Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


 Sotsiologiya fanining asosiy vazifalari



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
2. Sotsiologiya fanining asosiy vazifalari. 
 
Sotsiologiyaning jamiyat hayoti bilan ko’p tomonlama aloqalari hamda ularning 
ijtimoiy belgilanganligi birinchi navbatda shu fan bajaradigan funktsiyalar bilan 
bog’liqdir. 
1.Ularning ichida eng ahamiyatlilaridan biri bilim to’plash funktsiyasidir. Bu funktsiya ijtimoiy 
rivojlanishning qonuniyatlari, turli sotsial hodisa va jarayonlarning 
o’zgarish 
tendentsiyasi haqida hamda sotsial tadqiqotlar o’tkazish metodlari va metodologiyasini 
mukammallashtirish bilan bog’liq yangi bilim yaratadi va nazariy sotsiologiyani yanada 
boyitadi. 
2.Sotsiolog olimlarning turli xil sotsial hodisa 
va jarayonlarni boshqarish 
samarasini oshirish bilan bog’liq tavsiya va takliflar sotsiologiyaning amaliy 
funktsiyasini tashkil qiladi. Jamiyatni ilmiy asosda boshqarish sotsiologiyaning aynan 
amaliy funktsiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. 
3. Bilim to’plash va amaliy funktsiyasi bilan bir qatorda sotsiologiya mafkuraviy 
funktsiyani ham bajaradi.
Bu funktsiya 
birinchi 
navbatda tarixiy jarayonni o’rganish, hamda jamiyat 
taraqqiyotining istiqbolini, yaqin kelajakdagi rivojlanish maqsadlarini belgilab berishga 
qaratilgan. 
SHuningdek bu funktsiyaning mohiyati boshqa ilmiy va mafkuraviy kontseptsiyalar 
bilan munozara qilish, milliy mafkurani aholi orasida tarqatish orqali ham namoyon 
bo’ladi. 
Sotsiologiya mustaqil ijtimoiy fan sifatida o’z metodologiyasi va nazariyasiga egadir. 
Sotsiologiya fani umuminsoniy va milliy qadriyatlar mutanosibligiga tayanuvchi 
metodologiya asosida ish yuritadi. 
Sotsiologik 
tadqiqotlar metodologiyasi mazmunini bir jihatdan xalqimizning 
tarixiy, mahnaviy qadriyatlari sanalmish “Qurhoni Karim”, Hadisi Muborak, SHarqning 
ulug’ allomalari Forobiy, Ibn Sino, Hazrati Bahovuddin Naqshbandiy, At-Termiziy,
Imom Al-Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher 
Navoiy va boshqa ulug’ mutafakkirlar asarlarida ilgari surilgan fikrlari tashkil etsa, 
ikkinchi jihatdan, 
nazariy ildizlarini antik davr va progressiv G’arb falsafasining 
buyuk namoyondalari asarlarida ilgari surilgan tadrijiy taraqqiyot qonunlarini 
ifodalovchi umuminsoniy nazariyalar tashkil etadi. Ayni chog’da mazkur fan 
metodologiyasining muhim yo’nalishi sifatida inqilobiy dialektikadan 
tadrijiy 
taraqqiyot yo’liga tayanib ish yuritayotgan 
zamonamizning ulug’ davlat arboblariga
qarashli fikrlar asos bo’lib xizmat qilmoqda. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə