|
Soliqlar va soliqqa tortish
|
səhifə | 1/14 | tarix | 24.12.2023 | ölçüsü | 122,73 Kb. | | #159444 |
| 111111111111111Документ Microsoft Word mulkiy
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI HUZURIDAGI FISKAL INSTITUT
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH ”
fakulteti
“MULKIY VA EKOLOGIK SOLIQLAR” fanidan
Irlandiyada mulkiy va ekologik soliqlar Mavzusida
O’QUV-TADQIQOT LOYIHASI
Bajardi:Ko`charov Zuhriddin
Usmonov Otabek
Ashurov Bexruz
Sobirov Abdulaziz
Tekshirdi : Otabekov Otajon
Qabul qilingan sana: “____________’’
Toshkent 2023
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1) Irlandiyada mulk solig'i
2) Mahalliy mulk solig'inining to`lovchilari, mahalliy mulk solig'i miqdori,
mulk solig'i deklaratsiyasini topshirish usuli va murojaat qilinishi kerak bo`lgan organ.
3) Ekologik yoki atrof-muhit soliqlarining ahamiyati.
4) Ekologik soliq hisoblangan Uglerod solig`i,avtotransport solig`i va energiya solig`i Irlandiya davlati misolida.
III.Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
V. Ilovalar
ANNOTATSIYA
Ushbu loyiha ishining maqsadi Irlandiya davlatida mulkiy va ekologik soliqlarning turlari, vazifalari va ularning tarkibiy qismlari atrof-muhitga,jamiyatga va butun dunyoga keltirayotgan naf va zararlari to`g`risida atrolicha to`xtalib o`tish va ular bo`yicha zararlarni hisobga olish zararlarni oldini olishni kompleks chora tadbirlari to`g`risida hulosa chiqarishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar: Irlandiyada mulk solig'i, uglerod solig`i, avtotransport solig`I, energiya solig`i, ekologik soliqlar, atrof-muhit solig`i.
KIRISH
Bugungi kunda shiddat bilan o`sib borayotgan dunyo aholisining ehtiyojlari va hohish istaklari soat sayin o`sib bormoqda. Shu bilan birga mol-mulkka,yerga va iqtosodiy resurslarga bo`lgan talab proporsinal tarzda ortib bormoqda. Buning natizasida esa so`ngi bir necha o`n yillikda atrof-muhitga tahdidlar ortmoqda. Butun dunyoda global isish,muzlarning erishi va havoning haddan tashqari ifloslanishlarini har qadamda ko`rish insoniyatga ta`sir qilayotganini his qilish bu juda ayanchli holat.
Shunday ekan butun dunyo o`zining kelajagini sog`lom hayot tarzi va musaffo tabiat ustiga qurishni istar ekan buning yagona yo`li bu tabiatni muhofaza qilish,iqtisodiy resurslarni o`z vaqtida tejamkorlik va ortiqcha iflosgarchiliklarsiz ishlatish hisoblanadi.Ko`plab tadqiqotchi olimlarning fikriga ko`ra resurlarni tejab ishlatishni nazorat qilishning eng samarali usuli bu soliqlar hisoblanadi.Bu shuni ko`rsatadiki tabiatni asrab avaylash va o`zimizdan keyin qoladigan avlodga ular erkin nafas oladigan chiqindilardan holi tabiatni qoldirib ketish barchamizning birinchi galdagi burchimiz hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|