI, 2011. 
O‘quv qo‘llanma gidravlika kursiga oid dasturlar asosida tuzilgan, hamda o‘z ichiga 
quyidagi bo‘limlarni qamrab olgan: suyuqlikni qattiq jismdagi va gazlardan farqlanishi, 
suyuqliklarning 
asosiy 
fizik 
xossalari, 
gidrostatikaning 
asosiy 
qonuniyatlari, 
gidrodinamika asoslari hamda suyuqliklar kinematikasi.
O‘quv qo‘llanma bakalavr – talabalarning 5580000 – Qurilish ta’lim yo‘nalishlari 
uchun yo‘nalishlariga mo‘ljallangan. 
 
Toshkent Arxitektura – qurilish instituti ilmiy-uslubiy kengashining qaroriga asosan 
chop etildi. 
 
 
 
Taqrizchilar:
1.
TDTU “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” 
kafedrasi t.f.n., dos. D.K. Ergasheva
2.
TAQI “Qurilish materiallari va kimyo” kafedrasi 
mudiri, t.f.n., dos. S.M.Maxkamov. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
© Toshkent Arxitektura – qurilish instituti, 2011 
 



1 BOB 
Kirish. 
 
Suyuqlik va gaz mexanikasi (Gidravlika) fani va uning qisqacha tarixiy taraqqiyoti. 
Gidravlika gidroenergetika, irrigatsiya, tog‘-kon transporti, metallurgiya, suv 
ta’minoti va kanalizatsiya, neft mexanikasi kabi bir qancha fanlarga asos bo‘ladi. 
Gidravlika, 
gidromashinalar 
(turbinalar, 
nasoslar 
va 
kompressorlar) 
va 
gidrouzatmalarning umumiy masalalari hozirgi zamon fan va texnikasining har xil 
sohalarida e’tiborga olinadi. Bularga: gidrotexnik va gidroenergetik inshootlar qurilishi, 
neft quvurlari, suv bilan ta’minlash tarmoqlari, sug‘orish, metall qirquvchi stanoklarning 
loyihalari, avtomatlashgan liniyalar, robotlar, qurilish va yo‘l mashinalarini, tog‘-kon 
mashinalari, gidropnevmomashinalar va boshqalarni yaratish va ishlatishlar kiradi. 
Gidravlika ikki qismga b¢linadi: gidrostatika va gidrodinamika. 
Gidrostatika 
– suyuqliklarning nisbiy tinch holat qonuniyatlarini o‘rganib, ularni 
amaliyotda qo‘llash uchun uslubiyatlar yaratadi. 
Gidrodinamika 
– suyuqlikning harakat qonuniyatlarini va ularning paydo bo‘lish 
sabablarini o‘rganish bilan birgalikda ularning tuzilish strukturalarini ham o‘rganadi. 
Bu fanning tashkil topish tarixi ancha uzoq bo‘lib, bir necha ming yillik tarixni o‘z 
ichiga oladi. Umuman, insoniyat, suyuqliklar bilan ma’lum ma’noda munosabat o‘rnatishi 
bilan suyuqliklar haqidagi qonuniyatlarni o‘rganishga kirishgan. 
Gidravlika fani tarixida birinchi ilmiy asar – Arximed tomonidan yozilgan 
(eramizdan avvalgi 287-212 yillar), «Suzuvchi jismlar» trakti hisoblanadi. Arximeddan 
keyingi 17 asr mobaynida Gidravlika fani taraqqiyotida sezilarli yutuqlar bo‘lmagan. 
XV-XVI asrlarda Leonardo da Vinchi (1452-1519 yillar) - “Suvning harakati va 
o‘lchanishi” asarini yozdi, ammo bu asar 400 yildan keyin nashr etildi. S.Steven (1548-
1620 yillar) - “Boshlang‘ich gidrostatika”, Galileo Galiley (1564-1642 yillar), - 1612 yilda 
“Suvdagi jismlar tushunchasi va ularning harakati” maqolasini yozdi, YE.Torrichelli 
(1608-1647 yillar) - kichik teshikdan oqayotgan yopishqoq bo‘lmagan suyuqlikning 
tezligini aniqladi, B.Paskal (1623-1662 yillar) – suyuqliklarda bosimning tarqalish 
qonunini yaratdi, I.Nyuton (1643-1727 yillar) – 1686 yil suyuqliklardagi ichki ishqalanish 
tushunchasini berdi. 
Nazariy jihatdan, Gidravlika fani Peterburg Akademiyasining xaqiqiy a’zolari 
D.Bernulli (1700-1782 yillar), L.Eyler (1707-1783 yillar) va M.V.Lomonosov (1711.1765 
yillar) tomonidan rivojlantirildi. Gidravlika fani rivojida katta xizmat qilgan olimlardan - 
D.Poleni (1685-1761 yillar), A.Shezi (1718-1798 yillar), P.Dyubua (1734-1809 yillar), 
D.Venturi (1746-1822 yillar), YU.Veysbax (1806-1871 yillar), O.Reynolds (1842-1912 
yillar) va boshqalarni keltirish mumkin. 
XIX asrning ikkinchi yarmidan Rossiyada Gidravlika fani yanada taraqqiy etishiga 
quyidagi olimlar katta hissa qo‘shdilar. I.S.Gromika (1851.1889 yillar), D.I.Mendeleyev 
(1834-1907 yillar), N.P.Petrov (1836-1920 yillar), N.YE.Jukovskiy (1847-1921 yillar), 



N.N.Pavlovskiy (1884-1937 yillar) va keyingi yillarda I.I.Agroskin, YE.A.Zamarin, 
I.I.Levi, K.A.Mixaylov, M.D.Chertausov, R.R.Chugayev, A.A.Uginchus va boshqalar. 
Shuni ta’kidlash lozimki, fanning «Gidrodinamika» bo‘limi asoschisi D.Bernulli 
matematika qonuniyatlari asosida inson organizmida qonning harakatini o‘rganish bilan 
shug‘ullangan. Peterburg akademiyasining haqiqiy akademigi D.Bernulli «Nafas olish» 
nomli dissertatsiya yozgan bo‘lib, tabiatni matematika bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganish 
g‘oyasini targ‘ibot qilgan. Fikrimizning asosi sifatida uning zamondoshi L.Blyumentrostga 
yozgan xatidan quyidagilarni keltirish mumkin: 
«Nazarimda muskullar harakati, nafas olish, oziqlanish, ko‘rish, ovoz paydo bo‘lishi 
va boshqalarni o‘rganish borasida juda ko‘p kuzatishlar o‘tkazdim. …» 
Bundan tashqari uning zamondoshi E.Eyler ham «Gidrodinamika» fani 
rivojlanishiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan. U ham tabiatda suyuqlik harakatini 
matematik qonuniyatlar bilan asoslab o‘rgangan. Uning «Arteriyalardagi qon harakati 
trakti» ilmiy ishi bunga yaqqol dalildir. 
«Suyuqliklar mexanikasi» fanining eng rivojlangan davri sifatida XIX-XX asrlarni 
ko‘rsatish mumkin. Bu davrning mashhur tadqiqotchilari F.Forxgeymer (1852 – 1933 
yillar), M.Veber (1871 – 1951 yillar), Prandtl (1875 – 1953 yillar), M.A.Velikanov, (1879 
– 1964 yillar), B.A.Baxmetov (1880 – 1951 yillar), N.N.Pavlovskiy (1886 –1937 yillar), 
N.M.Bernadskiy (1882 – 1935 yillar) Rebok (1864 – 1950 yillar), Kox (1852 – 1923 
yillar) va boshqalardir. 
Gidravlika fani, asosan, ikki yo‘nalishda rivojlangan: 
1. Nazariy yo‘nalish – nazariya asoslarini matematik qonuniyatlar asosida o‘rganish. 
2. Texnik yo‘nalish, ya’ni suyuqliklarning nisbiy tinch holati va harakat 
qonuniyatlarini amaliyotda qo‘llashga doir tadqiqotlarni o‘tkazish va o‘rganish. 
Texnik yo‘nalish — suyuqliklarning texnik atamasi, ya’ni “Gidravlika” deb atala 
boshlagan. Amaliyotdagi muammolarni yechishni yengillashtirish uchun ayrim 
cheklanishlar va taxminlarga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘pgina hollarda suyuqliklar bilan bog‘liq 
fizik jarayonlarni o‘rganishda ma’lum masshtabdagi tadqiqot va eksperimentlar o‘tkazilib, 
ular natijasida, asosan, emperik va yarim emperik formulalar olinadi hamda hisob-kitob va 
loyixalashtirishda ulardan keng foydalaniladi.
Gidravlika so‘zi grekcha “xyudor” va “aulos” so‘zlari birikmasidan olingan bo‘lib, 
“suv” va “quvur” degan ma’nolarni bildiradi. 
Gidravlika qonunlari texnikaning barcha sohalarida qo‘llanilganligi uchun bu 
fanning amaliy ahamiyati benihoya kattadir. Gidravlika fanini qo‘llanish sohalari – 
gidrotexnika, suv xo‘jaligi va melioratsiya, gidroenergetikani suv bilan ta’minlash va 
kanalizatsiya, mashinasozlik, aviatsiya va xokazo. 
Ko‘p yillik arxeologik qazilmalar – yer sharining ko‘p qismida katta - katta 
gidrotexnik inshootlar bizning eramizdan ancha ilgari qurilganligini ko‘rsatadi. qadim 
zamonlarda, tajriba va kuzatishlarga asosan ko‘plab gidrotexnik inshootlar Markaziy 
Osiyo, Xitoy, Yegipet, Vavilon, Rim va Gretsiyada qurilgan. Ashxoboddagi (Annau) 



nurab ketgan injenerlik inshooti qadimda quruvchilar katta sug‘orish sistemalarini qurishni 
bilganliklaridan dalolat beradi. Masalan, juda qadimiy, hozirda ham ishlayotgan sug‘orish 
sistemasi – «Shoxrud» ming yillar ilgari O‘rta Osiyoda qurilgani bizni hayratga soladi. 
861 yilda Abul Abbos Axmad ibn Muxammad ibn al-Farg‘oniy (taxminan 797-865 yillar) 
qohira yaqinidagi Ravzo orolida nilometrni, ya’ni Nil daryosi suvi sathini belgilovchi 
uskunani yasagan. O‘zbek davlatchiligi asoschilaridan biri Amir Temur saroyida qurilgan 
favvora inshooti ko‘pchilik yevropalik elchilarni hayratga solganligi tarixiy manbalarda 
ta’kidlangan. Fikrimizning isboti sifatida fransuz yozuvchisi Lyusyen Keren tomonidan 
yozilgan «Amir Temur saltanati» asarida Ispaniya xukmdori Henri III ning Vatanimizga 
jo‘natgan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning kundaligida 1404 yil 8 sentabrdagi Ulug‘ 
Amir Temurning Samarqand shahri tashqarisidagi uchrashuvini quyidagicha ta’riflagan: 
Hukmdor (Amir Temur) hashamatli uy oldidagi shohsupa ustida o‘tirardi. Uning yonidagi 
favvora suvlari ancha balandga otilib, xovuzga qaytib tushar, hovuzda esa qizil olmalar 
suzib yurardi. Bu ma’lumotlar suyuqlik va suyuqlik oqimini o‘rganish va undan 
foydalanish bizning Vatanimizda qadimdan boshlanganligi haqida so‘z yuritishimizga asos 
bo‘ladi.
Suyuqlik va suyuqlik oqimi muammolarini o‘rganuvchi Gidravlika fani – fizika va 
nazariy mexanika qonunlariga asoslangan. Gidravlika fanida uchraydigan murakkab 
masalalarni hamma vaqt nazariya asosida yechib bo‘lmaydi. Nima uchun? Chunki, ro‘y 
berayotgan jarayonlarni matematik differensial tenglamalar yordamida tavsiflash 
mumkinligini bilamiz. Bu fizik jarayon matematik differensial tenglamalar yordamida 
yozilganda sistema tarkibidagi tenglamalar soni va bu tenglamaga kiruvchi noma’lum 
parametrlar orasida nomutanosiblik mavjud bo‘ladi hamda bu nomutanosiblikni hozirgi 
tafakkurimiz doirasida faqat amaliy tajribalar natijasiga asoslanib, talqin qilish mumkin. 
Shuning uchun gidravlikada amaliy tajribadan keng foydalaniladi, ya’ni ilmiy tajriba keng 
qo‘llaniladi. Gidravlikada amaliy tajriba yo‘li bilan birinchidan, nazariy formulalarga 
kiruvchi koeffitsiyentlar va tuzatishlar, ikkinchidan, tajribaga asoslangan yangi formulalar 
kashf etiladi. Nazariya bilan amaliy tajribaning o‘zaro aloqasi va ilmiy-tekshirish ishlarini 
keng tashkil etilishi Gidravlika fanini kelgusida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishida, xalq 
xo‘jaligida muhim masalalarni yechimini topishda amaliy imkoniyat yaratadi. 
Shunday qilib, Gidravlika faniga qisqacha quyidagicha ta’rif berish mumkin:

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə