Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin


Tan olinmagan soliq qarzi bo‘yicha soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma olingan kundan boshlab



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#143167
1   2   3   4   5
mamurchilik (2)

Tan olinmagan soliq qarzi bo‘yicha soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma olingan kundan boshlab:
- 15 kalendar kunidan keyin qarzdorga tegishli mol-mulklarni xatlash to‘g‘risida sudga ariza kiritiladi;
- 60 kalendar kunidan keyin soliq qarzini qarzdor mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risida sudga ariza kiritiladi.
- qayd etilgan choralardan tashqari qarzdor zimmasiga soliq qarziga qo‘shimcha ravishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng miqdorda penya va sud xarajatlarini ham to‘lab berish yuklatiladi;
- vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilik sababli soliq qarzini to‘lash imkoni bo‘lmagan insofli soliq to‘lovchilarga Soliq kodeksining 11-bobida() belgilangan tartibda soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish imkoni berilishi mumkin.
2023-yil 1-avgust holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori) mavjud korxonalar soni 845 ta bo‘lib, ularning jami qarzdorligi – 671,6 mlrd so'm. Shundan 168,5 mlrd so‘mi, ya'ni 25,1 %i soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:

  • Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HDSI – 181,1 mlrd so‘m;

  • Toshkent viloyati – 71,2 mlrd so‘m;

  • Farg‘na viloyati – 57,1 mlrd so‘



2023-yil 1-avgust holatiga qurilish sohasida soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori) mavjud bo‘lgan korxonalar soni 1 051 ta bo‘lib, ularning jami soliq qarzi 582 mlrd so'mni tashkil etgan. Shundan 134,2 mlrd so‘mi, ya'ni 23,1 %i 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:

  • Toshkent shahri – 145,5 mlrd so‘m; 

  • Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI – 93,5 mlrd so‘m;

  • Qashqadaryo viloyati – 49,8 mlrd so‘m. 


Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.
Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega boʻlgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda. 
Jumladan, 2023-yil 30-iyun holatiga 197,2 mingta tashkilotning 1 mln nafardan ziyod xodimida 1,2 mln ta soliq obyekti bo‘yicha 521,7 mlrd so‘m (mol-mulk solig‘i bo‘yicha 197,3 mlrd so‘m va yer solig‘i bo‘yicha 324,4 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud. 
Shundan:

  • 130,2 mlrd so‘m - budjet tashkilotlari xodimlari;

  • 25,8 mlrd so‘m - nodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;

  • 365,7 mlrd so‘m - tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tijorat tashkilotlarining sohalar kesimida mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi: 

  • sanoat sohasidagi 24,1 mingta tashkilotda ishlovchi 197,7 ming nafar xodimning soliq qarzi 92,8 mlrd soʻm;

  • qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 59,4 mingta tashkilotda ishlovchi 125 ming nafar xodimning soliq qarzi - 86,7 mlrd soʻm;

  • savdo sohasidagi 46,7 mingta tashkilotda ishlovchi 85,7 ming nafar xodimning soliq qarzi - 56,7 mlrd soʻm;

  • qurilish sohasidagi 11,5 ta tashkilotda ishlovchi 72 ming nafar xodimning soliq qarzi - 44,1 mlrd soʻm;

  • tashish va saqlash sohasidagi 6,1 mingta tashkilotda ishlovchi 47,1 ming nafar xodimning soliq qarzi - 21,5 mlrd soʻm;

  • yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 10,1 mingta tashkilotda ishlovchi 19,9 ming nafar xodimning soliq qarzi - 13 mlrd soʻm;

  • sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 4,5 mingta tashkilotda ishlovchi 13 ming nafar xodimning soliq qarzi - 6,5 mlrd soʻm;

  • axborot va aloqa sohasidagi 2,1 mingta tashkilotda ishlovchi 11,6 ming nafar xodimning soliq qarzi - 4,5 mlrd soʻm;

  • boshqa faoliyat turlari sohasidagi 17,8 mingta tashkilotda ishlovchi 78,5 ming nafar xodimning soliq qarzi - 39,9 mlrd soʻm.

Xodimlarida soliq qarzi ko'p bo'lgan tashkilotlar – TOP-3:

  • “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ;

  • “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ;

  • "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ.


2023-yil 1-iyul holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori) mavjud korxonalar soni 842 ta bo‘lib, ularning jami qarzdorligi – 597,3 mlrd so'm. Shundan 134,5 mlrd so‘mi, ya'ni 22,5 %i soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:

  • Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HDSI – 137 mlrd so‘m;

  • Toshkent viloyati – 76,1 mlrd so‘m;

  • Toshkent shahri – 49,2 mlrd so‘m. 


2023-yil 1-iyul holatiga qurilish sohasida soliq qarzi (100 mln so'mdan yuqori) mavjud bo‘lgan korxonalar soni 1 024 ta bo‘lib, ularning jami soliq qarzi 542 mlrd so'mni tashkil etgan. Shundan 129 mlrd so‘mi, ya'ni 23,8 %i 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:

  • Toshkent shahri – 129,8 mlrd so‘m; 

  • Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI – 92,4 mlrd so‘m;

  • Toshkent viloyati – 46,1 mlrd so‘m. 




Tadbirkorlik subyektlari xodimlarining mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 292 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorligi mavjud
14/12/2022
Jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soligʻi soliq davri uchun 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lanishi lozim.
Ammo, korxona va tashkilotlarda ishlovchi daromad manbaiga ega boʻlgan ishchi - xodimlarning hammasi ham mol-mulk va yer soliqlari to‘lovini belgilangan muddatda amalga oshirmasdan kelmoqda. 
Jumladan, 140 343 ta korxona va tashkilotdagi 385 644 nafar xodimning 451 866 ta soliq obyekti bo‘yicha 292,1 mlrd so‘m (mol-mulk solig‘i bo‘yicha 110,6 mlrd so‘m va yer solig‘i bo‘yicha 181,5 mlrd so‘m) miqdorida to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar sohalar kesimida oʻrganilganda: 

  • sanoat sohasidagi 19 732 ta tashkilotda ishlovchi 114 538 nafar xodimning soliq qarzi 130 726 ta obyektda 73,7 mlrd soʻm (25,2%);

  • qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 42 511 ta tashkilotda ishlovchi 73 217 nafar xodimning soliq qarzi 83 986 ta obyektda 70,1 mlrd soʻm (24%);

  • savdo sohasidagi 36 165 ta tashkilotda ishlovchi 56 858 nafar xodimning soliq qarzi 71 601 ta obyektda 47,1 mlrd soʻm (16,1%);

  • qurilish sohasidagi 9 684 ta tashkilotda ishlovchi 37 101 nafar xodimning soliq qarzi 43 426 ta obyektda 32,2 mlrd soʻm (11%);

  • tashish va saqlash sohasidagi 5 181 ta tashkilotda ishlovchi 29 845 nafar xodimning soliq qarzi 33 683 ta obyektda 18,2 mlrd soʻm (6,2%);

  • yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasidagi 8 026 ta tashkilotda ishlovchi 13 077 nafar xodimning soliq qarzi 16 327 ta obyektda 11,3 mlrd soʻm (3,9%);

  • sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 3 487 ta tashkilotda ishlovchi 8 043 nafar xodimning soliq qarzi 9 675 ta obyektda 5,1 mlrd soʻm (1,7%);

  • axborot va aloqa sohasidagi 1 503 ta tashkilotda ishlovchi 7 002 nafar xodimning soliq qarzi 7 996 ta obyektda 3,8 mlrd soʻm (1,3%);

  • boshqa faoliyat turlari sohasidagi 14 054 ta tashkilotda ishlovchi 45 963 nafar xodimning soliq qarzi 54 446 ta obyektda 30,6 mlrd soʻmni (10,5%) tashkil etdi.



Ishlab chiqarish sohasi korxonalarining soliq qarzi – TOP-10

14/12/2022

2022-yil 1-dekabr holatiga 100 mln so'mdan soliq qarzi yuqori ishlab chiqarish korxonalari soni 703 ta. Ularning jami soliq qarzi 314,8 mlrd so'm.
Shundan 74,4 mlrd so‘miya'ni 24 %i soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. 
Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:

  • Toshkent shahri – 56,8 mlrd so‘m; 

  • Toshkent viloyati – 38,1 mlrd so‘m; 

  • Farg'ona viloyati – 26,6 mlrd so‘m.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə