Etish. Soliq va majburiy to’lovarni to’lash va to’langan summalarni hisobga olish


Soliq hisoboti va uni taqdim etish



Yüklə 37,55 Kb.
səhifə2/5
tarix27.05.2023
ölçüsü37,55 Kb.
#113496
1   2   3   4   5
Mustaqil ish

Soliq hisoboti va uni taqdim etish.


Soliq hisoboti soliq to’lovchining soliq va boshqa majburiy to’lovning har bir turi bo’yicha yoki to’langan daromadlar bo’yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o’z ichiga oladigan hujjati bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi. Soliq hisobotini tuzish Soliq hisoboti qog’ozda va (yoki) elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat tarzida tuziladi. Soliq hisoboti soliq to’lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u yuridik shaxs bo’lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi.Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq to’lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.Yuridik shaxs - soliq to’lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to’lovchiga soliq davri boshlanganidan e’tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo’lgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi.Mazkur hisobot topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi.Ushbu qoidalar o’zgartirish, shuningdek boshqa yuridik shaxsni qo’shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.Tadbirkorlik sub’ekti - yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga


soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilingan sanagacha bo’lgan muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi. Soliq hisobotida ko’rsatilgan ma’lumotlarning to’g’riligi uchun javobgarlik soliq to’lovchining zimmasiga yuklatiladi.
Soliq hisoboti soliq to’lovchi tomonidan Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.Soliq hisoboti soliq to’lovchi hisobga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi.Ayrim turdagi soliqlar bo’yicha soliq hisoboti ham Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda ob’ektlar bo’yicha hisobga qo’yilgan joy bo’yicha soliq to’lovchi tomonidan taqdim etiladi.Jismoniy shaxslar soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etadilar. Soliq to’lovchilar soliq hisobotini o’z xohishlariga ko’ra quyidagicha taqdim etishga haqli: shaxsan olib borib berish tartibida; pochta orqali buyurtma xat bilan; telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida.
Soliq hisobotini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish sanasi quyidagilardir: soliq hisoboti shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etilganda - soliq hisoboti davlat soliq xizmati organi tomonidan qabul qilib olingan sana; soliq hisoboti pochta orqali buyurtma xat bilan taqdim etilganda - aloqa tashkilotining tamg’asida ko’rsatilgan, pochta jo’natmasi jo’natilgan sana; soliq hisoboti elektron hujjat tarzida taqdim etilganda - elektron hujjat davlat soliq xizmati organi tomonidan olingan sana.
Davlat soliq xizmati organi shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilib olishni rad etishga haqli emas hamda soliq to’lovchining talabiga binoan soliq hisobotining nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana to’g’risida belgi qo’yishi shart. Soliq hisoboti telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda davlat soliq xizmati organi soliq to’lovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi to’g’risida tasdiqnoma yuborishi shart.
Soliq hisoboti dastlabki tarzda kameral nazorat qilinmasdan va uning mazmuni muhokama etilmasdan qabul qilinadi. Soliq hisoboti quyidagi hollarda davlat soliq xizmati organiga taqdim etilmagan deb hisoblanadi, agar unda: soliq to’lovchining identifikatsiya raqami ko’rsatilmagan yoki noto’g’ri ko’rsatilgan bo’lsa; soliq davri va (yoki) soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi ko’rsatilmagan bo’lsa; Soliq kodeksining 43 va 44-moddalarida soliq hisobotini tuzishga doir belgilangan talablar buzilgan bo’lsa. Belgilanmagan shakldagi soliq hisoboti taqdim etilganda davlat soliq xizmati organi hisobot olingan kundan e’tiboran uch kun ichida bu haqda soliq to’lovchiga yozma bildirish yuboradi va aniq fikr-mulohazalarni ko’rsatgan holda uni maromiga etkazish uchun qaytaradi. Kamchiliklari tuzatilgan soliq hisoboti uni taqdim etishning belgilangan muddati
tugaguniga qadar taqdim etilgan taqdirda, soliq to’lovchiga nisbatan javobgarlik choralari qo’llanilmaydi.
Aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish Davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti taqdim etilgan davrga taalluqli xatolarni o’zi mustaqil ravishda aniqlagan soliq to’lovchi Soliq Kodeksning 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddati ichida o’sha davr yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish huquqiga ega. Mazkur norma davlat soliq xizmati organlari tomonidan moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) doirasida tekshirish o’tkazilgan davr uchun soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasining kamayishini nazarda tutuvchi aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etiladigan hollarda qo’llanilmaydi. Aniqlashtirilgan soliq hisobotida ilgari taqdim etilgan soliq hisobotidagi ma’lumotlar, aniqlashtirilgan ma’lumotlar va ulardagi tafovutlar ko’rsatilishi kerak.
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan va to’langan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasidan ortiq bo’lsa, tegishli soliq yoki boshqa majburiy to’lovni to’lash bo’yicha soliq majburiyatlariga penya hisoblangan holda mazkur tafovut qo’shiladi. Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi ilgari taqdim etilgan soliq hisoboti bo’yicha hisoblab chiqarilgan va to’langan soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasidan kam bo’lsa, aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan e’tiboran shaxsiy varaqada soliq yoki boshqa majburiy to’lov summasi tafovut miqdoriga kamaytirilganligi aks ettiriladi. Soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penyalarning ortiqcha to’langan summasi Soliq kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi yoki qaytariladi. Soliq hisobotini saqlash muddati Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to’lovchida Soliq kodeksining 38-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo’yicha da’vo qilish muddati mobaynida saqlanadi.



  1. Yüklə 37,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə