|
![](/i/favi32.png) Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zipMehnat jarayoni O’z ichiga uch jarayonni oladiMehnat jarayoni O’z ichiga uch jarayonni oladi:
1)
insonning foydali faoliyati yoki mehnatning O’zi;
2) mehnat mavzusi yoki bu faoliyatning nimaga yO’naltirilganligi;
3) ishlab chiqarish qurollari, bular bilan inson ushbu mavzuga tahsir ko’rsatadi.
Sotsiologiyada " mehnat sharoitlari " kategoriyasi muhim ahamiyatga ega. U
mehnat sharoitining inson uchun normal yoki zararli bo’lishi mumkinligi mezonidan
kelib chiqadi.
Normal mehnat sharoitlari inson salomatligiga zarar keltirmaydi. Zararli mehnat
sharoitlari (shaxtalarda, domna va marten pechlarida) ishlash inson salomatligi uchun
xavflidir va kO’pincha inson hayotiga tahdid soladi. Bundan tashqari, mehnat sharoitlari
sotsiologlar tomonidan ekstrimal, nisbatan normal va qulay sharoitlarga bo’linadi. KO’p
hollarda ular mehnat mazmuni va uning tashkil qilinishiga bog’liqdir. Mehnatni tashkil
qilish deganda, odatda, ish tashkil qilish tartibi, usullari, shakli tushuniladi, yahni "inson-
jihozlar, mashinalar, asboblar" tizimida muvofiqlikning bo’lishi, ishga ijobiy samara
berishi nazarda tutiladi.
Ishlab chiqarishni boshqarishda, biznesda, huquqiy idoralarda mehnatni
rag’batlantirish va asoslash katta ahamiyat kasb etadi. Rag’batlantirish - mehnatning
samarasiga ko’ra ishchi xodimlarni moddiy va mahnaviy mukofotlash tizimidir.
Mehnat faoliyati yakka tartibda va guruhli bo’lishi mumkin. Mehnat jamoasi - bu
shaxs uchun ahamiyatli va ijtimoiy nuqtai nazardan qimmatli bo’lgan, aniq maqsadlarga
yO’naltirilgan odamlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faoliyati amalga oshadigan
uyushmasidir. Mehnat jamoasi - bu O’zaro hamfikr bo’lgan, g’oyaviy mushtaraklik
ustun bo’lgan odamlarning manfaatli birlashuvidir.
Mehnat tashkilotlari ikki asosiy guruhga bo’linadi:
1. Ishlab chiqarish tarmoqlari jamoalari: sanoat, qurilish, qishloq va O’rmon
xO’jaligi, ishlab chiqarishga xizmat qilish , suv transporti, moddiy texnika tahminoti va
boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|