Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


Mehnat jarayoni O’z ichiga uch jarayonni oladi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Mehnat jarayoni O’z ichiga uch jarayonni oladi:
1)
insonning foydali faoliyati yoki mehnatning O’zi;
2) mehnat mavzusi yoki bu faoliyatning nimaga yO’naltirilganligi; 
3) ishlab chiqarish qurollari, bular bilan inson ushbu mavzuga tahsir ko’rsatadi. 
Sotsiologiyada " mehnat sharoitlari " kategoriyasi muhim ahamiyatga ega. U 
mehnat sharoitining inson uchun normal yoki zararli bo’lishi mumkinligi mezonidan 
kelib chiqadi. 
Normal mehnat sharoitlari inson salomatligiga zarar keltirmaydi. Zararli mehnat 
sharoitlari (shaxtalarda, domna va marten pechlarida) ishlash inson salomatligi uchun 
xavflidir va kO’pincha inson hayotiga tahdid soladi. Bundan tashqari, mehnat sharoitlari 
sotsiologlar tomonidan ekstrimal, nisbatan normal va qulay sharoitlarga bo’linadi. KO’p 
hollarda ular mehnat mazmuni va uning tashkil qilinishiga bog’liqdir. Mehnatni tashkil 
qilish deganda, odatda, ish tashkil qilish tartibi, usullari, shakli tushuniladi, yahni "inson-
jihozlar, mashinalar, asboblar" tizimida muvofiqlikning bo’lishi, ishga ijobiy samara 
berishi nazarda tutiladi. 
Ishlab chiqarishni boshqarishda, biznesda, huquqiy idoralarda mehnatni 
rag’batlantirish va asoslash katta ahamiyat kasb etadi. Rag’batlantirish - mehnatning 
samarasiga ko’ra ishchi xodimlarni moddiy va mahnaviy mukofotlash tizimidir. 
Mehnat faoliyati yakka tartibda va guruhli bo’lishi mumkin. Mehnat jamoasi - bu 
shaxs uchun ahamiyatli va ijtimoiy nuqtai nazardan qimmatli bo’lgan, aniq maqsadlarga 
yO’naltirilgan odamlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faoliyati amalga oshadigan 
uyushmasidir. Mehnat jamoasi - bu O’zaro hamfikr bo’lgan, g’oyaviy mushtaraklik 
ustun bo’lgan odamlarning manfaatli birlashuvidir. 
Mehnat tashkilotlari ikki asosiy guruhga bo’linadi: 
1. Ishlab chiqarish tarmoqlari jamoalari: sanoat, qurilish, qishloq va O’rmon 
xO’jaligi, ishlab chiqarishga xizmat qilish , suv transporti, moddiy texnika tahminoti va 
boshqalar. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə