Etish. Soliq va majburiy to’lovarni to’lash va to’langan summalarni hisobga olish



Yüklə 37,55 Kb.
səhifə1/5
tarix27.05.2023
ölçüsü37,55 Kb.
#113496
  1   2   3   4   5
Mustaqil ish


Mustaqil ish
Mavzu: Soliq va majburiy to’lovlarni hisobga olish
Bajaruvchi: Matchanov Vohid


Reja:

    1. Soliq majburiyati haqida tushuncha.

    2. Soliq hisoboti va uni taqdim etish.

    3. Soliq va majburiy to’lovarni to’lash va to’langan summalarni hisobga olish.

    4. Soliq qarzi va ortiqcha to’langan soliq summalari, ularning sodir bo’lish sabablari.

    5. DSI ma’lumotlar bazasida soliq qarzini hisobga olish tartibi.

  1. Soliq majburiyati haqida tushuncha.


Soliq to’lovchining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan majburiyati soliq majburiyati deb e’tirof etiladi. Soliq majburiyatini bajarish uchun soliq to’lovchi: Soliq kodeksida belgilangan hollarda davlat soliq xizmati organlarida hisobga turishi; soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarni aniqlashi hamda ularning hisobini yuritishi; moliyaviy va soliq hisobotini tuzishi hamda uni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etishi; soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida hamda to’liq miqdorda to’lashi shart.


Soliq majburiyatini bajarish bevosita soliq to’lovchi tomonidan amalga oshiriladi, soliq kodeksiga va boshqa qonunlarga muvofiq soliq majburiyatini bajarish boshqa shaxsga yuklatiladigan hollar bundan mustasno. Yuridik shaxsning alohida bo’linmalari bo’yicha soliq majburiyati mazkur alohida bo’linmalar tomonidan, agar ularga alohida mol-mulk ajratilgan bo’lsa va ular mustaqil balansga ega bo’lsa, mustaqil ravishda bajariladi.
Mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilganda boshqaruv muassisi bo’lgan soliq to’lovchining soliq majburiyati, agar bu majburiyat unga boshqaruv muassisi tomonidan yuklatilgan bo’lsa, ishonchli boshqaruvchi tomonidan bajarilishi mumkin.Soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq to’lovchiga nisbatan Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda uning
bajarilishini ta’minlash choralari qo’llaniladi.Soliq majburiyatini bajarish muddatlari Soliq majburiyati Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda soliq to’lovchi tomonidan bajarilishi kerak.Soliq to’lovchi soliq majburiyatini muddatidan ilgari bajarishga haqli. Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, yil choragi, oy, o’n kunlik va kun) o’tishi bilan belgilanadi.
Muddatning o’tishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo’yilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi.Soliq majburiyati bu majburiyatni bajarish muddatining so’nggi kuni soat yigirma to’rtga qadar bajarilishi kerak. Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so’nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to’g’ri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Soliq majburiyatining tugatilishi Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: uning vafot etishi bilan; uni vafot etgan deb e’lon qilish to’g’risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirishi bilan. Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: u tugatilganidan keyin; u qo’shib olish (qo’shib olingan yuridik shaxsga nisbatan), qo’shib yuborish, bo’lish va o’zgartirish orqali qayta tashkil etilganidan keyin.
Soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddati Davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko’rib chiqishi mumkin. Soliq to’lovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning ortiqcha to’langan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli. Soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddatining o’tishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq to’xtatib turiladi, uziladi va tiklanadi.
Soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarni aniqlash hamda ularning hisobi soliq va boshqa majburiy to’lovning har bir turi bo’yicha soliq solish ob’ekti hamda soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar Soliq kodeksining Maxsus qismiga muvofiq belgilanadi. Soliq to’lovchilarning daromadlari hamda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish uchun ular bo’yicha tegishli chegirmalar to’lov to’langan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, ular taalluqli bo’lgan hisobot davrida aks ettiriladi (hisoblab yozish usuli). Mol- mulkni hisobga olish buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ayrim hollarda soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarni aniqlash Soliq to’lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo’qotilgan yoki yo’q qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lanishi kerak bo’lgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasini soliq to’lovchi to’g’risida, shuningdek shunga o’xshash
boshqa soliq to’lovchilar to’g’risida o’zlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlar asosida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkin.
Agar o’zaro aloqador yuridik shaxslar o’z tijorat va moliyaviy munosabatlarida o’zaro aloqador bo’lmagan yuridik shaxslar o’rtasida qo’llanilishi mumkin bo’lgan narxlardan farq qiladigan narxlarni qo’llasa, soliq solinadigan baza tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish narxlari asosida hisoblab chiqariladigan soliq solish ob’ektini aniqlashda davlat soliq xizmati organlari o’zaro aloqador bo’lmagan yuridik shaxslar o’rtasida qo’llaniladigan narxlardan foydalanadi.
O’zaro aloqador yuridik shaxslar quyidagilardir:
O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik shaxslar va ularning chet davlatlar yuridik shaxslari bo’lgan muassislari (ishtirokchilari, a’zolari);
chet davlatlarning yuridik shaxslari va ularning O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik shaxslar bo’lgan muassislari (ishtirokchilari, a’zolari);
muassislari (ishtirokchilari, a’zolari) ayni bir yuridik yoki jismoniy shaxslar bo’lgan O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik shaxslar va chet davlatlarning yuridik shaxslari.
Hisob hujjatlari soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo’lgan birlamchi hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir. Hisob hujjatlari qog’ozda va (yoki) elektron shaklda tuziladi hamda Soliq kodeksining 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddati tugaguniga qadar saqlanadi. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning hisob hujjatlarini saqlash majburiyatlari uning huquqiy vorisi zimmasiga yuklatiladi.Yuridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriladi.
Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari Soliq kodeksida soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan soliq to’lovchilar soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart. Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-alohida hisobi soliq to’lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida yuritiladi.
Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. Soliq solish ob’ektlari va soliq solish
bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to’g’ridan- to’g’ri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin. Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarning alohida-alohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo’ljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida o’zgartirilishi mumkin emas.
Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa ob’ektlari yoki soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo’yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi. To’g’ridan-to’g’ri hisobga olish usuli qo’llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa ob’ektlari yoki soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo’lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa ob’ektlari yoki soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi.



  1. Yüklə 37,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə