Sotsiologiyadan ma'ruzalar matni zip


SHarq xalqlariga xos jamoaviylik xususiyati talqini



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/52
tarix16.02.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#100860
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
3.SHarq xalqlariga xos jamoaviylik xususiyati talqini. 
SHarq xalqlarining hayotga bo’lgan sotsiologik qarashlari mohiyat ehtiboriga ko’ra 
G’arb sotsiologlarining ijtimoiy yondoshuvlaridan farq qiladi. Qadimgi SHarq kishisi 
uchun O’zlikni anglash, mahnaviy komillikka erishish, ozodlik tushunchasi moddiy 
borliqdan voz kechish, tashqi dunyo tashvishlarini inkor etish, O’zlikda sokinlik topishga 
intilish harakatlaridan iboratdir. 
SHarq kishisi uchun individualizm halokat, jamoada uyg’unlashuv esa sokinlik va 
behavotirlik omili bo’lib kelgan. Jamoaviy xavfsizlikni tahminlash ehtiyoji SHarqda juda 
qadim davrlardayoq davlatchilik tizimlarini qaror toptirdi. Eramizdan oldingi 3 ming 
yillik O’rtalaridan boshlab Misr, Hindiston, Mesopotamiya, Xitoyda davlatchilikning 
mustahkam anhanalari yuzaga keldi. 
Insoniyat tarixida ilk dafha xudo darajasida emas, alohida yetuk shaxslar sifatida 
Gomer, Muso, Konfutsiy, Zardusht, Budda singari shaxslar tarix sahnasiga chiqdilar. 
Zardushtiylik dinining asosi bo’lgan «Avesto» eramizdan oldingi 7- asrda yaratilgan 
bo’lib, Avesto so’zi "Upasta", yahni qonun-qoidalar va mehyoriy asoslar mahnosini
anglatadi.Avestoni Zardusht Spitamalik purishasp O’g’li yaratgan va hozir biz 
yashayotgan xududda yakka xudolikka asos solgan. U Ahuramazdani tabiat yaratuvchisi 
va boshqaruvchi sifatida talqin etadi. Ahuramazda "Oliy daholi hukmdor" degan mahnoni 
anglatib, odamlarni yovuz kuchlarga,ijtimoiy ahlokiy illatlarga qarshi kurashishga 
chorlagan. Ahuramazda jamiyat kuchlarini faollikka undovchi kuch sifatida ijtimoiy-
mahnaviy taraqqiyotda dadil qO’yilgan qadam bo’ldi. 
Avesto asarida ifodalangan monoteistik diniy falsafiy kategoriyalar va 
tushunchalar,dunyoni ramziy talqin etish usullari keyingi davrlarda insoniyat hayotiga 
kirib kelgan va takomillashgan konfessiyalarda mustahkam O’rin olib keldi. Undagi yetti 
iqlim, yetti qavat osmon, oxir zamon, farishta, shayton, dev, savob, gunoh, dunyodagi 
ikki qarama-qarshi kuchlar, ezgulik va jaholat, yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va 
zulmat tushunchalari shular jumlasidandir. 
Yaxshilik va yomonlik O’rtasida kurash, ijtimoiy jarayonlarni konfliktologik 
yondashuv orqali hal etishga urinishlar mitroizm oqimi shaklida G’arbiy Yevropa va 
1
Аристотель
.
Сочинения
.
т
-4.
М
.1999.
ст
-53. 


butun Rim imperiyasidan tortib Ahamoniylar, Kushon va Sosoniylarning buyuk 
imperiyalari amal qilgan davrda ham O’z tahsirini O’tkazib kelgan. SHarq sotsiologiyasi 
maktabida Xitoy mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlari alohida O’rin tutadi. Eramizdan 
oldingi TSin va Xan davrlarida Xitoyda kuchli markazlashgan imperiyalar tarkib topdi. 
Bu davr uchun xarakterli hol shundan iboratki, imperiyagacha bo’lgan davrda amal 
qilgan "Ixtilofdagi hukmdorlar" tarqoq mafkuralarning Xitoyni buyuk davlat darajasida 
yuksalishiga xizmat qiluvchi yangi milliy g’oya bilan birlashuvi, yahni osmon obrazining 
ilohiy ramz sifatida qabul qilinishi bo’ldi. Xitoy va butun SHarq mamlakatlariga xos 
bo’lgan ramzlar ilohiyligiga ishonish esa kosmologiya g’oyasining qabul qilinishga turki 
bo’ldi. Bu rasmiy mafkuraning mohiyati tabiat va jamiyat jarayonlariga osmon fehl-
atvoridan kelib chiqqan holda yondashish va baho berishga intilishdan iboratdir. Osmo-
niy tabiat dastavval osmon farzandi imperatorga xos bo’lib, u jamiyatda kechuvchi 
ziddiyatlar, muammolarga ortiqcha aralashmaydi, bahzida esa ijtimoiy ziddiyatlar haddan 
oshgan kezlarda bamisoli osmoniy O’t momaqaldiroq, yoxud dovul singari ana shu 
ixtilofiy hollarga keskin zarba berib turadi. 
Xitoyda Konfutsiy ahloqiga binoan inson dunyo tartiboti tizimida favqulotda O’rin 
tutishi, umumiy dunyo taqdiri uchun mashullik hissining cheksizligi targ’ib etilsa, 
kosmologiya g’oyasida siyosat va kosmik ritm O’rtasida murosa O’rnatilishiga 
asoslanadi.Xitoy siyosati "inson O’zi nima" deb emas,"inson davlat uchun nima" degan 
savolga javob izlar edi. 
Inson jamiyatda faqat O’z qobiliyatiga tayanib, qachon undan foydalanishlari 
muddatini kutib yashashga mahkum etilgan edi. SHu boisdan ham Xitoyda davlat jamiki 
jarayonlarni boshqaruvchi kuch sifatida jamiyatda har bir individning ijtimoiy mavqeini 
belgilab olish vazifasini O’tar edi. 
Konfutsiy kishilarni jamiyatda egallab turgan O’rinlarini, ijtimoiy mavqelarini 
O’zgartirishlariga qarshi turgan. U insonlar O’z ijtimoiy mavqelarini O’zgashtirish 
yo’lida emas, balki shu mavqe mazmunini teran bilimlar bilan boyitishga chaqiradi. 
Bilimlar kishiga nafaqat mahlumotli bo’lishi uchun, balki to’g’ri ish tutish uchun, 
oqil hatti-harakatlar qilish uchun ham kerakdir.Konfutsiy SHarq mutafakkirlariga xos 
xususiyatlarni namoyon etib, jamiyatda kishilar turli ijtimoiy tabaqalarda yashashlarini 
mahqullagan holda,bu tabaqalar O’rtasida doimo murosa, kelushuv bo’lishini, 
ziddiyatlarga aslo yo’l qO’ymaslik zarurligini uqtiradi. Konfutsiy ijtimoiy taraqqiyot 
davlatlararo va tabaqalararo kontsessus, yakdillik, hamfikrlilik amalga oshgandagina yuz 
berishiga qathiy ishonadi. 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə