Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#143167
1   2   3   4   5
mamurchilik (2)

1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Barcha soliq turlariga
36 oygacha bo‘lgan muddatga.

2. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
- qo‘shilgan qiymat solig‘i
- aksiz solig‘i
- foyda solig‘i
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq turlariga
12 oygacha bo‘lgan muddatga.

3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari
- aylanmadan olinadigan soliq
- suv solig‘i
- mol-mulk solig‘i
- yer solig‘i turlariga
24 oygacha bo‘lgan muddatga.

4. O’zbekiston Respublikasining bojxona qo‘mitasi
bojxona orqali tovar olib o’tganda to’lanadigan soliqlar bo’yicha
12 oygacha bo‘lgan muddatga.

Yuzaga kelgan soliq qarzi to‘lanmagan yoki to‘liq to‘lanmagan taqdirda Soliq kodeksining 60, 114, 115, 120,  121 hamda 123-moddalariga asosan, hududiy davlat soliq organi tomonidan quyidagi choralar ko‘riladi:
- soliqni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasi mustaqil ravishda tijorat bankiga yuborilmagan bo‘lsa, soliqni to‘lash uchun belgilangan muddat tugagandan so‘ng uch ish kunidan kechiktirmay parallel ravishda soliq organining inkasso topshiriqnomasi soliq to‘lovchining hisobvarag‘iga (shu jumladan, korporativ kartalardagi pul mablag‘lariga) qo‘yiladi va soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga yuboriladi.
- soliq qarzini undirish birinchi navbatda milliy valyutadagi talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan, bunday hisobvaraqlarda yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda esa – chet el valyutasidagi talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi, bunda qarzdorning muddatli depozit mablag‘lariga ham undiruv qaratiladi;
- soliq to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan yoki bajarilgan ishlardan oladigan tushumi (mulklari, boshqa daromadlari) boshqa shaxslarning bankdagi hisobvaraqlariga kelib tushgan bo‘lsa, soliq to‘lovchining soliq qarzi sud orqali ushbu shaxslardan undiriladi;
Tan olingan soliq qarzi bo‘yicha soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma olingan kundan boshlab (talabnoma yuborilgan kundan boshlab 10 kalendar kun ichida e’tiroz bildirilmaganda tan olingan hisoblanadi):
- 15 kalendar kunidan keyin soliq organi qarori asosida qarzdorga tegishli mol-mulklar xatlanadi;
- 60 kalendar kunidan keyin soliq qarzini qarzdor mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risida soliq organining qarori ijro organiga yuboriladi.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə