Insondagi bu tabiiy xususiyatni Abu Nasr Forobiy quyidagicha ifodalaydi: "Har bir
inson O’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikga
erishmoq uchun kO’p narsalarga muhtoj bo’ladi, u bir O’zi bunday narsalarni qO’lga
kirita olmaydi, ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi.
Bunday jamoa ahzolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va
yetuklikga erishish uchun zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. SHuning uchun inson
shaxslari kO’paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga O’rnashdilar, natijada inson
jamoasi vujudga keldi"
SHu bilan birga inson fikrlovchi mavjudotdir. U ko’rgan va eshitganlarini yodda
saqlaydi, O’z hayoloti, tasavvurlash qobiliyati vositasida bilimlarni, mahlumot va
axborotlarni tahlil etadi, umumlashtiradi, transformatsiyalaydi, boshqalarga uzatadi, bilim
va tajribalarini takomillashtiradi, O’z maqsadlari, orzulari va istaklarini tasavvurlay oladi.
Hozirgi davr sotsiologiyasida "inson" deganda
Yerda yashayotgan mavjudot
turlaridan biri tushuniladi. Inson alohida olingan tur vakilini ifodalovchi umumiy
tushunchadir. Inson bioijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir vaqtning ichida ham tabiatga, ham
ijtimoiy hayotga mansubdir.
Individ esa inson zotining alohida olingan nusxasi, uning vakillaridan biridir. SHaxs
esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo’lib, u mahlum va betakror individlikga ega
bo’ladi. Individning jamiyatga kirish jarayonlari uning ijtimoiylashuvini tahminlaydi. Ijti-
moiy munosabatlarga kirishish natijasida uning jamiyatdagi qadriyatlar va mehyorlarni
O’zlashtirib berish uchun zamin yaratadi. Bu jihatdan u ijtimoiy tahsir obhektidir.
SHuningdek, individ ijtimoiylashuv oqibatida jamiyatdagi turli munosabatlarda
faollashadi va bunda u ijtimoiy munosabatlar obhekti sifatida harakatlanuvchi shaxsga
aylanadi.
Zamonaviy jamiyatning paydo bo’lishi bilan insonning ijtimoiy va
siyosiy
munosabatlardagi O’rni yuksalib bordi. Insonlararo munosabatlar yuksalib, siyosiy
institutlarni nazorat etish,inson huquq va erkinliklarini himoya etish, jamiyatda tenglik
O’rnatish imkoniyatlari paydo bo’ldi. XX asrga kelib eng takomillashgan va zamonaviy
kishilik birliklarini fuqarolik jamiyati, deb atash boshlandi.
Kishilik jamiyati-bu iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va mahnaviy sohalarda kishilar
orasida yuzaga keladigan va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan munosabatlar
yig’indisi bo’lib, jamoa turmush tarzining tarixiy shakllangan formasidir.
Fuqarolik jamiyati g’oyasi oliy maqsad sifatida bir
necha asrlardan beri yashab
kelmoqda erkaklar va ayollarni bir biri bilan bog’lab turuvchi kO’plab ijtimoiy,
fuqaroviy, diniy, iqtisodiy, madaniy aloqa va munosabatlar yanada rivojlanadi. Fuqarolik
jamiyati shaxs uchun keng imkoniyatlar yaratib, unda har bir shaxs boshqalar bilan birla-
shishi yoki boshqalar bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatishi mumkin. Fuqarolik jamiyati
shuningdek insonni ulug’vorlikni, yuksaklikga kO’taradi.
Hozirgi zamon rivojlangan mamlakatlarida barpo etilgan fuqarolik jamiyatlari
to’g’risidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan bo’lsak, u holda fuqarolik jamiyati bu:
-avvalo, jamiyat hayoti faoliyatining iqtisodiy ijtimoiy va mahnaviy sohalarida ixtiyoriy
ravishda shakllangan, boshlang’ich nodavlat tuzulmalarini O’z ichiga qamrab olgan
insoniy birlikdir.
-ikkinchidan, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, oilaviy, milliy,
mahnaviy, axloqiy,
diniy,ishlab chiqarish, shaxsiy va nodavlat munosabatlar majmuasidir.
-uchinchidan,erkin individlar ixtiyoriy ravishda shakllangan tashkilotlar va fuqarolarning
turli davlat organlari tazyiqlari yoki bir qolibga tushib qolishlaridan qonunlar vositasida
himoyalangan jamiyat bo’lib, unda ular O’zligini namoyon qila olishlari uchun doimiy
imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
SHu bilan bir qatorda hozirgi davrda fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari
shakllandi. Bular asosan quyidagilar:
Iqtisodiy sohada: nodavlat tashkilotlar, kooperativ shirkatlar. ijara jamoalari,
aktsiyadorlik jamoalari, uyushmalar, korparatsiyalarning mavjudligi;
Ijtimoiy sohada: oila, partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlari,
ish va yashash
joylaridagi O’z-O’zini boshqarish organlari, nodavlat ommaviy axborot vositalari.
jomoatchilik fikrini aniqlash, shakllantirish va ifoda etishning zamonaviy shakllari:
ijtimoiy ixtiloflarni kuch bilan emas, balki qonunlar doirasida hal qilish amaliyotining
mavjudligi;
Mahnaviy sohada: so’z, vijdon va fikrlar erkinligi, O’z fikrini ochiq bildira
olishning real imkoniyatlari: ijodiy, ilmiy va boshqa uyushmalar mustaqilligining ham
qonuniy, ham ommaviy jihatdan tahminlanganligi.
Fuqarolik
jamiyatining belgilari, mezonlari va insitutlarini tasavvur qila olgan har
bir kishiga ko’rinib turibdiki, bunday demokratik jamiyatning asosini O’z-O’zini
boshqarish va jamoat tashkilotlari O’zaro munosabatlarining majmuasi tashkil qilar ekan.
Fuqarolik jamiyati insonlarda O’z-O’zini anglash, ularning obhektiv rivojlanishdagi
mashuliyat hissini sezish qobiliyatining yuksalishida hamohang ravishda shakllanib
boradi. Bu jamiyatda shakllangan imkoniyatlar fuqarolari siyosiy, axloqiy va huquqiy
madaniyatlari darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi
1
.
Qadimgi davrdan boshlab to
O’rta asrlargacha bo’lgan zamonda davlat keng talqin etilgan, lekin u O’zi tashkil
qiladigan va ifodalaydigan jamiyatdan alohida emas edi.
Nikkolo Makiavelli adabiyotlarga "Stato" degan maxsus terminni kirgizib, u
davlatni, uning qandaydir aniq shaklidan qathiy nazar jamiyatning alohida siyosiy
tashkiloti sifatida talqin etdi.
" Davlat" tushunchasi odatda mahlum bir hududda oliy hokimiyatga ega tashkilotni
anglatadi. Davlatning mohiyatini yanada chuqurroq va har tomonlama anglash uchun
uning muhim belgilarini bilish lozim.
Davlat O’zining tuzilishi jihatidan 3 ga bo’linadi:
Dostları ilə paylaş: