Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


Antik dunyo sotsiologlari inson mavqei to’g’risida. Antik



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
1.Antik dunyo sotsiologlari inson mavqei to’g’risida. Antik 
dunyoda jamiyat va shaxs omillari. 
"Sotsiologiya" atamasi O.Kont tomonidan ilmga nisbatan yaqinda kiritilgan 
bo’lishiga qaramay sotsiologik mazmunga ega bo’lgan qarashlar va kuzatishlar 
insoniyatning eng qadimgi davrlariga borib taqaladi. 
Antik dunyo sotsiologiyasi, jahon sotsiologiya maktabining nazariy-mahnaviy 
poydevori va unga doimiy ilhom bag’ishlovchi bebaho obidasi hisoblanadi. 
Antik dunyo sotsiologiyasining ilk namunalari Kichik Osiyoning g’arbiy sohillari 
Ioniya O’lkasi shaharlarida yashovchi greklar tomonidan dunyoga keltirildi.Antik dunyo 
sotsiologiyasining yuzaga kelishi hamda taraqqiyot tendentsiyalari xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda uni shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin. 
1. Eng qadimgi grek sotsiologiya maktabi.Bu guruhga eramizdan oldingi XII asrda 
yashab ijod etgan Gomerdan boshlab eramizdan oldingi VI asrgacha ijod qilgan Milet 
(Kichik Osiyodagi eng yirik shahar) maktabi vakillari (Fales, Anaksimandr, Anaksimen) 
hamda Gretsiyaning turli shaharlarida yashab faoliyat yuritgan Ksenofan, pifagorning 
sotsiologik qarashlarini kiritish mumkin
1

Eng kadimgi grek sotsiologiyasi mustaqil ijtimoiy nazariy tadqiqot predmeti sifatida 
emas, balki aniq tabiiy fanlar (matematika, tabiatshunoslik) bergan ilk tadqiqot natijalari 
bilan, ijtimoiy fanlar (Mifologiya, sanhat) borasida erishilgan tafakkur mahsullarining 
uyg’unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan. 
Milet filosoflarining to’ng’ich vakili FALES ning fikricha,jamiyat va tabiatning 
asosi suv va suyuqlik tufayli ro’y beradi. Suv tufayli tarkib topgan hamma narsada jon 
mavjuddir.Falesning "hamma narsada jon bor" g’oyasi jamiyatga insoniy yondashuvning 
ilk kurtaklari shakllanishiga turtki bo’ldi. 
Milet maktabining yana bir vakili Anaksimen esa olamning asosini tashkil etuvchi 
dastlabki modda sifatida havoni ko’rsatadi. Uning fikricha, havoning tabiatda yig’ilishi 
va siqilishi natijasida suv, tuproq, tosh va olovdan iborat zaruriy qismlar yuzaga keladi. 
Havo insonning amal qilish makoni hisoblanadi va havosiz qolgan paytda har qanday 
jism tarkibiy va mazmuniy o’zgarishga yuz tutadi. 
Qadimgi grek sotsiologlari orasida (Somos shahrida tug’ilib, faoliyat yuritgan) 
pifagor alohida O’rin tutadi.pifagor davrida turli arxaik diniy qarashlar O’rniga nisbatan 
umumiyroq mohiyat kasb etuvchi xudolarga sig’inish taomilga kira boshladi. pifagor 
nuqtai nazariga ko’ra, olam abadiy bo’lib, insondagi ruh mahlum muddatdan sO’ng 
boshqa narsalarga kO’chadi.pifagorning tabiat va jamiyatdagi "jon"ning kO’chib yurishi 
g’oyasi hamda atrof-muhitdagi jamiki narsalarning birligi va qarindoshligi dunyoni 
O’zaro murosa muvozanatida saqlashga dahvat etuvchi sotsiologik qarashlar sifatida 
insoniyat tarixida muayyan rolgp O’ynaydi. 
2. Grek demokratiyasi ravnaqi davri sotsiologiyasi namoyondalari Geraklit 
parmenid, Zenon, Empedokl, Anaksagor, protogor, Gorgiy va boshqalar hisoblanadi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə