Soliq nazorati


Soliq nazoratining tarkibiy mazmuni



Yüklə 63,42 Kb.
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü63,42 Kb.
#153755
1   2   3   4   5   6   7
Sitoraxon S.N

Soliq nazoratining tarkibiy mazmuni
Soliq nazorati quyidagilarni o’z ichiga olgan:

  • Soliq to’lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishi nazoratining huquqiy asoslari

  • Хo’jalik sub’ektlari faoliyati bo’yicha davlat nazoratining tashkil etilishi

  • Хo’jalik sub’ektlari moliyaviy faoliyatini hujjatli tekshiruvlarini tashkil qilish va o’tkazish tartiblari

  • Yuridik shaxslarning pul mablag’larini taftishdan o’tkazish tartiblari

  • Naqd pul bilan muomala qiluvchi xo’jalik sub’ektlari tomonidan savdo va xizmat ko’rsatish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish tartiblari

  • Хo’jalik sub’ektlari faoliyatini tekshirilishi natijasida tayyorlanadigan tekshiruv materiallarini rasmiylashtirish tartiblari

  • Тekshiruv materiallarini shakllantirish va ro’yxatdan o’tkazish tartiblari

  • Soliq huquqbuzarliklari bo’yicha ma’muriy amaliyot yuritish tartiblari

Soliq nazoratining tarkibiy qismlarini tashkil qiluvchi mavzularning qisqacha mazmuniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, ular quyidagilardan iborat:
Soliq to’lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishi nazoratining huquqiy asoslari mavzusi doirasida O’zbekiston Respublikasida soliqlar va soliqqa tortish munosabatlariga bevosita daxldor bo’lgan va ushbu munosabatlarni tartibga solib turadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va mohiyati o’rganiladi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksidan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar Soliq Kodeksi bilan belgilanadi, o’zgartiriladi yoki bekor qilinadi. Soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksi qoidalariga muvofiq bo’lishi kerak. Normativ-huquqiy hujjatlar Soliq kodeksining qoidalariga muvofiq bo’lmagan taqdirda, Soliq kodeksi qoidalari qo’llaniladi. Хo’jalik sub’ektlari faoliyati bo’yicha davlat nazoratining tashkil etilishi mavzusi doirasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat (davlat tomonidan nazorat qilish vakolati berilgan organlar) tomonidan nazorat qilishning shakllari, turlari, prinsiplari va tartiblari o’rganiladi. Shu bilan birgalikda nazorat vakolatiga ega organlardan biri bo’lgan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq nazorati shakllari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy xo’jalik faoliyati bo’yicha soliq tekshiruvlarini tashkil qilish shakllari va turlari o’rganiladi.
Yuqoridagilardan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati bo’yicha nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tekshirishlar reja-jadvalini shakllantirish tartiblari o’rganiladi. Хo’jalik sub’ektlari moliyaviy faoliyatini hujjatli tekshiruvlarini tashkil qilish va o’tkazish tartiblari mavzusida bevosita xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish huquqiga ega organlar, ularning vakolatlari, tekshirish tartiblari, turlari va shakllari haqida bayon qilinadi. Bu mavzuda asosan soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlarining asosiy shakllaridan biri bo’lgan soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi)ni tashkil qilish va o’tkazish tartib qoidalari o’rganiladi. Yuridik shaxslarning pul mablag’larini taftishdan o’tkazish tartiblari mavzusida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’larini taftishdan o’tkazish tartiblari, jumladan, kassa opretsiyalarini taftish qilish, kassani bank operatsiyalarini taftish qilish tartib qoidalari o’rganiladi.
Naqd pul bilan muomala qiluvchi xo’jalik sub’ektlari tomonidan savdo va xizmat ko’rsatish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish tartiblari mavzusi doirasida naqd pul bilan muomala qiluvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tarkibi, naqd pulli hisob kitoblarni amalga oshirish, naqd pul mablag’larini inkasatsiya qilish tartib qoidalari, O’zbekiston Respublikasining savdo va xizmat ko’rsatish hamda ulgurji va chakana savdo tartib qoidalariga bog’liq me’yoriy huquqiy hujjatlari, ularda belgilangan normalar, plastik kartochkalar bilan savdo va xizmat ko’rsatish, soliq organlari tomonidan qisqa muddatli tekshirishlarni tashkil qilish va o’tkazish tartiblari, savdo va xizmat ko’rsatish tartib qoidalarini buzgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida fikrlar bayon etilgan.
Хo’jalik sub’ektlari faoliyatini tekshirilishi natijasida tayyorlanadigan tekshiruv materiallarini rasmiylashtirish tartiblari mavzusida esa soliq organlari tomonidan o’tkazilgan rejali va rejadan tashqari tekshirishlar natijalarini bo’yicha tekshirish dalolatnomalarini tuzish, ularni tegishli tartibda rasmiylashtirish tartib qoidalari haqida fikrlar bayon qilinadi. Тekshiruv materiallarini shakllantirish va ro’yxatdan o’tkazish tartiblari hamda soliq huquqbuzarliklari bo’yicha ma’muriy amaliyot yuritish tartiblari mavzulari doirasida tekshiruv materiallari (dalolatnomalar)ni soliq organlarida ro’yxatdan o’tkazish, ularni o’rganish, natijalari bo’yicha qaror qilish tartiblarini, tekshiriluvchilarga talabnomalar hamda xo’jalik sudlariga taqdimnomalar kiritish tartiblari, ma’muriy va moliyaviy jarimalarni qo’llash tartib qoidalari yoritilib berilgan. Yuqorida keltirilgan mavzular akademiya talabalariga soliq to’lovchilar faoliyatini to’liq nazorat qilib davlat byudjeti daromadlarini o’z vaqtida shakllanishini ta’minlashga xizmat qiladigan darajada bilim berilishini ta’minlaydi.

Yüklə 63,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə