Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


Sokratning buyuk shogirdi platon



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
 
Sokratning buyuk shogirdi platon ijtimoiy taraqqiyot va inson mavqei xususida 
bebaho fikrlar bayon etgan. platon "Fileb" nomli asarida insonning ezgulikdan iborat 
faoliyati quyidagi talablarni bajarish asnosida rO’y berishi aytiladi: 
1.Ilohiy g’oya mohiyatini anglash; 
2.Ilohiy g’oya talablarini hayotga singdirish; 
3.Tafakkur va bilimlarga ega bo’lish; 
4.Ilm va sanhatning biror turini egallash; 
5.Toza, halol hissiyot vositalaridan (musiqa, tovush, tasviriy sanhat) zavq ola 
bilish. 
platon ezgulikni anglash-xudoni anglash, ezgulik tabiatiga ega bo’lish esa xudo 
mohiyatiga tegishli bo’lish, uning uzviy bir qismiga aylanish, deb O’rgatadi. platon 
insonning ijtimoiy O’rnini belgilashda har bir kishi dastavval O’z davlatining fuqarosi 
bo’lishi lozim, deb tahkidlaydi. platon murakkab ijtimoiy siyosiy muhitda yashaganligi 
sababli ideal davlat tuzumini orzu qilgan.Bu ideal davlat quyidagi fazilatlarga ega 
bo’lishi lozim. 
1.
Donishmandlik; 
2.
Jasorat; 
3 .Har ishda oqilona mehyorni saqlay bilish; 
4 .Adolat. 
platonning fikricha, davlat tuzumini uch xil strata(ijtimoiy tabaqa)- hukmdorlar va 
ishlab chiqarishda band bo’lgan mehnatkashlar donishmand boshqaruvchi guruh 
rahbarligida garmonik tuzumni tashkil etadilar. 
platon akademiyasining yetuk tolibi, jahon ijtimoiy tafakkur olamiga katta hissa 
qO’shgan mutafakkir Aristotelgp hisoblanadi. 
Aristotelgp O’z davridagi mavjud stratifikatsion (ijtimoiy tabaqalashuv) tartiblarni 
qO’llab-quvvatlaydi. U komil inson, komil fuqaro, adolatli davlat xususidagi qarashlarni 
ilmiy asoslashga intildi. 
Davlat boshqaruvida ishtirok etishga ishtiyoqmand va amaldorlik dahvosida 
bo’lganlar quyidagi sifatlarga ega bo’lishlari lozim,-deydi Arastu: Mavjud davlat 


tuzumini chin dildan sevishi, katta kuch va energiyaga ega bo’lishi, odamlarga xayrihox 
va adolatli bo’lishi, asosiy faoliyat mezoni deb odamlar manfaatini davlat manfaatlari 
bilan uyg’un holda hal etish malakasiga ega bo’lishi lozim"
1

Har qanday mamlakatdagi ijtimoiy tartibsizliklar, inqirozlar va davlat tO’ntarishlari 
ijtimoiy tenglikning buzilishidan kelib chiqadi. 
Arastu fikricha, har bir shaxs nafaqat mavjud davlat tuzulishiga, balki O’z ijtimoiy 
tabaqasiga ham sodiq qolishi hamda O’z kasb-kori, xizmat sohasi doirasida kamolotga 
intilishi lozim. 
Arastu davlat tuzilishini 6 xil ko’rinishda tasniflab, ulardan uchtasi (monarxiya, 
aristokratiya, politiya) to’g’ri va uchtasi (tiraniya,oligarxiya, demokratiya) ni noto’g’ri 
davlat tuzumlari, deb hisoblaydi. 
Arastu antik dunyo sotsiologiyasi tarixining eng mazmundor davri bo’lgan grek 
sotsiologiyasi maktabiga mantiqiy yakun yasadi. Uning sotsiologik qarashlari dastlab 
qadimgi Rimdagi sotsiologiya maktabi vakillari (TSitseron, Lekretsiy, Vergiliy, Goratsiy, 
Ovidiy) ga ilhom bag’ishladi, sO’ngra O’rta asr SHarqining buyuk olimlari Forobiy
Beruniy, Ibn Sino, Ibn Rushdlar dunyoqarashlariga O’z tahsirini ko’rsatdi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə