Sotsial psixologiyaning amaliy tadbiqiy sohalari



Yüklə 77 Kb.
səhifə1/2
tarix19.09.2023
ölçüsü77 Kb.
#122415
  1   2
SOTSIAL PSIXOLOGIYANING AMALIY TADBIQIY SOHALARI


SOTSIAL PSIXOLOGIYANING AMALIY TADBIQIY SOHALARI
Reja:
1. Xozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining asosiy tadbikiy yunalishlari.
2. Amaliy soxalarning umumiy xususiyatlari.
3. Amaliyotchi psixologning asosiy funksiyasi.
4. Maktabda ko‘rsatiladigan ijtimoiy psixologik xizmat.
5. Maktab psixologi faoliyatining asosiy yunalishlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

“Fan – amaliyotga!” degan tamoyil bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb masalaga aylangan. Chunki yoshlarni mustaqil davlatimiz ma’naviy negizlarini teran anglashga o‘rgatish va ularni ma’rifatga chorlash jarayoni qator tatbiqiy vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.


Ilmu-fan taraqqiyotining uzoq davriga nazar tashlasak, olimlar va tadqiqotchilar ko‘proq nazariy masalalarni hal qilish, umumiy qonun-qoidalarni sharhlash, tushuntirish orqali jamiyat va insoniyat taraqqiyoti sabablarini yoritishga urinishlar ko‘proq uchraydi. Bu holat pedagogika va psixologiya fanlariga ham tegishli bo‘lib, ayniqsa, voqea-hodisalarning ijtimoiy-psixologik tabiatini o‘rganuvchi ijgimoiy psixologiya bundan istisno emas edi. Lekin bugun biz uchun ijtimoiy taraqqiyot va inson tafakkuri rivojlanishini tezlashtiruvchi, uning davr va kishilar ruhiga hamohang tarzda kechishini ta’minlab beruvchi tatbiqiy xususiyatli ishlar va ilmiy izlanishlar zarur. Zero, mamlakatimizda ro‘y berayotgan tub ijtimoiy-siyosiy islohotlar aynan shuni talab qilmoqda. Bunda e’tiborga loyiq dolzarb muammolardan biri - yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga ruhiy jihatdan tayyorlashdir. Bu vazifani ado etishda Sotsial psixologiya ning o‘rni va rolini aniqlash, tatbiqiy izlanishlarni amalga oshirish va ijtimoiy-psixologik amaliyot doirasida ushbu vazifani amalga oshirish yo‘llarini topish uchun hozirgi zamon Sotsial psixologiya sining asosiy tatbiqiy yo‘nalishlarini belgilash maqsadga muvofiq.
Hozirgi davrda Sotsial psixologiya ning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalarini doirasini ham kengaytirdi. Uning asosiy tatbiqiy-amaliy sohalariga sanoat Sotsial psixologiya si, boshqaruv psixologiyasi, oila va nikoh borasidagi ijtimoiy-psixologik ishlar, siyosat va iqtisodiyotni takomillashtirish muammolari, qonunbuzarlikning oldini olish ehtiyoji hamda ommaviy axborot vositalari borasidagi amaliy vazifalar kiradi. Barcha amaliy sohalarga xos umumiy xususiyatlar mavjudki, ularga:
a) ularning bevosita jamiyat talab-ehtiyojiga ko‘ra tashkil etilishi;
b) tatbiqiy ishlar “tili”ning mavjudligi muammosi, ya’ni, professional til(jargon) bilan tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg‘unlik masalasi;
v) amaliy ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab chiqish;
g) shartnomalarga mos tarzda buyurtmalarlarni o‘z muddati va bosqichlarda bajarish majburiyati;
d) samaradorlik mezonlarining o‘ziga xosligi, ya’ni, bajarilgan ishga qarab samaradorlikni baholash;
ye) “nazariyotchi” bilan “amaliyotchi” rollarining aniq farqlanishi muammolari kiradi.
Amaliy sotsial psixologiya to‘g‘risida gap ketganda, ko‘pincha, “ijtimoiy-psixologik aralashuv” tushunchasi o‘rtaga tushadi va tabiiy, bunday amaliyotchining ijtimoiy jarayonga aralashuvi nimalarda ko‘rinadi, degan savol paydo bo‘ladi.
a) individning o‘zgarishi strategiyasida, ya’ni o‘sha tashkilotdagi o‘ziga xos shaxslarning borligi aniqlanadi va ularga ta’sir qilinadi;
b) texnologik tizim o‘zgaradi, ya’ni ma’lum tashkilot yoki muassasaning tuzilishida o‘zgarish ro‘y beradi;
v) ma’lum tipli ma’lumotlarga bog‘liqlik, ya’ni, ma’lumotlarning tashkilot ichida yoki uning atrofida to‘planganligiga bog‘liq holda natijalarning turlicha qiymatga ega bo‘lishi mumkin;
g) ataylab o‘tkazilgan tadbirlar ta’sirida korxona taraqqiyoti o‘zgarishi mumkin, masalan, rejalashtirish, xodimlar bilan ishlash sifati, qarorlar qabul qilish va hokazo.
Amaliyotda faoliyat ko‘rsatayotgan psixolog joylarda uch asosiy funksiyani bajaradi:
Ekspert sifatida, ya’ni, bu shunday shaxski, u kliyent yoki mijoz tomonidan taklif qilinadi. Ular birgalikda biror ijtimoiy-psixologik vaziyatni tahlil qilishadi, xulosalar natijasida yangiliklar kiritishadi, ziddiyatli yoki janjalli vaziyatlarda maqsadga muvofiq to‘g‘ri xulq shaklini taklif etishadi. Demak, ekspert ishining oqibati - xulosa chiqarib, so‘ng tavsiyalar berishdir.
Maslahatchi – ekspertdan farqli, mijoz tomonidan bir martalik emas, balki bir necha marta ayni muammo bo‘yicha maslahat berish va xulosalar chiqarish uchun taklif etiladi. Uning aralashuvi bevosita bo‘lib, faoliyati oqibatida biror shaxs yoki yaxlit jamoaga yordam ko‘rsatiladi, yangi loyihalar qabul qilinadi.
3. O‘rgatuvchi – odatda buyurtma asosida joylarda o‘quvlar, kurslar tashkil qiladi. Uning asosiy vositasi ijtimoiy-psixologik trening va uning turli ko‘rinishlari bo‘lib, oqibati - ijtimoiy muloqotning turli shakllariga o‘rgatishdir.
Yurtimizda ma’naviyag sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o‘z xalqining madaniyati, Vatanining o‘tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to‘g‘ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi va bu – ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir. Aks holda, olam siru asrorlarini chuqur bilgan, qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u, bu bilimlarni avval o‘z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo‘naltira olmasa, uning jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma’naviyati qashshoq, iqtidori esa samarasiz, xudbin shaxs sifatida baholanadi.
Tabiiy, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmu-fan yutuqlarining amaliyotga tatbiq etiladigan sohalaridan eng muhimi - bu ishlab chiqarish va sanoat sohasidir. Zero, har qanday ishlab chiqarish muammosining ijtimoiy-psixologik jabhasini aniqlash kun tartibidagi asosiy masalalardan biri ekanligi hech kimga sir emas. Chunki yangicha bozor munosabatlarini hayotda amalga oshiruvchilar alohida shaxslar bo‘lib, ularning individual hamda guruhiy ustanovkalari, faolliklari, mehnatga munosabatlari, hissiyotlari yetakchi rol o‘ynaydi. Korxonalarning mustaqilligi, xususiy mulkchilikning turli shakllari hayotga shiddat bilan kirib kelayotgan bugungi kunda ham odamlar o‘zaro guruh bo‘lib mehnat faoliyatini amalga oshirar ekanlar, ular uchun o‘sha guruhdagi ijtimoiy-psixologik muhitning qandayligi, bevosita rahbarning obro‘si, norasmiy liderlarning ishga va shaxslararo munosabatlarga ta’siri muhim masala bo‘lib qolaveradi va ularning xususiyati ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsataveradi.
Yangicha bozor iqgisodiyoti munosabatlari sharoitida rahbarlar oldida turgan yana bir muhim masala shuki, ular avvalgidan ham bilimdonroq bo‘lib, o‘z bilimlarini ko‘proq har bir shaxsning individual psixologik layoqatlari va qobiliyatlari, ishga nisbatan munosabatlariga binoan ularni taqdirlashlari, mehnatga jalb etishning turli-tuman shakllarini tatbiq etishlari zarur. Xodimni yoki ishchini shaxsan o‘rganib, faoliyatini munosib taqdirlash esa (xoh moddiy, xoh ma’naviy taqdirlashdan qat’iy nazar) uning qisman testolog bo‘lishini, psixologiya fanining ommabop usullarini qo‘llagan holda ish yuritishini talab qiladi. Ishni tashkil etish, guruhlarni shakllantirishda ham ularning o‘ziga xos qonuniyatlarini bilishi, odamlar soni va salohiyati masalasida ijtimoiy-psixologik bilimga ega bo‘lishi shart.
Hozirgacha sanoat Sotsial psixologiya si yo‘nalishida qilingan aksariyat ishlar shu soha birlashmalaridagi alohida ishlab chiqarish guruhlarida ijgimoiy-psixologik muhitni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, tadqiqot mobaynida ishlab chiqarish samaradorligi, ishchilarning mehnatga munosabatlari, guruhdagi qonun-qoidalarga bo‘ysunishlari va hokazolar bilan bog‘liqligi tekshirilgan. Ayniqsa, ko‘p tadqiqotlarda ana shu psixologik fenomenning rahbarlikka ta’siri, norasmiy liderlarning xususiyatlariga bog‘liqligi masalalari to‘liq tadqiq etilgan. Lekin shu yo‘nalishdagi tadqiqotlar hozirgi iqtisodiy munosabatlar sharoitida o‘tkazilgani yo‘q. Shuning uchun ham yaqin kelajakda ijtimoiy psixologlar tomonidan sanoat korxonalarida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tadqiqot tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
jamoa a’zolari o‘rtasidagi vertikal munosabatlarni o‘rganish (rahbarlik masalalari, rahbarning jamoa a’zolari tomonidan idrok qilinishi va aksincha; har bir a’zoning rahbarlikda ishtiroki, undan qoniqishi va boshqalar);
jamoa a’zolari o‘rtasidagi gorizantal munosabatlar, ya’ni jamoaning uyushganligi, shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xosligi, ziddiyatlar va ularning tiplari, ularning oldini olish choralari;
mehnatga munosabat, undan jamoa a’zolarining qanchalik qoniqishlari va uning mehnat unumdorligiga ta’siri, faoliyat motivlari, amalga oshirilayotgan faoliyatning shaxsiy va ijtimoiy-foydali jihatlarini qay darajada tasavvur qilishi;
mehnat jamoalari rahbarlarining malakasini oshirish, jumladan, ularning professiogrammasi va psixogrammalari asosida odamlar bilan ishlash, jamoani qovushtirish, oqilona ish va muomalani tashkil etish, o‘z liderlik qobiliyatlarini muttasil oshirishga o‘rgatish bo‘yicha ijtimoiy-psixologik treninglar uyushtirish;
rahbarlarning malakasini oshirish kurslarida psixologlar ishtirokida maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazish.
Tadqiqotchining yuqoridagi masalalarni o‘rganishi uchun tabiiy metodik vositalar zarur. Amaliy ijtimoiy psixolog oddiy kishidan shu tomonlari bilan farq qiladiki, u har bir konkret sharoitda o‘ziga kerakli, ma’qul uslublarni qo‘llaydi, ba’zi birlarini sinab ko‘radi, agarda ular maqsadga muvofiq bo‘lmasa, boshqasi bilan almashtiriladi. Olingan natijalarga asoslanib, u korxonalardagi ruhiy muhitni "yaxshi", “o‘rtacha”, “yomon”, “qarama-qarshi” toifalarga bo‘ladi va ularning har 6iridan o‘ziga xos ilmiy-amaliy xulosalar chiqaradi.
Bundan tashqari, bugun tadbirkorlik negizida tashkil etilayotgan ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari, firmalar, qo‘shma korxonalar mavjudki, ularda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish va samaradorlikning ruhiy mezonlarini topish muhim muammodir. Chunki yangi korxonaning rahbari va mas’ul shaxslar ko‘plab insonlar bilan muloqotga kirishish va ishlab chiqarish munosabatlarining murakkab shakllarini his etishga majburdirlar. Menejment va marketing sohasidagi har qanday izlanishlar va ularning tatbiqiy natijalari, so‘zsiz jamiyatda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishini va inson manfaatiga xizmat qilishini ta’minlaydi. G‘arb mamlakatlarida bo‘lgani kabi bu sohada talab va takliflarning o‘z vaqtida o‘rganilishi, rahbarlik mahoratining ko‘plab qirralarini egallagan holda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, har bir xodimning shaxsiy qobiliyatlariga differensial munosabatda bo‘lish katta tatbiqiy ahamiyatga molik.
Sanoat korxonalarida tashkil etiladigan psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik yo‘nalishi, avvalo, turli toifadagi ishchi-xizmatchilarni ijtimoiy va shaxsiy ziddiyatlarini bartaraf etishga o‘rgatish, shaxslararo munosabatlarning demokratik, sog‘lom shakllariga o‘tish, rahbarlik mahorati sirlarini o‘zlashtirish va ulardan kundalik faoliyatda oqilona foydalanish malakalarini shakllantirishdir. Bunda, shubhasiz, psixolog tomonidan tashkil etiladigan turli trening mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga ega.
Tatbiqiy ijgimoiy psixologik izlanishlarning ikkinchi asosiy yo‘nalishlaridan biri – 6u nikoh va oiladir.
Oila va nikoh hamma vaqt ham gumanitar fanlarni qiziqtirib kelgan, ayniqsa, 6u sohaning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik tomonlari mavjud bo‘lib, u oilani yaxlit bir ijgimoiy guruh sifatida talqin qilib, unda sodir bo‘ladigan barcha ruhiy jarayonlarni o‘rganadi. Respublikada oila va nikoh masalalariga e’tibor yuksakligini hisobga olib, ko‘pchilik tadqiqotchilar o‘z ilmiy izlanishlarini ana shu muammolarga bag‘ishlaganlar (M.Mirhosilov, G‘.B.Shoumarov, N.Sog‘inov, F.Akramova, N.Salayeva, M.Salayeva, X.Karimov, M.Rasuleva, O.Musurmonova, D.Xoliqov, G.Yadgarova, G.Xomidova, A.Minavvarov, N.Lutfullayeva, M.Umarova va boshqalar). Oilaga nisbatan ilmiy qiziqishning sabablari, eng avvalo, bu obyektning “naqdligi” bo‘lsa, ikkinchidan, keyingi yillarda respublikada ajralishlar sonini kamaytirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar ko‘lamining ortib borayotganligi, tug‘ilish va nikohlar sonining ortib borayotganligi, notinch va “muammoli” oilalarning mavjudligi, oila institutiga yoshlar munosabatining o‘zgarayotganligi va hokazo.
Xalqimizda oila muqaddas dargoh hisoblanadi. Bu hatto davlat darajasida ko‘rilib, 1998 yil respublikamizda “Oila yili”, deb e’lon qilinishi, Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi ham bu yo‘nalishlarda ishlar samaradorligini oshirish, oilaga psixologik yordam ko‘rsatish, bu borada mavjud muammolarning aniq yechimlarini topish ishini jadallashtiradi. Ikkinchidan, bizning jamiyatimizda oilaga qaratilgan bunday e’tibor uning ma’naviy negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Umuman olganda, bizning hududimizda ham oila-nikoh munosabatlarida muayyan o‘zgarishlar kuzatilmoqdaki, ular bu sohadagi tatbiqiy ishlarni jadallashtirishni taqozo etadi. Bu boradagi o‘zgarishlarga:
oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o‘zgarib borishi;
oilaning kichrayishi va unda tug‘ilishning kamayishi, murakkab ko‘p avlodli tarkibdan kam avlodli oilalarga aylanayotganligi;
oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalari va oilaviy rollar haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o‘zgarib borayotganligi;
iqtisodiy masalalarni mustaqil hal etishda oila a’zolari ulushining o‘zgarishi va bu holatlarning oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarga ta’siri;
ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o‘zgarishi va boshqalar.
Yuqorida ta’kidlangan sohalar O‘zbekiston sharoitida shu yaqin kunlarda ishlanishi zarur muammolar bo‘lib, ularning yechimiga ko‘ra oilani mustahkamlash, oilada bolalar tarbiyasi, ayol va erkakning mehnatga (ijtimoiy foydali mehnatga) munosabati yuzasidan olimlar o‘z fikrlarini aytishlari joiz. Ikkinchi tomondan, demokratiya va erkinlik sharoitida yillar davomida ta’qiqlanib kelingan qadriyatlarimiz, birinchi navbatda, dinning hayotga kirib kelishi oilaviy munosabatlarga shunday ta’sir ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilikda “endi ayol kishi an’anaviy o‘z o‘rnini egallarmikin?” degan tasavvurlar paydo bo‘lmoqda. Ammo hozirgi rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sharoitida moddiy ishlab chiqarishni xotin-qizlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham psixologik ilmiy tadqiqotlar odamlar ongidagi ana shunday qarama-qarshiliklarniig, stereotipli bid’atlarning, gender sohasidagi ayrim muammolarning oldini olishga yordam ko‘rsatishi mumkin. Shaharlarda va yirik aholi punktlarida “Yoshlar ijtimoiy xizmat markazlari” qoshida tashkil etilayotgan “Yosh oila” sho‘balari, “Krizis markazlari”, “Oila xizmati”, “Oila Markazlari”, “Salomatlik markazlari” ishlarini takomillashtirish zarurki, ular bir tomondan, oila va nikoh borasidagi ilmiy muammolarni tadqiq qilib, ularni hayotga tatbiq etsa, ikkinchi tomondan, yoshlarga, hali turmush qurmaganlarga, ziddiyatli oilalarga bevosita psixologik xizmat ko‘rsatadi.
Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tatbiqiy tarmoq – bu yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Bu ish bizning o‘lkamizda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqillik yillarida oila va nikoh yuksak qadriyat sifatida uni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hukumat darajasida ustuvor siyosatga aylantirilgan. O‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shakllanadigan attraksiya hodisasi, ya’ni shaxslarning bir-birlariga emotsional bog‘lanishlari – do‘stlik, sevgi hislarini tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart-sharoitlarni yaratish O‘rta Osiyo hududida yangi va kelajagi porloq sohadir. Shu ishlarni amalga oshirishda maktab psixologlari, pedagoglar, ijtimoiy psixologlar hamkorlikda faoliyat ko‘rsatsalar xulosalar va natijalarni hayotga tatbiq etsa bo‘ladi.
Amaliy psixologning bu boradagi asosiy vazifasi shuki, Sotsial psixologiya ning faol metodlaridan omilkorona foydalangan holda yoshlarni oilaviy munosabatlarga tayyorlash, oilalarda shaxslararo moslikni shakllantirish, oilaviy ziddiyatlar yechimini topishda odamlarga yordam berish, turli treninglar o‘tkazish va ularning samarasi orqali insonlarda ishonch hissini tarkib toptirishdir.
Psixologiyaning oxirgi yillardagi taraqqiyoti ham aynan anna shu mezon talablariga javob berishi bilan harakterlanadi. Amaliy hamda tadbikiy psixologiya sohalarining o’ziga xos jixatlari avvalo shundan iboratki, ular jamiyatning bevosita bugungi kundagi talablari va buyurtmalariga ko’ra ish yuritadi. Jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga jamiyatimizda esa psixologik bilimlarni bevosita amaliyotga tadbik etishga ehtiyoj katta. Birgina Uzbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturini oladigan bulsak, uning bajarilishi va muvaffakiyatli amalga oshirilishi uchun Psixologiyaning aralashuvi zarur. Joylarda tashkil etilgan Tashxis markazlarida faoliyat ko’rsatayotgan mutaxasislar o’quvchilardagi rivojlanish tendentsiyalari, aqliy o’sish omillari va iqtidoriga karab talim tarbiyani tashkil etishlari uchun qator diagnostik tadbirlarni o’tkazishlari zarurki, bu tadbirlar oxir- oqibat real samara berishi lozim. Amaliy psixologiyaning alohida tarmog’i bo’lmish sotsial psixologiya bilimlarga amaldagi ehtiyojni uch asosiy sabab bilan tushuntirilishi mumkin:
a) kichik korxona yoki yirik firmalardan tortib, toki hukimat darajasidagi idoralar ham o’z faoliyati va ulardagi rezevlardan oqilona foydalanishning psixologik manbalarini qidirish lozimligini tushunib yetmoqdalar:
b) professional psixologlarning o’zi ham o’z ishlaridan keladigan obru etiborning Amaliy sohalarida ishlay olish qobiliyatlariga bog’liq ekanligini ham agar psixologik tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsalar, ishni tashkil qilishga o’quvlari yaxshiroq va ishlari unumliroq bo’lishini tushunib yetmoqdalar.
Amaliyotda ishlatgan boshka soha vakillari ham agar psixologik tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsalar ishni tashkil qilishlariga o’quvlari yaxshiroq va ishlari unumliroq bo’lishini tushunib yetmoqdalar. Shuning uchun ham ko’plab Yangi turdagi markaz va firmalar, qo’shma korxonalarlarda amaliyotchi psixologlar ishlamoqdalar. Sanoat va maxsulotlar ishlab chiqarish sohasida tadbikiy ishlar birinchi navbatda konkert tashkilotli kadrlar zaxirasini to’g’ri va okilona tashkillashdan tortib, xodimlar ish sharoitlari va mexnat unumdorliga tasir etuvchi omillar komleksini ilmiy ravishda o’rganib, hayotda natija olib olishga qaratilgan xarakatlar majmuidir. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida Ushbu yunalishdagi tadbikiy ishlarning ikki sohasini ajratish mumkin.
1.marketing xizmatlari
2.xodimlar bilan ishlash(personal).
Birinchisi eng zamonaviy va eng muxim ish bulib ,bu erda psixologning vazifasi «nimani?» va «Kim?» xarid qilib olishga extiyoji borligini o’rganishga ko’maklashishdir. Chunki bu talab bilan extiyoj bevosita shaxsga va uning psixologik tizimiga aloqador kategoriyalar bo’lib ,bozor va raqobat sharoitimda korxona yoki tashkilotlarning samarali ishlab ketishi eng avvalo xaridorgir tovar maxsulotlarni ajratib,ularning odamlar talab extiyojiga qanchalik mosligini aniq tahlil qilishdan boshlanadi.Marketing munosabatlari aslida odamlar o’rtasidagi sof psixologik munosabatlar bo’lib uning negizida odamlar o’rtasidagi jonli muloqot va tab va didlar tarbiyasi yotadi. Shuning uchun biz bugun odamlarda to’gri marketint tafakkurini shakllantirish vositalarini qidirishimiz va talab-taklif munosabatlarini real ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan muvofiqlashtirishda inson psixologiyasi xususiyatlarini inobatga olib ishlashga o’rganishimiz kerak.
Ikkinchi soha - kadrlar va ular bilan bevosita ishlash sohasi.Bu kadrlarni ishga jalo etishda bilish zarur bo’lgan qobiliyatlar va shaxsiy fazilatlardan tortib, ularni to’g’ri yo’naltirish, o’z joiga qo’yish,tashkilot doirasida guruxlarni shakllantirish, uz joyiga kuyish, tashkilot doirasida guruhlarni shakllantirish, xodimlarga malumotlarni uz vaktida etkazish bilan bog’liq kadrlar siyosatini olib borishga aloqador xizmatdir. Psixologik bu urinda asosan maslaxatchi - konsultant va eksprert sifatida rol o’ynaydi.
Har bir davr o’z kishilari ongida beixtiyor siyosiy ongni shaklantiradi va odamlar uning tamoyillariga bo’ysunadilar. Siyosat borasidagi psixologik masalalarga psixologik aralashuvining zarurati xar doim bo’lsada, ayrim paytlarda-yirik islohatlar boshlanishi arafasida, saylov oldi kompaniyalarda, Yangi siyosiy ledirlarning xalq tamonidan qabul qilinishi jarayonlari, ko’pchilik auditoriyaga zarur malumotlarni yetkazish, ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirish,
Umuman olganda, bizning hududimizda ham oila-nikoh munosabatlarida muayyan o‘zgarishlar kuzatilmoqdaki, ular bu sohadagi tatbiqiy ishlarni jadallashtirishni taqozo etadi. Bu boradagi o‘zgarishlarga:
oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o‘zgarib borishi;
oilaning kichrayishi va unda tug‘ilishning kamayishi, murakkab ko‘p avlodli tarkibdan kam avlodli oilalarga aylanayotganligi;
oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalari va oilaviy rollar haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o‘zgarib borayotganligi;
iqtisodiy masalalarni mustaqil hal etishda oila a’zolari ulushining o‘zgarishi va bu holatlarning oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarga ta’siri;
ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o‘zgarishi va boshqalar.
Yuqorida ta’kidlangan sohalar O‘zbekiston sharoitida shu yaqin kunlarda ishlanishi zarur muammolar bo‘lib, ularning yechimiga ko‘ra oilani mustahkamlash, oilada bolalar tarbiyasi, ayol va erkakning mehnatga (ijtimoiy foydali mehnatga) munosabati yuzasidan olimlar o‘z fikrlarini aytishlari joiz. Ikkinchi tomondan, demokratiya va erkinlik sharoitida yillar davomida ta’qiqlanib kelingan qadriyatlarimiz, birinchi navbatda, dinning hayotga kirib kelishi oilaviy munosabatlarga shunday ta’sir ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilikda “endi ayol kishi an’anaviy o‘z o‘rnini egallarmikin?” degan tasavvurlar paydo bo‘lmoqda. Ammo hozirgi rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sharoitida moddiy ishlab chiqarishni xotin-qizlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham psixologik ilmiy tadqiqotlar odamlar ongidagi ana shunday qarama-qarshiliklarniig, stereotipli bid’atlarning, gender sohasidagi ayrim muammolarning oldini olishga yordam ko‘rsatishi mumkin. Shaharlarda va yirik aholi punktlarida “Yoshlar ijtimoiy xizmat markazlari” qoshida tashkil etilayotgan “Yosh oila” sho‘balari, “Krizis markazlari”, “Oila xizmati”, “Oila Markazlari”, “Salomatlik markazlari” ishlarini takomillashtirish zarurki, ular bir tomondan, oila va nikoh borasidagi ilmiy muammolarni tadqiq qilib, ularni hayotga tatbiq etsa, ikkinchi tomondan, yoshlarga, hali turmush qurmaganlarga, ziddiyatli oilalarga bevosita psixologik xizmat ko‘rsatadi.
Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tatbiqiy tarmoq – bu yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Bu ish bizning o‘lkamizda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqillik yillarida oila va nikoh yuksak qadriyat sifatida uni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hukumat darajasida ustuvor siyosatga aylantirilgan. O‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shakllanadigan attraksiya hodisasi, ya’ni shaxslarning bir-birlariga emotsional bog‘lanishlari – do‘stlik, sevgi hislarini tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart-sharoitlarni yaratish O‘rta Osiyo hududida yangi va kelajagi porloq sohadir. Shu ishlarni amalga oshirishda maktab psixologlari, pedagoglar, ijtimoiy psixologlar hamkorlikda faoliyat ko‘rsatsalar xulosalar va natijalarni hayotga tatbiq etsa bo‘ladi.
Amaliy psixologning bu boradagi asosiy vazifasi shuki, Sotsial psixologiya ning faol metodlaridan omilkorona foydalangan holda yoshlarni oilaviy munosabatlarga tayyorlash, oilalarda shaxslararo moslikni shakllantirish, oilaviy ziddiyatlar yechimini topishda odamlarga yordam berish, turli treninglar o‘tkazish va ularning samarasi orqali insonlarda ishonch hissini tarkib toptirishdir.
Xulosa
Siyosiy arboblar imidjini omma ongiga singdirish paytlarida psixologik tasir vositalaridan o’rinli foydalanish, maslahatlar berish va ayrim guruhlar etiqodiga tasir etish kerak bo’lganda kerak buladi: Siyosiy sohada ishlayotgan psixolog ishining o’ziga xos jixatlari bo’lib, unga quyidagilar kiradi: siyosatda psixolog aralashuvi ko’pchilik ommaga bevosita aloqador bulmaydi; zarurat tu\ilganda, psixolog shunday tez va ishonchli o’lchaydigan metodikalarni ishlatadiki, ularning natijalari sir saqlanib, o’sha buyurtmachi - siyosatchining talabiga ko’ra izlanishlar olib boriladi; psixolog xar bir siyosatchi uchun shunday ishonchli shaxs bo’lishi lozimki, undan odamlarning kayfiyatlari, reaktsiyalari, xis kechinmalari xususida aniq malumotlar so’raladi;
O’ziga xos qiyinchilik shundan iboratki, jamoatchilik psixolog qiyofasida ko’pincha liderning bevosita «odamini» ko’rishga moyil bo’lib, liderning o’zi ham bazan o’ta professional psixologdan hadiksirab qolishi mumkin.
O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning milliy dasturi qabul qilingandan so’ng tashkil qilingan yangi tizimdagi talim muassasalari - akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga bir nechtadan psixologlar shtati kiritilgan va ular aynan tadbiqiy muammolar - bolaning o’quv jarayoniga psixologik jixatdan tayyorgarligini diagnostika qilishdan tortib, professional va kasb mahoratini rivojlantrishiga bo’lgan barcha muammolarni hal qilishga aralashadi. Huquqbuzarlikning oldini olish va qonunga zid xarakat qilganlarni psixologik reabelitatsiya qilish muammosi ham har doim ham psixolog aralashuvini talab qilib kelgan. Chunki jinoyatchi yoki huquqbuzar shaxsi o’z-o’zidan shakllanib qolmaydi, uni shakllantiruvchi omillar, motivlar va bolani qayta tarbiyalash va reablitatsiya masalalari ijtimoiy psixologik jarayonlar mohiyatini bilish va ularga faol tasir ko’rsatish talab kiladi. Shuning uchun ham mamalakatimizda yoshlar o’rtasida huquqiy marifat va huquqiy madaniyatni shakllantirishga juda katta etibor qaratilgan va bu ishda amaliyotchi xodim psixologning o’rni va roli katta bo’ladi.



Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə