Тузувчилар



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/69
tarix22.03.2024
ölçüsü5,08 Kb.
#180177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Suyuqlik va gaz mexanikasi Tursunova E. (1)

Gidravlika 
— tabiiy fanlardan biri bo‘lib, suyuqlikning nisbiy tinch holat va harakat 
qonuniyatlarini o‘rganadi va bu qonuniyatlarni kishilar jamiyatining mehnat faoliyatida 
qo‘llash uchun uslublar yaratadi.
Umuman, fan, o‘zining o‘rganilish jarayonida o‘ziga xos yo‘nalishlarga bo‘linadi. 
Masalan, qurilish mutaxasisliklarida gidravlik inshootlar qurilishiga va ekspluatatsiyasiga 
bog‘liq bo‘lgan muammolar bilan shug‘ullanadi yoki mashinasozlik, aviasozlik 
mutaxassisliklarida – bu sohalarga bog‘liq bo‘lgan fizik xodisalarni loyixalashtirish va 
ekspluatatsiya jarayonini o‘rganadi. 



Fanning rivojlanishi bilan hozirda, Gidravlika fanida o‘rganiladigan obyekt sifatida, 
nafaqat suvni, balki, barcha tabiatda mavjud bo‘lgan suyuqliklar qabul qilingan. Bo‘lg‘usi 
shifokorlarning ham fiziologiya fanini Gidravlika fani bilan qo‘shib o‘rganishi foydadan 
holi emas. Fikrimizning dalili sifatida Belgiyaning Gent universiteti «Gidravlika» 
kafedrasi olimlari tomonidan yaratilgan sun’iy inson yuragi modelidan sun’iy klapanlar 
sinovida keng foydalanayotganligini keltirish mumkin. Bu yo‘nalishda hozirda kafedramiz 
olimlari va ularning shogirdlari tomonidan izlanishlar olib borilayotganligini alohida 
ta’kidlash mumkin. 
Suyuqlik to‘g‘risida umumiy tushunchalar. 
Bizga ma’lumki, tabiatda uch xil modda mavjud: qattiq, suyuq va gaz yoki plazma 
ko‘rinishda. Harorat va bosimning o‘zgarishi natijasida suyuq jism qattiq yoki gazsimon 
holatga o‘tishi mumkin. Masalan, yuqori bosim ostida suv – muz kristalli holatga o‘tadi 
yoki aksincha, past bosim ostida gazsimon holatni qabul qiladi.
Suyuqliklar qattiq jismlarga qaraganda ¢z shaklini ushlab tura olmaydi va egallab 
turgan idish shaklini oladi. Suyuqliklar qattiq jismlarga nisbatan ¢z zarrachalarining juda 
harakatchanligi bilan farq qiladi va oquvchanlik hususiyatiga ega b¢ladi. 
Gidravlikada suyuqliklar ikki turga bo‘linadi: tomchilanuvchi va gazsimon. 
Suyuqlik deganda tomchilanuvchi suyuqlik tushuniladi. Ular gazsimonlarga qaraganda 
juda ham kichik va katta zichligi bilan farqlanadi; bularga, suv, spirt, neft, simob, turli 
moylar va boshqalar kiradi. Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha hususiyatga ega: 
1)
hajmi bosim ta’sirida juda kam o‘zgaradi; 
2)
temperatura o‘zgarishi bilan hajmi o‘zgaradi; 
3)
cho‘zuvchi kuchlarga deyarli qarshilik ko‘rsatmaydi; 
4)
sirtida molekulalararo qovushqoqlik kuchi yuzaga keladi va u sirt taranglik 
kuchini vujudga keltiradi. 
1.1-rasm. Suyuqlik oquvchanligini o‘rganish sxemasi 
Suyuqlikka quyidagicha ta’rif berish mumkin – tashqi bosim va harorat ta’siri ostida 
o‘z hajmini o‘zgartirmaydigan va oquvchanlik hususiyatiga ega bo‘lgan fizik jismga 
suyuqlik deb ataladi. 



Suyuqlikni oquvchanlik xususiyatining mohiya-tini tushunish uchun quyidagi 
hisoblash sxemasidan foydalanamiz (1.1–rasm) 

qattiq jism suyuqlikka botirilgan og‘irlik 
kuchi hisobiga ma’lum kuchlanishlar paydo bo’ladi. 
Agar jismda 
m
n
ixtiyoriy kesimni oladigan bo‘lsak, unda normal kuchlanishdan 
tashqari urinma kuchlanishlar ham mavjud bo‘ladi. Faraz qilaylik, 

- jism tinch holatda 
urinma kuchlanish ta’siriga bardosh berolmay, yemirila boshlaydi va idishning ko‘rinishini 
qabul qiladi. Boshqacha qilib aytganda, suyuqlik qattiq jismdan farqli o‘laroq, nisbiy tinch 
holatda turganida urinma kuchlanishiga ega bo‘lmaydi. 
Suyuqliklar tomchi va gazlarga bo‘linadi. Gidravlika kursida biz asosan 
tomchisimon suyuqliklarning qonuniyatlarini o‘rganamiz.
Tomchisimon suyuqlik deb
, oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan va biror idishga 
quyilganda shu idishni shaklini egallaydigan, amaliy siqilmaydigan fizik moddaga 
aytiladi.
 
Suyuqlik qattiq jismlardan molekulalar orasidagi tortishish kuchining juda kichikligi 
va oquvchanligi (siljuvchanligi) bilan farqlanadi. Shuningdek, suyuqlik, amalda o‘z 
hajmini o‘zgartirmaydi, tashqi kuchlar ta’sirida va haroratning o‘zgarishi bilan sezilmas 
darajada o‘zgaradi. Gazlar ham oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lish bilan bir qatorda, o‘z 
hajmlarini tashqi kuchlar ta’sirida o‘zgartiradilar. Tomchili suyuqliklarga - suv, benzin, 
kerosin, spirt va boshqalar kiradi. 
Kursimiz davomida 
“suyuqlik”
deganda, melioratsiya va gidrotexnika sohalarini 
qamrab olgan suv ko‘zda tutiladi. Suyuqliklar – ma’lum fizik xususiyatlari bilan bir-
biridan farqlanadi. Bulardan, Gidravlika fanini o‘rganishda asosiylari quyidagilar 
xisoblanadi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə